• Uchinchidan
  • To’rtinchidan
  • Beshinchidan
  • Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/73
    Sana18.11.2023
    Hajmi1,7 Mb.
    #100951
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
    Bog'liq
    F.Mo’minov, Sh.Barotov va boshq. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.

    Birinchidan, axborot-psixologik xavfsizlik – bevosita ruhiyatga ta’sir o’tkazish 
    orqali insonni o’z aqidalari, muqaddas ideallari va e’tiqodidan ayiradigan buzg’unchi 
    g’oyalardan asrashdir. Demak, axborot-psixologik xavfsizlikka ehtiyoj, eng avvalo, 
    bevosita inson va jamiyat, inson va davlat, shaxs va uning daxlsizligi, millat va milliy 
    qadriyatlar, jumladan, urf-odatlar, an’analar, tarixiy va madaniy meros, avlodlar 
    vorisiyligi, millatning istiqboli bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlarga ma’naviy-ruhiy 
    ta’sir ko’rsatuvchi buzg’unchi g’oyalar va tajovuzkor mafkuralar mavjudligidan 
    kelib chiqadi.
    Ikkinchidan, axborot-psixologik xavfsizlikka rioya qilinmasa, uning ta’sirchan 
    choralari ko’rilmasa, buzg’unchi g’oyalar milliy qadriyatlarni barbod etish orqali tarixan 
    mavjud bo’lgan xalqlar va millatlarni g’oyaviy genotsidga olib kelishi muqarrar. 
    Uchinchidan, tig’iz axborotlashgan jamiyatda axborot orqali zamonaviy ruhiy 
    ta’sir texnologiyalarining tobora rivojlanib borayotganligi shaxs va jamiyat 
    tafakkurining shakllanishiga u yoki bu tarzda kuchli ta’sir o’tkazadi. Jamoatchilik 
    fikrining qay darajada shakllanganligiga, xalqning siyosiy ongi, huquqiy bilimlari 
    saviyasi, ma’naviy-ma’rifiy darajasiga qarab jamiyatning taraqqiyotga yoki tanazzulga 
    yuz tutishi turgan gap.
    To’rtinchidan, ijtimoiy fikrni shakllantirishda axborot ta’sirini, axborot 
    texnologiyalaridan foydalanish usullari va uslublari tobora kengayib borayotganligini 
    nazarda tutsak, axborot-psixologik xavfsizlik muammosining dolzarbligiga yanada 
    jiddiyroq e’tibor qaratishga to’g’ri keladi. 
    Beshinchidan, 
    axborot-psixologik 
    xavfsizlik 
    tushunchasining 
    mohiyati 
    shundaki, u alohida olingan inson, jamiyat tushunchalari doirasidan chiqib ketib, yaxlit 
    insoniyat, butun kishilik taqdiri bilan bog’liq global masalalarni ham qamrab oladiki, 
    ushbu jihati bilan u hozirgacha mavjud bo’lib kelgan global muammolarning eng 
    tajovuzkori, eng buzg’unchisi ekanligi ma’lum bo’ladi. Bu holat xalqaro siyosatda
    davlatlararo, mintaqalararo muammolarni hal etishda buyuk davlatchilik shovinizmi avj 


    10 
    olishi mumkin bo’lgan holatlarda yana ham xavfliroq mohiyat kasb etadi. Bunday 
    paytda ko’proq an’anaviy siyosiy muvofiqlashtirish tajribalaridan kengroq foydalanish 
    talab etiladi. Ya’ni, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’biri bilan 
    aytganda, bunda sharqona munosabatlar ilmi - mulohazalilik, mushohadalilik, har 
    qanday voqea va hodisalarga aql-idrok yo’rig’i bilan yondashish tamoyili ustuvor 
    bo’lmog’i lozim. 

    Download 1,7 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Очиқ ахборот тизимларида ахборот психологик хавфсизлик

    Download 1,7 Mb.
    Pdf ko'rish