• Nutq turlarining psixologik tavsifi.
  • Nutq tovushlarining tavsifi




    Download 1,25 Mb.
    bet52/125
    Sana10.02.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #154263
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   125
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023

    Nutq tovushlarining tavsifi:
    1.Har qaysi tilda nutqning paydo boʻlishidan cheklangan tana aʼzolari harakati ishtirok etishi mumkin ( artikulyar imo-ishoralar).
    2. Artikulyar imo-ishora nutq apparatining xususiyati va holatiga mos tushadi va muayyan nutq tovushining paydo boʻlishga olib keladi.
    3. Artikulyar imo-ishoralar tartib bilan birin-ketin amalga oshiriladi.

    Nutq turlarining psixologik tavsifi.
    Psixologiya fanida nutqqa va nutq faoliyatiga bagʻishlangan bir talay ilmiy tadqiqot natijalari mavjud boʻlsa-da, lekin bu borada umumiylik, tariflar birligi, uning evolyusion va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotiga oid qarashlarda mohiyat va shakl jihatdan oʻhshashlik yoʻq. Nutqning neyropsixologik asoslari, mexanizmlari,artikulyasion va fonetik apparatlari, psiholingvistik tuzilishi ( fonema, fleksiya) toʻgʻrisida ilmiy-amaliy xususiyatli umumlashmalar va umumlashmalar umumlashmasi ishlab chiqilmagan. Xuddi shu boisdan nutqning genezisi, uning filogenetik va ontogenetik xususiyatlari, paydo boʻlishi, oʻsishi, oʻziga xos tavsiflanishi, bosqichlari, fazalari, patologiyasi boʻyicha xilma-xil yondashuvlar mavjuddir. Psixologlar tomonidan nutq psixologik muammo sifatida oʻrganilishi ham oʻziga xoslik, uning qirralari, shakliy tuzilishi, mantiqan izchilligi, tasniflanishi mavjud boʻlib, ilmiy talqining tub mohiyati, bayoniyligi bilan oʻzaro tafovutlanadi. Yondashuvlar tahlilga toʻxtalishdan oldin nutqning psixologik tavsiflari yuzasidan mulohaza yuritish, uning tatbiqiy jihati qiymatini oshirishga xizmat qiladi.
    Bizningcha, nutqning muayyan asoslariga suyangan holda noanʼanaviy tasnifini berish uning qiymatini yanada oshiradi, inson – texnika munosabatini amaliy jihatdan namoyish qilgan boʻladi ( odatda, ogʻzaki va yozma turkumga ajratilar edi): verbal va noverbal.
    Genetika kelib chiqish jihatidan noverbal nutq birlamchi hisoblanadi, chunki insonning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davrida dastaval tovushsiz, soʻzsiz nutq turlarini paydo boʻlgan boʻlib, u oʻz ichiga shaxs kamolotining yirik sanasini qamrab olgandir. Insoniyatda nutqning hozirgi zamon avlodiga xos artikulyasion apparati paydo boʻlgunga imo-ishora negiziga qurilgan. Maʼlumki, qadimgi ajdodlarimizning nutqi va nutq faoliyati hozirgi zamon kishilarida qanday funksiyani bajarayotgan boʻlsa, oʻsha davrda ham xuddi shunday vazifani ijro etgan. U davrlarda axborotlar, maʼlumotlar koʻlami tor boʻlganliga tufayli insonlar noverbal nutqdan koʻp davrlar muvafaqiyatli foydalanib kelganlar. Avlodlar tarbiyasi maʼlumotlar oʻzatish noverbal nutq orqali amalga oshirilgan, ijtimoiy va xususiy ( shaxsiy) fikr o‘zatish hamda qabul qilish ana shu tariqa namoyon boʻlgan, tobora takomillashib borgan.Noverbal nutq turini shartli ravishda qoʻydagi koʻrinishlarga ajratish mumkin:
    Imo-ishora;
    Mimika;
    Pantomimika;
    Ehologik yaʼni aks-sado;
    Signifikasiya.
    Daktilogik ( barmoq nutqi).Yuz-harakatlari (fizionomiya) yordamida insonni inson tomonidan idrok qilish, oʻzgalar fikriga javob qaytarish tana aʼzolari rangining oʻzgarishi hisobiga shaxslararo munosabatga kirishishda namoyon boʻluvchi noverbal nutq turiga mimika deyiladi. Tabassum, jilmayish, miygʻida kulish, lab qisish va chuchaytirish, til chiqarish, qosh uchirish va so‘zish, xullas turli psixologik holatlarni ayniqsa, hissiy kechinmalarni aks ettiruvchi kommunikativ, inreraktiv, perseptiv xususiyatli nutq turi mimika boʻlib hisoblanadi. Mimika yordami bilan xaqgoʻylik, quvlik, yoqtirish va yoqtirmaslik, samimiylik va iikiyuzlamachilik, xasad, quvonch, qaygʻu, baxtiyorlik singari, yuksak