Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012
1-ilova Yoshlarning ma’naviy kamolotida oiladagi ruhiy muhitning ta’siri Reja:
O‘quv mashg’ulotining maqsadi: talabalar xalqimiz urf-odatlarini, an’analarini, qadriyatlarini va islom dinini oiladagi ruhiy muhitga ta’sirini o‘rganish, Sharq oilasini Evropalashtirishga bo‘lgan harakatlar va ularning salbiy oqibatlari ta’sirini yoritish. O‘quv faoliyati natijalari: Xalqimiz urf-odatlarini, an’analarini, qadrityalarini va islom dinini oiladagi ruhiy muhitga ta’sirini o‘rganadilar. Sharq oilasini Evropalashtirishga bo‘lgan harakatlar va ularning salbiy oqibatlari ta’siri ko‘rsatadilar. 2-ilova Har bir ma’ruza va amaliy mashg’ulot uchun 0,5 dan 2 ballgacha qo‘yiladi. Reyting bo‘yicha natijalar bahosi: 2,0 ball - «a’lo». 1,5 ball - «yaxshi». 1,0 ball - «koniqarli». 0,5 ball - «qoniqarsiz» 2-ilova 3-ilova Oiladagi ruhiy muhit va uni shakllantirish omillari. (tabiiy biologik, iqtisodiy, huquqiy omillar) Markaziy Osiyo xalqlari hayoti, madaniyati, urf-odatlari orasida tarixiy umumiylik mavjud. Demak, mazkur umumiylik ushbu xalqlar orasida tarbiyada ham umumiy lik mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu haqda islomgacha davr madaniyati tarixi, qadimiy yozma obidalar: Avesto, O‘rxun-Enasoy yozma obidalari, moniylik, mazdakiylik kabi oqimlar ta’limotlarini o‘rgangan olimlarning ilmiy xulosalari mavjud. Avestoning eng eski qismlaridan biri «Yasna»da chorvadorning adolatli, oqil va hurmatga sazovor bo‘lishi maqsadiga etkazishini e’tiqod darajasiga ko‘tarishgan. Lekin qo‘lida qurol bilan, zo‘rlik ishlatib, yaylovlarni er bilan yakson qilib, merosga qolgan mol-mulkini talon-toroj qiluvchi ko‘chmanchilarni manfur dushman hisoblaganlar. Natijada, qadimgi ajdolarimiz nazdidayoq adolatsizlik natijasida «biz», «ular» (bosqinchilar) antitezasi paydo bo‘lgan. Bu esa o‘z navbatida yosh avlodlarda vatapparvarlik, millatparvarlik, fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantirishni qabilaviy tarbiya vazifalariga aylantirgan. 4-ilova Download 11,8 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012
|