Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012




Download 11,8 Mb.
bet83/147
Sana21.03.2017
Hajmi11,8 Mb.
#732
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   147
Ikkinchisibunga mutlaqo qarama-qarshi bo‘lgan yondoshuv, ya’ni, hayotning ma’no-mazmuni haqida bosh qotirmasdan, bunday savollar bilan o‘zini qiynamasdan, faqat nafs qayg’usi va o‘tkinchi hoyu havasga, huzur-halovatga berilib, engil-elpi umr kechiradigan, o‘zining ota-ona va farzand, el-yurt oldidagi burchiga umuman befarq bo‘lib yashaydigan odamlarning fikr-qarashlari.

Mana shunday ikki xil dunyoqarash asosida paydo bo‘ladigan og’ir savollar odamzot ongli yashay boshlagan zamonlardan buyon uni o‘ylantirib, qiynab keladi...”

Shu o‘rinda savol tug’iladi: befarqlik, loqaydlik bilan yovuzlik orasidagi munosabat qanday? Tan olish kerakki, dunyoda son jihatidan olinsa, mutlaq yovuz odamlar juda kamchilikni tashkil qiladi. Ular aslida odam ham emas, tsunami, to‘fon yoki zilzila kabi “xudoning bir balosi”. Shunday ekan, qanday qilib juda ozchilik bo‘lgan bu toifa ba’zan millionlab insonlar ustidan o‘z hukmini yurgiza boshlaydi? Ayni yuqorida aytilgan hayotning ma’no-mazmuni haqida bosh qotirishni oshiqcha ish deb biladigan, Alloh va bashariyat oldidagi o‘z burchini eslashni ham istamaydigan, faqat nafs qayg’usi va o‘tkinchi hoyu havasga berilib kun kechiradigan odamlarning befarq va loqaydligi tufayli bunday yovuz kuchlar o‘z makru hiylalarini bemalol amalga oshirishga muvaffaq bo‘ladilar. Chunki bunday kimsalar ko‘pincha o‘zlari sezmagan holda yovuzlik kuchlariga xizmat qiluvchi dahshatli qurolga aylanib qoladilar. Shu sababli Prezidentning yangi kitobida befarqlik va loqaydlik asl insoniylikka zid turuvchi qusur sifatida qattiq qoralanadi.



Download 11,8 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   147




Download 11,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oila ma’naviyati fanini o‘qitish metodikasi (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) Toshkent – 2012

Download 11,8 Mb.