|
Oila psixologiyasi
|
bet | 53/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023Nazorat savollar:
1.Nutq xaqida tushunchangizni izohlab bering?
2.Tilning asosiy funksiyalari nimadan iborat?
3. Nutq faoliyatini tushuntirib bering?
4.Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari nima?
5.Nutq turlari necha hil boʻladi? ( turlarini ajrating)
6. Nutq turlarining psixologik tavsiflang?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Muhammedova D.G‘, Mullaboyeva N.M, Rasulov A.I “Umumiy psixologiya” psixologiya ta’lim yo‘nalishlari uchun darslik. Toshkent-2017
2.Ergash G‘oziyev Umumiy psixologiya. Psixlogiya mutaxassisligi uchun darslik. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashryoti. Toshkent-2010
3. Myers.D.G Psychology. HopeCollege. Holland, Michigan, 2010
4. Aliyev Islambek Tursunbayevich. Pedagogika va Psixologiya. O‘quv qollanma. Toshkent-2012
5. Qodirov Obid Safarovich. pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi fanidan ma’ruzalar matni. Samarqand-2021.
6-MAVZU: MOTIV VA MOTIVATSIYA VA HISSIYOTNING NAMOYON BO‘LISHI.
Ichki va tashqi motivatsiyalarning umumiy tavsifi. Motivning rivojlanish bosqichlari.
Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni
Garchand psixologik adabiyotlarda ayniqsa yosh va pedagogik psixologiyaga oid manbalarda motiv va motivatsiya masalasi ko‘p bora ko‘tarilgan bo‘lsa-da, batafsil yoritilmagan. Masalan, ayrim psixologlar maktabgacha yoshda ayrim tarqoq situasion mayllar ma'lum motivlar tizimlariga aylanib borishini qayd etadilar. Biroq bu fikr atroflicha chuqurroq o‘rganilmagan. Shunga muvofiq adabiyotlarda psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar asosida motiv va motivatsiya tushunchasi turlicha talqin qilingan.
Eng keng tarqalgan ta'riflarga ko‘ra, motiv - bu kishini faoliyatga undovchi kuch, sabab yoki ehtiyojlar yig‘indisidan iboratdir.
Motiv tushunchasiga olimlar tomonidan quyidagicha ta'rif beriladi: A.Maslouning fikricha, motiv bu ehtiyojlar yig‘indisidir. S.L.Rubinshteynning ta'kidlashicha, motiv bu ehtiyojning his qilinishi va qondirilishi. S.L Rubinshteyn. "Motivatsiya - bu psixika orqali amalga oshuvchi determinasiyadir". A.N.Leontev - motivni inson faoliyatiga yo‘nalgan aniq ehtiyojlar va uni qo‘zg‘atadigan voqelik deb hisoblaydi.
|
| |