12
Yuqorida qayd etilganlarning barchasi mazkur muammolar O’zbekiston
Respublikasi uchun ham g’oyat muhim ekanligini alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Buning
dolzarbligi davlatimiz uchun milliy mustaqillikni yanada mustahkamlashda, iqtisod va
bozor munosabatlarining tadrijiy rivolanishini ta’minlashda, ijtimoiy islohotlarni
chuqurlashtirishda yaqqol ko’rinadi. Bunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga
oshirish, milliy an’analarni hayotga qaytarish, o’zaro murosa ruhini tarbiyalash ham
katta ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, mustaqil dunyoqarashga ega ma’lumotli
kishilargina turli xil talqindagi tazyiqlarga ruhan barqaror qarshilik ko’rsata oladilar.
Mana shuning uchun ham mazkur muammolarni o’rganishda axborotning shakli
va mohiyati; axborot xavfsizligini ta’minlash; ochiq axborot tizimlarining o’ziga
xosligi; shaxs, jamiyat va davlat axborot-psixologik xavfsizligini joriy etish manbalari
va turlari; axborot sohasidagi milliy xavfsizlikni ta’minlashning ahamiyati va
tamoyillari; OAV va axborot qarama-qarshiligi; axborot-psixologik xavfsizlikka
erishishning asosiy yo’nalish va usullari; ochiq axborot tizimlarida shaxsning o’z-o’zini
himoya qilishi; jamoatchilik fikri va jamiyatning axborot-psixologik xavfsizligi;
O’zbekiston OAV va jamiyatning psixologik xavfsizligi kabi mavzularni oydinlashtirish
fanning asosiy vazifalarini belgilaydi.
Fanning asosiy vazifalari
1. Axborot asrining o’ziga xos xususiyatlari, mohiyati va ahamiyatini hamda
istiqbolli va xavfli jihatlarini ochib berish.
2. Axborot qarama-qarshiligining mohiyatini anglash, tamaddunlar (tsivilizatsiyalar)
to’qnashuvi nazariyasiga va axborot-psixologik urushning bugungi holatiga xolis baho
berish.
3. O’zbekistondagi axborot xavfsizligi tizimining o’ziga xos xususiyatlari,
imkoniyatlari va ayrim muammolari haqida fikr-mulohaza yuritish.
4. Axborot-psixologik ta’sir jarayoniga davlat, jamiyat va shaxs mavqei nuqtai
nazaridan baho berish.
5. Xalq ongida milliy istiqlol g’oyasini mustahkam qaror toptirish va mafkuraviy
immunitetni shakllantirish axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning muhim omili
ekanligini ochib berish.
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan kuchli davlatdan
kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish kontseptsiyasining ishlab chiqilishi va uning
mamlakat axborot-psixologik xavfsizligi uchun ahamiyati va keng ko’lamini psixologik
imkoniyatlari haqida tegishli mulohazalar yuritish.
Mazkur vazifalarning mazmun-mohiyatini yanada to’liqroq talqin etish uchun
fanni o’qitish davomida ishlatiladigan asosiy terminlar va tushunchalar haqida tegishli
ma’lumotga ega bo’lish talab qilinadi