15
1. Axborot infratuzilmasiga qarshi qaratilgan jami ixtisoslashtirilgan (fizik, axborot,
dasturiy, radioelektron) uslublar va vositalar. Ular infratuzilmaning butunlay yoki uning
alohida elementlarining vazifalari va xizmatlarini vaqtinchalik yoki tiklab bo’lmas
darajada ishdan chiqarish uchun mo’ljallangan.
2. Axborot urushida dushmanga axborot ta’sirlarini o’tkazishni
amalga oshirish
imkonini beruvchi vosita va uslublar.
3. Zarar etkazish kuchi mamlakatning axborot sohasi ob’ektlari va uning qurolli
kuchlarini vayron qilish, bostirish, (muhofazasini) engishga asoslangan mahsus qurol”
1
.
“Axborot xavfsizligi:
1. Axborotning uning egasiga zarar keltiradigan tasodif yoki qasddan qilingan
tahdidlarga (xavf-xatarlarga) chidamliligining umumlashgan xossasi.
2. Axborotning holati. Bu holat axborot tashuvchisining (axborotlashtirish ob’ekti,
ma’lumotlarni uzatish tarmog’i va boshqalarni) uni qayta ishlash, saqlash va uzatishda
axborotning
konfidentsiallik, butunlik va kirishimlilik kabi xususiyatlarga ega bo’lib
qolishini ta’minlash qobiliyati bilan tavsiflanadi.
3. Axborotning chiqib ketishi, soxtalashtirilishi,
nusxa olinishi, o’zgartirilishi,
oshkor bo’lishi, buzilishi, qamal qilinishiga olib keluvchi beruxsat tasodifan yoki
qasddan qilingan amallardan muhofazalanganligi.
Konfidentsiallik, butunlik va
kirishimlilik axborot xavfsizligining tavsifnomasi bo’lib hisoblanadi.
4. Axborot munosabatlari sub’ektiga zarar etkazish mumkinligi bilan bog’liq
bo’lgan xavf ehtimolining yo’qligi.
5. Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlatning axborot sohasida muhofaza
qilinganlik holati.
6. Axborot xavfsizligi uchta asosiy tarkibiy qismlardan iborat: konfidentsiallik,
butunlik va kirishimlilik osonligi. Konfidentsiallik nozik axborotni
ruxsatsiz olishdan
muhofaza qilishga tegishli. Butunlik axborot va dasturli ta’minotning aniqligi va
to’liqligini muhofaza qilishni bildiradi. Kirishimlilik osonligi – bu axborot va asosiy
xizmatlarning foydalanuvchi uchun kerakli paytda foydalanish osonligini ta’minlash.
7. Axborot va qo’llab-quvvatlovchi infratuzilmaning muhofaza qilinganligi.
Bunda
tasodifan yoki atayin qilingan, tabiiy yoki sun’iy tavsifga ega bo’lgan va axborot va
qo’llab-quvvatlovchi infratuzilma egasi yoki foydalanuvchilariga
zarar etkazish
mumkin bo’lgan ta’sirlardan muhofazalash nazarda tutilgan”
2
.