|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
bet | 45/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Muhammedova D.G‘, Mullaboyeva N.M, Rasulov A.I “Umumiy psixologiya” psixologiya ta’lim yo‘nalishlari uchun darslik. Toshkent-2017
2.Ergash G‘oziyev Umumiy psixologiya. Psixlogiya mutaxassisligi uchun darslik. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashryoti. Toshkent-2010
3. Davletshin M.G. Umumiy psixologiya T: TDPU 2002
4. Myers.D.G Psychology. HopeCollege. Holland, Michigan, 2010
5-MAVZU: TAFAKKUR VA NUTQNING PSIXOLOGIK TAVSIFI.
Tafakkur bilish jarayonlari tizimida.
1. Tafakkur haqida tushuncha.
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi aʼzolarimiz bilan bevosita aks ettirib boʻlmaydigan narsa va hodisalani ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar oʻrtasida koʻz bilan koʻrib, quloq bilan eshitib boʻlmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud.Anashu ichki bogʻlanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muxim bogʻlanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
Aynan tafakkur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish imkoniga ega boʻlamiz. Shu bois, dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasavvur va boshqa tafakkur muhim rol oʻynaydi.
Tafakkur tushunchasining mazmun mohiyati psixologiya darsliklarida olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan taʼrifda turlicha boʻlib uning ikkita yoki uchta muxim xususiyati taʼkidlab oʻtiladi, holos. Jumladan, P.I.Ivanovning darsligida “ tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqeilikni eng aniq, toʻliq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonning tagʻin ham oqilona amaliy faoliyat bilan shugʻullanishiga imkon beradi” deb taʼriflanadi. Ushbu taʼrifda tafakkurning toʻla, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirish taʼkidlab oʻtiladi, holos, lekin uning harakterli xususiyatlari soʻz yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan.Dunyoni bilish – bevosita( yaʼni sezish, idrok) va bavosita tafakkur.
|
| |