|
Oila psixologiyasi
|
bet | 35/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023Nazorat savollar:
1. Idrok deb nimaga aytiladi?
2. Idrok turlari necha xil boʻladi?
3. Idrokning fiziologik asoslarini qaysi olimlar oʻrganishgan va ularning taʼrifi boʻyicha idrokning nerv-fiziologik mexanizmi qanday amalga oshadi?
4. Fazo qanday idrok qilinadi?
5. Illyuziya va gallyusinasiya hodisalarini oʻrganib, qiyosiy solishtiring?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Muhammedova D.G‘, Mullaboyeva N.M, Rasulov A.I “Umumiy psixologiya” psixologiya ta’lim yo‘nalishlari uchun darslik. Toshkent-2017
2.Ergash G‘oziyev Umumiy psixologiya. Psixlogiya mutaxassisligi uchun darslik. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashryoti. Toshkent-2010
3. Myers.D.G Psychology. HopeCollege. Holland, Michigan, 2010
4. Aliyev Islambek Tursunbayevich. Pedagogika va Psixologiya. O‘quv qollanma. Toshkent-2012
5. Qodirov Obid Safarovich. pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi fanidan ma’ruzalar matni. Samarqand-2021.
4-MAVZU: DIQQAT VA XOTIRA – PSIXIK JARAYON SIFATIDA
Diqqat haqida tushuncha.
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini taʼminlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan o‘zoq muddatli, maʼsuliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar quyadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush shaoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida sodir boʻladi.
Psixologiya fanida diqqatga har xil taʼrif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga toʻplab, muayyan bir obʼektga aktiv faol qaratilishiga aytiladi. P.I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, oʻzimiz qilgan ishimiz, oʻy va fikrlarimiz diqqatning obʼekti boʻla oladi.
N.F.Dobrinin N.V.Ko‘zmina, I.V.Straxov, M.V. Gamezo, F.N. Gonoborin va boshqalarning nuqtai nazaricha, diqqatning vujudga kelishida ongning bir nuqtaga toʻplanishi ong doirasining torayishini bildiradi, goʻyoki ong doirasi bir muncha tigʻizlanadi. Bunday torayish va tigʻizlanish natijasida ong doirasi yanada yorqinlashadi. Ongning eng toraygan,tigʻizlangan yorqin nuqtasi diqqatning markazi (fokusi) deb nomlanadi. Xuddi shu markaz (fokus)ga tushgan idrok qilinayotgan jismlar, tasavvur obrazlari, uy va fikrlar toʻla, yorqin va aniq ifodalanadi. Jahon psixologlarningfikricha, diqqat o‘zluksiz ravishda, muayyan darajada aktivlik xususiyatini saqlab turadi. Bunday aktivlik, ongning biron bir obʼektga yoʻnalishning kuchayishi maʼlum vaqt davomida diqqat yoʻnaltirilgan narsaga ongning faol ( aktiv) qaratilishini regulirovka oʻilib turadi va mazkur holatning maqoʻlanishini taʼminlaydi.Demak, diqqat aqiy jarayonlarning sifati, maxsuldorligi va samaradorligini taʼminlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u har qanday inson faoliyatining zaruriy shartidir.
|
| |