|
Izlarning «konsolidasiyalanish» jarayoni
|
bet | 43/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 20231. Izlarning «konsolidasiyalanish» jarayoni.
Insonning bosh miyasi jarohatlanganda, jarohatgacha boʻlgan qisqa vaqt ichida va jarohatdan keyin maʼlum vaqt oraligʻida taʼsir qilgan qoʻzgʻovchilarning izi saqlanmaydi. Bosh suyagi ogʻir jarohatlanib, odam xushidan ketganda, shikastlangangacha qanday hodisa roʻy berganligini va undan soʻng roʻy bergan hodisani sira eslay olmaydi. Bu hol anterograd, retrograd va anteroretrograd amneziyasi degan nom olgan. Bu holat shuni koʻrsatadiki, nerv tizimiga roʻy bergan kuchli shok (ruhiy ogʻir favquloddagi xastalanish) miya maʼlum muddatga unga etib kelgan qoʻzgʻatuvchilarning izlarini saqlashga qobiliyasiz qilib qoʻyadi.Anterograd, retrograd va anteroretrograd amneziya miya izlarini esda olib qolishga qobiliyasiz boʻlib qolgan vaqt oraligʻini oʻlchash imkonini berdi. Masalan, 78-km da halokatga (avriyaga) uchragan motosiklchi 64-km dan boshlab koʻrgan barcha narsalarni esdan chiqaradi. U soatiga 60 km tezlik bilan ketayotganligi sababli halokatdan 10-15 minut oldin roʻy bergan taassurotlarning izlarini mustahkam saqlab qola olmagan. Demak, izlarning xotirada mustahkamlanishi yoki psixologiyada aytilganidek, «konsalidasiya»lanish uchun 10-15 minut kifoya qilar ekan, holos.
Shunga oʻxshash omillar asosida maxsus tajribalar oʻtkazilib, bunda sinaluvchilarga sunʼiy kuchsiz shok beriladi va qanday muddat oraligʻi xotiradan tushib qolishi ko‘zatiladi.
Psixolog Fedor Dmitrievich Gorbovning tajribalari bunga yaqqol misol boʻla oladi: unda sinaluvchilar belgilar (4, 1, -8, 5) oʻtib turadi. Sinaluvchilar berilgan sonni ilgari natijaga qoʻshib yoki undan ayirib, arifmetik operasiyalarni bajarishlari zarur edi. Albatta, misollarni echish davomida sinaluvchi xotirasida ilgarigi natijalarni saqlash kerak edi. Favqulodda «birdaniga» sinaluvchiga keskin yorugʻlik chaqnashi koʻrinishida «shok» beriladi.Tajribalarning koʻrsatishicha, bunday hollarda tekshiriluvchilar hozirgina olingan natijani eslaridan chiqarib qoʻyib, hisobni oxirgisidan emas, balki oldingisidan davom ettirdilar. Tajribalr shuni koʻrsatdiki, kuchsizgina shok ungacha boʻlgan izlarni oʻchirar va izlarning «konsalidasiya»lanishi uchun zarur boʻlgan sharoitga toʻsqinlik qilar ekan.
Yuqoridagi ko‘zatishlar shunday fikrlar olib keldiki, izlarning mustahkamlanishi uchun muayyan vaqt talab qilinadi va ushbu faktni tekshirish uchun psixologiyada qator tadqiqotlar oʻtkazila boshlandi.
|
| |