|
Kimga ? - turli kasb egalari, o‘quvchilarga, xodimlarga;
Qayerda? Qachon?
|
bet | 103/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023Kimga ? - turli kasb egalari, o‘quvchilarga, xodimlarga;
Qayerda? Qachon? - zarurat bo‘lgan har qanday joyda;
Qanday qilib? - minimal vaqt sarflab, tez va soz;
Qancha? - test o‘tkazuvchilarning soni va imkoniyatiga qarab;
Kim bilan? - shu firma xodimlari bilan .....
Demak, marketing xizmatida javob berilishi zarur bo‘lgan savollardan ko‘rinib turibdiki, har bir savolga beriladigan javobning orqasida konkret odamlar, ularning qobiliyatlari, manfaatlari va ish unumi yotadi. Shuning uchun bu sohada psixologik xizmat zarur.
Ikkinchi soha - kadrlar va ular bilan bevosita ishlash sohasi. Bu kadrlarni ishga jalb etishda bilish zarur bo‘lgan qobiliyatlar va shaxsiy fazilatlardan tortib, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish, o‘z joyiga qo‘yish, tashkilot doirasida guruhlarni shakllantirish, xodimlarga ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazish bilan bog‘liq kadrlar siyosatini olib borishga aloqador xizmatdir. Psixolog bu o‘rinda asosan maslahatchi - konsultant va ekspert sifatida rol o‘ynaydi.
Psixologiyaning prinsiplari. Xar bir davr o‘z kishilari ongida beixtiyor siyosiy ongni shakllantiradi va odamlar uning tamoyillariga bo‘ysunadilar. Siyosat borasidagi psixologik masalalarga psixolog aralashuvining zarurati har doim bo‘lmasa - da, ayrim paytlarda - yirik islohotlar boshlanishi arafasida, saylov oldi kompaniyalarda, yangi siyosiy liderlarning xalq tomonidan qabul qilinishi jarayonlari, ko‘pchilik auditoriyaga zarur ma’lumotlarni yetkazish, ijtimoiy ustanovkalarni o‘zgartirish, siyosiy arboblar imidjini omma ongiga singdirish paytlarida psixologik ta’sir vositalaridan o‘rinli foydalanish, maslahatlar berish va ayrim guruhlar e’tiqodiga ta’sir etish kerak bo‘lganda kerak bo‘ladi.
Siyosiy sohada ishlayotgan psixolog ishining o‘ziga xos jihatlari bo‘lib, unga quyidagilar kiradi:
a)siyosatda psixolog aralashuvi ko‘pchilik ommaga bevosita aloqador bo‘lmaydi;
b) zarurat tug‘ilganda, psixolog shunday tez va ishonchli o‘lchaydigan metodikalarni ishlatadiki, ularning natijalari sir saqlanib, o‘sha buyurtmachi - siyosatchining talabiga ko‘ra izlanishlar olib boriladi;
v) psixolog har bir siyosatchi uchun shunday ishonchli shaxs bo‘lishi lozimki, undan odamlarning kayfiyatlari, reaksiyalari, xis - kechinmalari xususida aniq ma’lumotlar so‘raladi;
g) o‘ziga xos qiyinchilik shundan iboratki, jamoatchilik psixolog qiyofasida ko‘pincha liderning bevosita “odamini” ko‘rishga moyil bo‘lib, liderning o‘zi ham ba’zan o‘ta professional psixologdan xadiksirab qolishi mumkin.
Shuning uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, zarur paytlarda siyosiy arboblar psixolog xizmatiga murojaat qilishlari va undan asosan biror jiddiy ijtimoiy proyektlarni qabul qilish jarayonida yordam berishini so‘rash mumkin. Buning uchun psixologdan jamoatchilik fikrini psixologik taxlil qilib berish, va shu asosda fuqarolarning ustanovkalari va kayfiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni birgalikda ajratish vazifasini hal qilishlari mumkin. Saylov oldi kompaniyalarda esa, psixologning asosiy vazifasi odamlarning kayfiyatini o‘rgangan holda da’vogar imidjini shakllantirishga, odamlarga yoqtirishga sabab bo‘ladigan shaxsiy fazilatlar algoritmini tuzish, omma oldiga chiqishga psixologik tayyorlash, raqiblarning baxslashish madaniyati va etikasi borasida psixologik yo‘l - yo‘riq va usullar borasida ma’lumotlar almashinish kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston sharoitida siyosiy psixologiyaning o‘zi juda zaif rivojlangan tarmoq bo‘lgani sababli ham uni rivojlangan davlatlar tajribasiga tayangan holda rivojlantirish davr talablaridan biridir.
|
| |