16
Jismoniy shaxslarga taalluqli shaxsiy ma’lumotlar
maxfiy axborot toifasiga
kiradi.
Jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga taalluqli axborotni,
xuddi
shuningdek, shaxsiy hayotiga taalluqli sirini,
yozishmalar, telefondagi so’zlashuvlar,
pochta, telegraf va boshqa muloqot sirlarini buzuvchi axborotni to’plashga, saqlashga,
qayta ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi,
qonun
hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Jismoniy shaxslar to’g’risidagi axborotdan ularga moddiy zarar va ma’naviy
ziyon etkazish, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlari
ruyobga chiqarilishiga to’sqinlik qilish maqsadida foydalanish taqiqlanadi.
Fuqarolar to’g’risidagi axborot oluvchi, bunday axborotga egalik qiluvchi hamda
undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bu axborotdan foydalanish tartibini
buzganlik uchun qonunda nazarda tutilgan tarzda javobgar bo’ladilar.
Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini yoki taxallusini qo’ygan muallifni
ularning roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Axborot manbai yoki muallif nomi faqat
sud qarori bilan oshkor etilishi mumkin”
1
.