Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012




Download 11,8 Mb.
bet81/147
Sana21.03.2017
Hajmi11,8 Mb.
#732
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   147
1-masalaning bayoni. Xalqning urf-odatlari va an’analari - bu ko‘p asrlar davomida uning tarbiyaviy sa’y-harakatlari natijasidir. Bu tizim orqali xalqimiz o‘z ma’naviy madaniyati, fazilati va psixologiyasini boyitadi. «Nuroniy otaxonlarimiz, munis onaxonlarimizga hamisha hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, ularning xizmatini qilib, duosini olish, jajji go‘daklarga, aziz farzandlarimizga gamxo‘rlik qilish, ularni ardoqlashdek xalqimizga xos bo‘lgan, asrlar davomida saqlanib kelayotgan olijanob odatga har birimiz sodiq bo‘lishimiz, uni asrab-avaylashimiz, rivojlantirishimiz ham farz, ham qarzdir»1.

Milliy urf-odatlar va an’analar mohiyatini tushunmaslik, milliy o‘zlik, xalqning o‘ziga xosligi, uning psixologiyasi va turmush tarzidan uzoqlashish, o‘tmishga beparvo munosabatda bo‘lish manbadan uzoqlashishga olib keladi, avlodlarning ayuqasiga putur etkazadi.

Xalq urf-odatlari va an’analaridan nasihatomuz va kesatib foydalanmaslik zarur. Ota-onalar va pedagoglar ularning mohiyatini yaxshi tushunishi lozim va aniq maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan ularning asosida bolalarda kattalarga nisbatan hurmatda bo‘lish, kichiklarga g’amxo‘rlik qilish, xayrixoxlik, mehnatsevarlik, mehmondo‘stlik, o‘qish va o‘qituvchilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish singari axloqiy fazilatlarni shakllantirishi kerak.

O‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda xalq an’analarining roli Sharq va G’arbning mashhur olimlari va mutafakkirlari asarlarida o‘z aksini topgan. Urf-odatlar va an’analarni tadkiq qilishga bagishlangan falsafiy adabiyotda ushbu ijtimoiy hodisalar, odatda, bir-birga tenglashtiriladi. Urf-odatlar turkumiga kiruvchi ijtimoiy hodisalar ba’zan urf-odatlar deb, ba’zan esa an’analar deb nomlanadi.

An’analar - bu yangi avlodda asrlar davomida yaratilgan xalqning ijtimoiy va madaniy merosini davom ettirish jarayonidir. Jamiyat tomonidan belgilab olingan yo‘nalishlar, xulq-atvor normalari, qadriyatlar, g’oyalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va hokazolar an’analar sifatida ishlatilishi mumkin. An’analar bevosita insonning ma’naviy dunyosiga yo‘naltirilgan, ular bilvosita emas, balki ushbu munosabatlar tomonidan talab etiladigan ma’naviy fazilatlarni shakllantirish orqali ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirish va qayta tiklash vositasini bajaradi.

Urf-odatlar aniq vaziyatlarda xatti-xarakatlarni aniq boshqarib, yosh avlodni katta avlod boshlab bergan oqimga buradi. Urf-odatlar va an’analar - katta avlod o‘zining ijtimoiy xulq-atvori, axloqiy maslaklari va hissiyotlari, ijtimoiy faoliyat uslublarini yoshlarga beradigan yonma-yon yuradigan yo‘llardir.

Urf-odatlar va an’analar ular uchun umumiy bo‘lgan ikkita ijtimoiy funksiyani bajaradi, yangi avlod turmushida ushbu munosabatlarni barqarorlashtiruvchi vosita sanaladi. Biroq bu funksiyalarni ular quyidagi alohida yo‘llar bilan bajaradi: urf-odatlar - muayyan vaziyatlardagi xatti-harakatlarni batafsil ko‘rsatmalar yo‘li bilan; ana’analar - insonning bevosita ma’naviy dunyosiga qaratilgan va ushbu munosabatlar tomonidan talab etiladigan ma’naviyat sifatlarini shakllantirish orkali o‘z rolini bajaradi. Bundan tashqari, ularning har biri o‘zining g’oyaviy mazmuniga ega formulasi bor.

Urf-odatlarnipg g’oyaviy mazmuni (formulasi) doimo xulq-atvor qoidasi - muayyan vaziyatda xatti-harakatlar ko‘rsatmasi hisoblanadi. An’nalarning g’oyaviy mazmuni (formulasi) deganda har doim xulq-atvorning normasi va printsipi, eng avvalo, xulq-atvor xususiyatini tasdiklash uchun zarur bo‘lgan ma’naviy sifatlar tushuniladi.