tuygʻular namoyish etiladi. Xush yoki noxush kechinmalar aks etilayotganligidan kelib chiqqan holda muomala jarayoni yoki qisqa muddatli, o‘zoq muddatli vaqt mezonini namoyon qiladi, ayanch, baxt xislarini ifodalab keladi. U mono vaziyatni, diada, triada, poliada koʻrinishdagi shaxslararo munosabat shakllarini yaqqol aks ettiradi, fikrni o‘zatish, qabul qilish, taʼsirlanish, ruhlanish kabi funksiyani bajaradi. Xayotiy tajribaning koʻpayishi ichki kechinmalarni ( interiorizasiyalash) tashqi vokea hodisalarga almashtirish ( eksteorizasiyalash) bilan yakunlanadi, koʻpincha individual va ijtimoiy tarbiya vazifaini bajaradi.
    Ayrim xis xayojonli shartli tovushlarda mujjasamlashgan axborot o‘zatish va qabul qilish maqsadini amalga oshiruvchi tabiiy toʻsiqlarga urilib qaytuvchi aloqa vositasiga ehologik yoki sado nutqi deyiladi. Ehologik yoki aks sado nutq turi bir tomonlama aloqa (togʻ inson, inson-jism) negizida vujudga keladi, koʻpincha individual tovush harakati javob, masofa funksiyasini ijro etadi. Lekin aks sado orqali togʻlarda, qalin urmonlarda ikki yoki undan ortiq kishilar oʻrtasida aloqa quroli sifatida muayyan ahamiya qozonadi. Fazoviy tassavur qonuniyati asosida shaxslararo munosabat oʻrnatiladi, maʼlum shartli belgilari oʻzaro bilvosita muloqot vositasi rolini ijro qiladi. Ekstremal favquloddagi hodisalar yuz berishi jarayonida shartli tovushlardan to‘zilgan aloqa usulidan foydalaniladi. Tovushlarning qaytishi fazoviy chamalash, muayyan moʻljal olish uchun xizmat qiladi, qoʻrqinch, xayajon, umid, ishonch tuygʻularining aloqaga kirituvchi shaxslar ruhiy dunyosida mujassamlashishini taʼminlaydi.Noverbal turkumga kiruvchi signivikasiya boshqalardan oʻz tuzilishi, mazmuni, shakli bilan keskin ajrab turadi. Aniq shartli alomatlar orqali muayyan mantiqiy yuklamani oʻzida aks ettiruvchi kommunikativ xususiyatli nrverbal nutq turi signifikasiya deyiladi. U shartli belgilar, signallar, modellar shaklida ifodalanishi mumkin. O‘zoq masofalarga xabar yoki maʼlumot o‘zatish va qabul qilish vositasi sifatida Morze alifbosi va shunga oʻxshash “ sunʼiy til” nomi bilan mashxur kommunikativ manbalari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Morze alifbosi va shunga oʻxshash hozirgi zamon aloqa qoʻrilmalari qoʻl yordami bilan ( asbobni bosish orqali) xabar oʻzatishga yoki qabul qilishga moʻljallangan. Hozirgi zamon rasiyalari ham xuddi shunga oʻxshash kommunikasiya quroli vazifasini bajaradi. Noverbal nutqni shartli ravishda qoʻydagi turlarga ajratish mumkin:
    1. Tovushsiz: a) imo-ishora, b) mimika, v) pantomimika, g) daktilogik; 2. Tovushli: a) ehologik ( aks sado), b) signifikasiya ( shartli belgilar, signallar, modellar). Verbal nutq turkumini shartli ravishda qoʻydagi turlarga ajratish mumkin: 1. Ogʻzaki, 2 yozma, 3. Monologik, 4. Polilogik, 5. Tashqi,6. Ichki,7. Ekspresiv,8. Impressiv, 9. Lakonik (qatra, yigʻiq), 10. Epik ( yopiq), 11. Affektiv (jaxl holatidagi).
    Insonning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davri tahlil qilinganda genetik kelib chiqish jihatidan birlamchi qatorida ogʻzaki keltirish joiz. Ogʻzaki nutq noverbal turkumdan keyin paydo boʻlgan nutq turidan biri hisoblanadi va u shartli ravishda quydagi nutq koʻrinishlarini qamrab oladi: monologik, dialogik, polilogik, tashqi, ichki, ekspressiv, impressiv, lakrnik (yigʻiq, qatra), affektiv ( his-hayajon, jahl).
    Ogʻzaki nutq oʻzining jarangdorligi, taʼsirchanligi, axborotlarni qabul qilishdagi qulayligi, o‘zatilishidagi ixchamligi, toliqishning oldini olish imkoniyati mavjudligi uning keng qirralli ekanligini bildiradi. Ogʻzaki nutqning dastlabki turidan biri- bu monologik nutqdir. Yakka shaxsning ichki kechinmalarini til mexanizmlariga asoslangan holda aks ettiruvchi, uning oʻziga qaratilgan (egosentrik), taʼsirlanishini ifodalashga va axborot o‘zatishga moʻljallangan nutq turi monologik nutq deb ataladi. Und shaxsiy his-tuygʻularning ichki va tashqi shakllari uygʻunlashadi, shuningdek, oʻzgalar fikrini ifodali oʻqishda ham oʻz aksini topadi. Odatda, monologik nutqda fikrlar qisqartirilmaydi, mobodo bu qoida bo‘zilsa, axborot maʼnosini tushinish qiyinlashadi. His-hayajonning tashqi va ichki kechinmalari va ularning mexanizmlari aniq, ravon, izchil aks ettiriladi.
