ko’p vazifali, ko’p oqimli va ko’p platformali operatsion tizim hisoblanadi. Shu tufayli
ushbu operatsion tizim mobil qurilmalarda keng tarqalgan.
Windows Mobile operatsion tizimning afzalliklari:
- shaxsiy kompyuter versiyasi bilan o’xshashligi;
- sinxronlashning qulayligi;
- tarkibida ofis dasturlarining mavjudligi;
- ko’p vazifaligi.
Windows Mobile operatsion tizimning kamchiliklari:
- uskunalarga talablarning yuqoriligi;
- viruslar sonining ko’pligi;
- ishlashidagi beqarorlik.
Android operatsion tizim. Ushbu operatsion tizim Linux operatsion tizimga
asoslangan va Open Handset Alliance tomonidan, Google madadi bilan ishlab chiqilgan
eng yangi mobil operatsion tizimlardan biri hisoblanadi. Dastlabki koddan ochiq
foydalanilgani tufayli ixtiyoriy ishlab chiqaruvchi o’zining ushbu operatsion tizim
versiyasini yaratishi mumkin. Ilovalarni ishlab chiqaruvchilariga cheklashlarning katta
bo’lmagan soni qo’yilgan. Shu sababli tekin va to’lovli ilovar to’plami mavjud.
Android
operatsion tizimning afzalliklari:
- moslanuvchanlik;
- ochiq dastlabki kodlar;
-dasturlarning ko’pligi;
- yuqori tezkorlik;
- Google servislari bilan o’zaro aloqaning qulayligi;
- ko’p vazifaligi;
Android
operatsion tizimning kamchiliklari:
- dolzarb versiyalarning ko’pligi;
- kodning ochiqligi tufayli xaker hujumlariga yuqori moyilligi;
- doimo kam-ko’stini to’ldirish talab etiladi.