Masalan, milliy o‘zbek an’analari - kattalarni hurmat qilishdir. Ushbu an’ananing normasi (yoki printsipi) - ularning holati, unvoni, mansabidan kat’i nazar, yoshi jihatidan katta bo‘lgan kishini har doim hurmat kilishdir. Urf-odat (batafsil ko‘rsatma) kattalarni hurmat qilish - kattalarga salom berish, transportda yoki boshqa jamoat joylarida kattalarga joy berish, kattalar suhbatini bo‘lmaslik, ularni o‘tkazib yuborish va boshqalar. Urf-odatlar va an’analar o‘rtasida ikkita asosiy ajratuvchi chiziqlar o‘tadi. Birinchi chiziq ularning oddiyligi va murakkabligi, tez-tez qaytarilishi bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarning (sotsial va ijtimoiy) ikki turini ajratadi. Ikkinchi chiziq ularning funksiyaviy belgilari orqali o‘tadi.

Har bir xalqning o‘ziga yarasha urf-odatlari, marosimlari bo‘ladi. Agar biz dunyo xalqlarining hayotiga nazar tashlasak bir-biriga o‘xshamagan, turli-tuman marosimlarni ko‘ramiz.

Marosimlar jamiyat, xalq va shaxs hayot faoliyatidagi muhim o‘zgarishlar, ijtimoiy ahamiyatga molik voqea-hodisalar bilan bog’liq bo‘lib, ular ibrat orqali tarbiyalash, ruhiy-estetik ta’sir ko‘rsatish vazifasini (funkiiyasini) bajaradi. Marosimlarda milliy, diniy urf-odatlar va rasm-rusumlar ham o‘z ifodasini topadi.

O‘zbek xalqiniig paydo bo‘lishi tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy an’analari, urf-odatlari, marosimlari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning ma’naviy ehtiyojlari zaminida paydo bo‘lib, shakllanib, sayqallanib o‘z mazmunida shu xalqning orzu-o‘ylari, istaklari, turmush tarzi, axloq normalarini mujassam etadi. Shuning uchun ham har bir xalq, millat, elat ularni ko‘z qorachig’iday avaylab-asrashi, taraqqiy ettirishi, kelgusi avlodlarga ma’naviy qadriyat sifatida etkazmog’i lozim. Darhaqiqat, an’analar, urf-odatlar, marosim va bayramlar xalqning, millatning ma’naviyati, qadriyatlarining ajralmas qismidir.

Chunki asrlar mobaynida shakllangan, avloddan-avlodga bebaho va noyob meros sifatida sayqallanib, to‘ldirilib, xalqchillashib, zamonaviylashib kelayotgan urf-odatlar va marosimlar milliy istiqlol g’oyasi va milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirishda muhim vositadir. Bugungi kunda eng sara urf-odat va an’analarimizning jamiyatni birlashtiruvchi, xalqimizni jipslashtiruvchi, odamlar o‘rtasida mehr-oqibatni kuchaytiruvchi, ularni safarbar etuvchi xususiyatlaridan yanada samaraliroq foydalanish lozim. «Milliy an’analarni o‘rganish,— deb yoziladi «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» kitobida, targ’ib etish bilan bir qatorda to‘y-ma’rakalarni, odat va udumlarini ixchamlashtirish, bu boradagi isrofgarchilik va dabdababozlikka yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor qaratish darkor».

Professor I.Jabborovning yozishicha: «Bayramlar va marosimlar ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oluvchi va kishilar o‘zaro munosabatlarining turli jihatlari va shakllarida namoyon bo‘luvchi muayyan urf-odatlar va an’analar, axlokiy tamoyillar va huquqiy tartibotlarning tarixan shakllangan yig’indisidir»1. Ularning muhim belgilari va xususiyatlari barqarorligi, ommaviyligi, rivojlanishidagi takroriyligi, davomiyligi va uzluksizligidadir.

Odat tusiga kirgan marosimlar kishilar xulq-atvorini boshqarar ekan, nafaqat jamoatchilik fikrlari nufuziga, balki qabul qilingan va qaror topgan qonun-qoidalar kuchiga ham suyanadi.


Download 11,8 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   147




Download 11,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012

Download 11,8 Mb.