    Diada shaklidagi munosabatlar negizida quriluvchi, ikki shaxs oʻrtasida namoyon boʻluvchi, axborot o‘zatishga va qabul qilishga moʻljallangan nutq turi dialogik nutq deb ataladi. Uning monologik turidan farqli tomoni fikr mohiyati nutq faoliyati qatnashchilarida anglangandan keyin u yoki bu shaklda qisqartirish imkoniyatiga ega. Uning interaktiv tomoni koʻpincha ustuvorlik qiladi, axborotlar qabul qilish va o‘zatish oʻzaro tushuncha asosiga quriladi, aks holda muomala maromi bo‘ziladi, oʻzaro fikr almashuv muddatdan oldin yakunlanadi.Ichki kechinmalar shaxsiy fikrlash bilan uygʻunlashishi tufayli fikriy bogʻlanishni vujudga keltiruvchi, holatlar, hodisalar mohiyatini ichki va tashqi omillarga asoslanib aks ettiruvchi nutq turiga impressiv nutq deyiladi. Mulohazalar mohiyati shaxs kechinmalari bilan munosabatga kirishishi natijasida oʻziga xos voqeilikni nomoyish qiladi.
    Millat va elatlarning til boyligi aforizmlar, maqollar, donishmandliklar, matallar sifatida shakllangan, yuksak mantiqiy yuklamaga ega boʻlgan yigʻiq nutq turi lakonik, yaʼni yigʻiq, qatra nutq deyiladi. Etti ulchab – bir kes, sabrning tagi – oltin. Hazrat Mir alisher Navoiy ijodi maxsullaridagi fikrlar shular jumlasiga kiradi:Eshak birla kuchukka harchandqilma tarbiya, It boʻlur, eshak boʻlur, aslo boʻlmas odami.
    Insoniyat tarixining sivilizasiyalik bosqichiga oʻsib oʻtishi davridagi eʼtiborga yozma nutq paydo boʻla boshlagan va hozirgacha u oʻz rivojlanishida davom etmoqda. Tilning barcha qoidalariga ( grafik, morfologik, sintaksistik, leksik, orfoepik, lingvistik, fonemetik, fleksiv va x.k ), qonuniyatlariga, mexanizmlariga ( jonli ifodalarni mujassamlashtirgan holda) asoslangan tarzda, muayyan shartli alomatlar 9 grafiklar) yordamida shakl, tuzilishi, maʼno, mazmun va mohiyatini o‘zluksiz, tadrijiy ravishda axborotlarga aylantirib beruvchi nutq turi yozma nutq deyiladi.
    Har bir tilning toʻla mohiyati yozma nutq orqali ifodalanadi, o‘zoq va yaqin masofalar uchun axborot (kommunikasiya) vositasi vazifasini bajaradi. Millat madaniyati, maʼnaviyati, fan va texnikasi, sanʼati va adabiyoti yozma nutq orqali o‘zatilib, millatlaraor aloqa kanali funksiyasini ado etadiYozma nutq oʻz navbatida quydagi tarkiblardan tashkil topadi: a) monologik (drama),b) dialogik ( badiiy asar janrlarida) v) ichki, g) lakonik ( yigʻiq, qatra), d) epik ( yoyiq, yirikroman, qissa va booʻqalar).
    Ularning psixologik mazmuni, moxiyati, xususiyatlari toʻgʻrisida yuqorida mulohazalar bildirilganligi uchun qaytadan tahlil qilish, tavsiflashga hech qanday hojat yoʻqdir. Lekin mazkur nutq turlari boshqa turkumlardan ham joy olishi mumkin. Biroq ilmiy jihatdan hech qanday qarama-qarshiliklar vujudga kelmaydi, aksincha, bir-birini toʻldirishda xizmat qiladi, holos
    Nutq va nutq faoliyati yuzasidan bildirilgan mulohazalar, ilgari surilgan ayrim gʻoyalar mutlaqlikka daʼvo emas albatta, chunki ularning koʻpgina jihatlari, qirallari, mexanizmlari, qonuniyatlari, tavsiflari chuqurroq izlanishni talab qiladi, ayrim oʻrinlarda ularning har birini eksperimental tadqiq etishni taqozo, yangi metodikalar, testlar, treninglar ishlab chiqishni izlanish predmetiga olib kiradi. Amaliy va nazariy muammolar echimini tezroq hal qilishga safarbar etadi nutqning muomala jarayonidan kelib chiqib yondashish evaziga qiymatli materiallar toʻplash mumkin hamda uning negizida har qaysi psixolog mutaxassisni notiqlik sanʼatiga oʻrgatish kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga muhim hissa boʻlib qoʻshiladi.

    Download 1,25 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   125




    Download 1,25 Mb.