|
Nutq toʻgʻrisida umumiy tushuncha
|
bet | 49/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023Nutq toʻgʻrisida umumiy tushuncha.
Insoniyat taraqqiyoti tarixida til tufayli aks ettirishning imkoniyatlari qayta quriladi, olam odam miyasida yanada aniq, ravshan inʼikos ettiriladigan boʻladi. Tilning paydo boʻlish munosabati bilan har bir alohida shaxs jamiyatining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida, jarayonida toʻplangan tajribalaridan foydalanish imkoniyati tugʻiladi. Til yordami bilan har bir inson shaxsan oʻzi hech qachon duch kelmagan notanish hodisalar, holatlar, vaziyatlar, sharoitlar yuzasidan bilim olishga erishadi.Xuddi shu boisda til odamga koʻpchilik hissiy va intellektual taʼsirlar hamda taassurotlar toʻgʻrisida oʻziga oʻzi hisobot berish imkoniyatini yaratadi. Inson til yordami bilan boshqa odamlarga oʻtmish. Hozirgi zamon va kelajakka zid narsalar, voqeilik yuzasidan axborot, xabar, maʼlumot berishi ularga ijtimoiy tajriba mohiyati, koʻnikma hamda malakalarni oʻtkazish, o‘zatishi mumkin.Maʼlumki, hayvonlar, jonivorlar oʻzlarining individual tajribalarini oʻz turkumidagi boshqa namoyondalarga oʻtkazishga yoki berishga mutlaqo qobil emaslar. Ular, ayniqsa, oʻz turkumlaridagi avlodning ilgarigi tajribalarini oʻzlashtirish qobiliyatiga ega emaslar, chunki mavjudotlar tugʻma irsiy belgilarga, instinktlarga va shartsiz reflekslarga asoslanadilar, xolos.
Biosfera va neosfera toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qonuniyatlar, harakatlantiruvchi kuchlarni bilish va egallashda qisqa ijtimoiy-tarixiy davr oraligʻida gʻoyat ulkan yutuqlarga erishuvchi insonning xayvonot olamidan muxim farqi shundan iboratki, birinchidan, odamning shaxsiy individual tajribasi umuminsonis tajriba bilan o‘zviy uygʻunlikka ega, ikkinchidan, tajriba maxsulotlarnimuayyan darajada saqlanadi, uchinchidan, mazkur tajribalar takomillashib, modifikasiyalashib boradi, turtinchidan, ularning mohiyati, tuzilishi qoʻl yozmalarda oʻz aksini topadi.
Odamdagi shaxsiy individual tajribaning umuminsoniy tajriba bilan bogʻliqligi kishilarda tilning mavjudligi bilan izohlanadi. Til oddiy qilib tushuntirilganda soʻz va belgilar sistemasi hamda majmuasidan iboratdir. Inson tomonidan u yoki bu faoliyatning bajarilishi alomatlar xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlib, uning maxsuldorligi muvaffaqiyati til tarkiblarining ahamiyatiga bevosita aloqadordir. Masalan, xaydovchi uchun kucha qoidalari, matematik uchun formulalar, operator uchun signallar (semiotika – sema yunoncha “ belgi”) belgilar simvollar, alomatlar vazifasini bajarib, faoliyat uchun regulyator sifatida xizmat qiladi
Shuning uchun belgilar va ularning ahamiyati insonning yuksak psixik funksiyalari (yaʼni idrok, xotira, tafakkur, xayol)ning vositasidir. Odatda, belgilar turli-tuman bo‘lishi dan qaʼti nazar, ularning eng muximi – bu soʻzdir. Har bir soʻz maʼlumot, xabar, axborot vazifasini bajaradi va muayyan mazmunni oʻzida aks ettiradi ( masalan: mashgʻulot, daftar, yomgʻir va boshqalar).Tilning asosiy funksiyalari quydagilardan iborat:
a) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga o‘zatish, berish va oʻzlashtirish quroli tarzida vujudga keladi( avlodlar ota-onalar, oʻqituvchilar va murabbiylar) ;
b) til vosita yoki kommunikasiya usuli, hatto odamlarning xatti-harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon boʻladi ( masalan: “, “Leksiya boʻlmaydi”, “Bugun bayram” – taʼsir qilishdan, taʼsir oʻtkazishdan iboratdir);
v) tilning muhim funksiyalardan yana bittasi – intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qilishdir (muamolli vaziyat mohiyatini tushunish, yechishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish.
Nutq faoliyati – odam toionidan ijtimoiy –tarixiy tajribani oʻzlashtirish, avlodlarga berish yoki kommunikasiya oʻrnatish, oʻz shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.
Nutq axborot, xabar, maʼlumot va yangi bilim berish aqliy topshiriqlarni echish faoliyatidan iboratdir. Agarda til aloqa vositasi boʻlsa, nutq esa aynan oʻsha jarayonning oʻzidir.
|
| |