|
Oila psixologiyasi
|
bet | 41/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023Xotira turlari
Ongimizda aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklash (esga tushirish) dan iborat boʻlgan aqliy faoliyat xotira deyiladi.Umumiy psixologiyada xotira 5 ta muhim mezonga muvofiq ravishda turlarga, koʻrinishlarga ajratiladi:
Ruhiy faoliyatning faolligiga koʻra xotira quyidagi turlarga boʻlinadi:
a) harakat yoki motor harakat xotirasi;
b) obrazli xotira;
v) his-tuygʻu yoki hissiyot xotirasi;
g) soʻz-mantiq xotira.
Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan;
a) ixtiyorsiz, b)ixtiyoriy, v) mexaniq.
Ruhiy faoliyatning davomiyligiga koʻra:
a) qisqa muddatli xotira;
b) uzoq muddatli;
v) operativ (tezkor) xotira.
Ruhiy faoliyat qoʻzgʻatuvchisining sifatiga koʻra:
a) musiqiy, b) eshitish xotirasi.
Ruhiy faoliyatning inson yoʻnalishiga qarab:
a) fenomenal, b) kasbiy.
Obraz xotirasi – yaqqol mazmunni, yaʼni narsa va hodisalarning aniq obrazlarini, ularning yorqin xususiyati va bogʻlanishlarini esda qoldirish, mustahkamlash hamda esga tushirishdan iborat xotira turi. Obraz xotirasi analizatorlarning (tashqi va ichki muhitdan keladigan taassurotlarni qabul qilib, fiziologik jarayon hisoblangan qoʻzgʻalishni ruhiy jarayonga aylantiruvchi asab mexanizmlari tizimi) nomiga koʻra koʻruv, eshituv, teri sezgisi kabi turlarga boʻlinadi.
Harakat xotirasi - turli harakatlarni, ularning bajarilish tartibi, tezligi, surʼati, izchilligi va boshqa sifatlarini esda qoldirish, mustahkamlash hamda esga tushirishdan iborat turi. Harakatni esga tushirish shu harakatni bevosita bajarish yoki tasavvur qilish orqali sodir boʻladi.
Mantiq xotirasi - maʼlum gʻoyalar, fikrlar, hamda ular oʻrtasidagi mantiqiy bogʻlanishlarni esda qoldirish, mustahkamlash va zarur paytlarda esga tushirishdan iborat boʻlgan xotira turi. Masalan, falsafiy mushohadalar, qonuniyatlar va shu kabilarning esda qoldirish, mustahkamlash va qayta tiklash jarayonlaridir. Mexaniq (grek. ongga yoʻnaltirilmagan) xotira - muayyan materialni uning mazmuni, mohiyati, ichki mantiqiy bogʻlanishlariga tushunmagan holda, faqat muhim boʻlmagan tashqi belgilariga asoslanib esda qoldirish, mustahkamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi.Musiqa xotirasi - avval idrok qilingan musiqa obrazlarini esda qoldirish, mustahkamlash va keyinchalik ularni qayta esga tushirishdan iborat xotira turi.
Kasbiy xotira - bevosita oʻz kasbiga doir narsa va hodisalarni, fikr, mulohaza, hissiyot, harakatlarni esda qoldirish, mustahkamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi. Masalan, oʻqituvchi talaba hamda oʻquvchilarning psixik xususiyatlarini, oʻz faniga oid qoida va qonuniyatlarini; davlat avtomobil nazorati xodimlari koʻproq avtomashinalarning raqamlari va tuslarini; sportchi oʻz sohasiga taalluqli xatti-harakatlar, musobaqalar koʻrigini, hamkasblarini esda qoldirish va esga tushirishga moyildirlar.
|
| |