smartfonlarda,
iPod pleyerlarda, iPad planshetlarda hamda Apple TV televizorga
ulanadigan uskunalarda qo’llaniladi.
iOS operatsion tizimning afzalliklari:
- ishlatishda
qulaylik;
- madadlashning sifatli xizmati;
- ishlashida ko’pgina muammolarni bartaraf etuvchi muntazam yangilashlar;
- App Store da turli dasturlar to’plamini xarid qilish imkoniyati.
iOS operatsion tizimning kamchiliklari:
- norasmiy ilovalarni o’rnatish uchun djaylbreyk dasturiy
ilovadan foydalanish
zaruriyati;
- operatsion tizimning blokirovkalangan xarakteri;
- ko’p vazifalikning mavjud emasligi;
- hujjatlarni o’rnatilgan muharirining yo’qligi.
Palm operatsion tizim. 1996 yili paydo bo’lgan va cho’ntak shaxsiy kompyuterida
qo’llanilgan. Imkoniyatlarining kengligi va foydalanuvchilarga qulayligi tufayli keng
tarqalgan edi. Hozirgacha deyarli ishlatilmagan. Ammo,
HP kompaniyasi yordamida
ulardan foydalanish imkoniyati paydo bo’ldi.
Palm operatsion tizimning afzalliklari:
- resurslarga talabchan emas;
- foydalanuvchining qulay interfeysi;
- shaxsiy kompyuter bilan sinxronlashning qulayligi;
- ishonchligi.
Palm operatsion tizimning kamchiliklari:
- ko’p vazifalikning yetarlicha emasligi;
- multimedia funksiyalari rivojlanmagan.
BlackBerry operatsion tizim faqat Research In Motion Limited (RIM)
kompaniyasi ishlab chiqaruvchi qurilmalarida ishlaydi. Xabarlarni ushlab qolishning
murakkabligi tufayli ushbu operatsion tizimli smartfonlar korporativ muhitda tarqalgan.
BlackBerry operatsion tizimning afzalliklari:
- elektron pochtadan foydalanishning qulayligi;
- shaxsiy kompyuter
bilan osongina sinxronlanishi;
- xavfsizlikni sozlashning keng imkoniyatlari.
BlackBerry operatsion tizimning kamchiliklari:
- faqat matnli axborotni chiqarishga eng qulay sharoit yaratilgan,
grafika bilan
ishlash sifati juda yaxshi emas;
- juda qulay bo’lmagan brauzer.
Yuqorida keltirilganlardan kurinib turibdiki, mobil qurilmalarni tanlashda ularning
texnik xarakteristikalari aslo asosiy parametr hisoblanmaydi.
Haqiqatan, imkoniyati
yuqori bo’lmagan operatsion tizimda ishlovchi zamonaviy apparatdan ma’no minimal.