• Olinish usullari
  • Fizik xossalari .
  • Nomenklaturasi va izomeriyasi




    Download 99.67 Kb.
    bet2/5
    Sana25.05.2023
    Hajmi99.67 Kb.
    #64697
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Oddiy va murakkab efirlar
    Jigar sirrozi, 54-sonli Vazirlar Mahkamasi Qarori 05.02.1999 yil, Axmedova M.T. Pedagogik konflitologiya, 0Tuproqshunoslik 2021, Hududlar bo‘yicha shahar va qishloq aholisi soni, 14.Sadirova Xursanoy Xusanboy qizi 44 1, Реферат, 1.-Anketa--talabalar-, 1-шакл (8), Маъруза-7, 2096-Текст статьи-6962-1-10-20230427, Axborot o\'lchov birligi-kompy.info, Tashkent-2022 Mavzu; To’plamlarda ekvivalentlik qism to’plamlari, MЕХАNIZM VА MАSHINАLАR NАZАRIYASI OQUV QOLLАNMА
    Nomenklaturasi va izomeriyasi.
    Sistematik (IYUPAK) nomenklatura bo’yicha oddiy efirlarning nomi katta radikalni to’yingan uglevodorod deb qaralib , uning nomi oldiga ikkinchi radikal (R–O– alkolsi gruppa) nomi qo’shiladi.
    Masalan :
    CH3 – O – C2H5 metoksietan
    Efirlarda radikal izomeriyadan tashqari yangi – metamer izomeriya ham bo’ladi. Bu holda umumiy formula bir xil , ammo tuzilish formulalari har xildir.
    Masalan :
    CH3 – CH2 – CH2 – CH2OH butil spirt
    С4H10 O CH3 – O – C3H7 metilpropil efir
    C2H5 – O – C2H5 dietil efir
    Olinish usullari. Umumiy usullardan biri alkogolatlarga galogen alkillar ta’sir ettirib olishdir:

    R – ONa + R’I R – O –R’ + NaI


    Ikkinchi umumiy usul spirtlarga konsentrlangan sulfat kislota ( suv tortib oluvchi katalizator ) ta’sir ettirib oddiy efirlar olinadi:
    R – OH + HOSO3H R – OSO3H +H2O alkilsulfat kislota
    R – OSO3H + R’ – OH R – O – R’ + HOSO3H
    Fizik xossalari . Dimetil va etilmetil efirlar gaz,o’rta vakillari suyuqlik,yuqori molekulalari qattiq moddalardir.
    Oddiy efirlarning qaynash temperaturasi va zichligi tegishli spirtlarnikidan doimo past bo’ladi.
    Efirlar Qayn.t, Spirtlar Qayn.t,
    (CH3)2O -24 CH3OH +65
    (C2H5)2O +35,6 C2H5OH +78
    (C3H7)2O +90 C3H7OH +97

    Efirlarda qaynash temperaturasi past bo’lishining asosiy sabablari, birinchidan, efir molekulalari vodorod bog’lanishga ega emas, ikkinchidan, molekulalar o’zaro assotsilanmagan.



    1. Alkagolatlarga galogen alkillar ta’sir ettirib olinadi. (efirlarning tuzilishini isbotlashda foydalaniladi)

    C2H5–ONa + CH3–J C2H5–O–CH3 + NaJ


    1. Galogen alkillarga Ag2O ta’sir ettirib olinadi.

    2CH3–J + Ag2O CH3–O–CH3 + 2AgJ




    1. Spirt bog’larini katalizator (Al2O3) ustidan o’tkazib yoki spirtga gigroskopik modda (H2SO4(k),H3PO4) ta’sir ettirib olinadi.





    Download 99.67 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 99.67 Kb.