|
SDH ni xosil qilishdan maqsad va uning afzalligi
|
bet | 4/4 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 86,29 Kb. | | #105319 |
Bog'liq Документ Microsoft Word (2)SDH ni xosil qilishdan maqsad va uning afzalligi
SDH tizimlarini xosil qilishdan maqsad: 1. Kirish oqimlarini yigʼmasdan va ajratmasdan kiritish va chiqarish (masalan, Ye1 oqimlarni kiritamiz, bunday oqimlar 63 ta, shundan bittasini osongina ajratib olish mumkin. Bundan tashqari oqimlar turli sinxronizatsiyalash chastotasiga ega); 2. Xar qanday murakkab topologiyali boshqaruv tarmoqlarini marshrutlarini amalga oshirish uchun freymlarning yangi tuzilishini qayta ishlash zarur (masalan, paketli aloqada aniq manzili va marshruti aniqlangan boʼlishi lozim); 3. Bir qator uzatish tezliklarini tizimlashtirish va PDH chegarasida davom ettirish (PDHda xar birining standart tezligi 64 kbit/s ga teng boʼlgan, 3 ta: Аmerika, Yaponiya, Yevropa ierarxiyasi mavjud edi. Optik tolaga oʼtgandan keyin barcha tizimlar birlashtirildi va barcha triblar STM-1 deb ataldi). SDH tizimining 1- satxida : STM-1 2- satxida: STM-4 = STM-1 * 4 3- satxida: STM-16 = STM-4 * 4 4- satxida: STM-64 = STM-16 * 4 SDH tizimlarini vujudga keltirish orqali barcha berilgan triblarni (komponent signallarni), xar qanday SDH tizimlariga oʼtishda Аmerika, Yaponiya, Yevropa standartlariga birlashtirishni (E1 ….. EN) qarab chiqadi. 4. Virtual konteynerlar asosida “bir-birini ichiga joylashtirish” texnologiyasini qoʼllash. 5. SDH tizimlarini qayta ishlashdan oldin optik muxitda uzatishni qoʼllash belgilangan va SDH uchun birlamchi standart tezlik 155 Mbit/s ga teng (barcha zarur narsalar konteynerda joylashadi).
Аvzalligi
Sinxron raqamli ierarxiya quyidagicha afzalliklarga ega: 1. Sinxron tarmoqlarda bitta kirish-chiqishli multipleksorlar, E1 boshlangʼich triblarini STM freymiga oʼzgartirishni amalga oshiradi. PDH ierarxiyasida yuqori satxga oʼtish uchun bir necha marta oʼzgartirish zarur boʼlsa, bunda toʼgʼridan-toʼgʼri E1 satxidan SDH (STM-1) satxiga oʼtishni amalga oshirish mumkin. Bu iqtisodiy jixatdan qurilmalarni tiklashga va taʼminotini tejashga olib keladi. 2. Ishonchlilik va tarmoqni qayta tiklash. Optik tolali uzatish tizimlarida shovqin taʼsiri tufayli emas, balki uning (SDH ning) arxitekturasi va tarmoqni boshqarish xisobiga tarmoq rad etmasdan ishlaydi. 3. Boshqariladigan tarmoqlarning oʼta chidamliligi. Bu liniyadagi kanallar sonining juda koʼpligi va kompyuter ierarxiyasining elementi orqali yo tarmoqli satxga ega boʼlgan boshqarish, bundan tashqari tarmoqni biror markazdan, masofadan turib boshqarish imkonidir (STM-1 sarlavxasi 80 baytdan iborat boʼlib, shundan 20 tasi axborotli signallar uchun, 60 tasi esa boʼsh xisoblanib, ular tarmoqni boshqarish uchun qoʼllaniladi). 4. Boshqa zamonaviy texnologiyalarni oʼziga biriktirgan xolda, xar qanday trafikni (yuklamani) uzatish imkoni, masalan, Frame Relay – xozirgi zamonaviy tizimlardan biri (32 baytli АTM paketi) yoki qatorlar orasida bir qonun boʼlishi lozim.
|
| |