|
Oila psixologiyasi
|
bet | 76/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023 Xarakter tarkibi
Shaxsning harakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig‘indisidan iborat emas, balki o‘zaro bir-biriga bog‘liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi. Xarakter xislatlarining muayyan qismidan xabardor bo‘lishlik notanishlarni tashxis qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma'lum bo‘lsa, uning dili (ko‘ngli) qoraligi yuzasidan taxmin qilish mumkin, yoki inson kamtar, mo‘min, yuvosh xususiyatli bo‘lsa, albatta u ko‘ngilchan ekanligi ko‘nglimizga keladi.
Odatda psixik xususiyatlarning o‘zaro bog‘liq tizimi simptomokomplekslar (omillar) deyiladi. "Simptom" yunon symptoma belgi, mos tushish, "kompleks" lotincha, aloqa, majmua degan ma'no anglatadi. Misol uchun, qarama-qarshi simptomokomplekslar haqida mulohaza yuritilsa, u holda insonlarda bu tizim o‘ziga ishonish o‘zidan mag‘rurlanish, maqtanchoklik, o‘zbilarmonlik, urushqoqlik, kek saqlash kabilar birikmasida yuzagakeladi. Boshqa toifadagi shaxslar o‘zlarining kamtarinligi, ko‘ngilchanligi, iltifotliligi, dilkashligi, haqqoniyligi bilan ajralib turadilar. Voqelikka shaxsning bir xil munosabati harakter xislatlarining o‘zaro bir-biriga bog‘liqligini bildiradi.
Hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning turli munosabatlari bilan belgilanadigan xarakter xususiyatlarining to‘rtta tizimi farqlanadi.
Jamoa va ayrim odamlarga bo‘lgan munosabatlarini ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik va shu kabilar).
Mehnatga bo‘lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: (mehnatsevarlik, yalqovlik, vijdonlilik, mehnatga ma'suliyat yoki ma'suliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lishi kabilar).
Narsalarga bo‘lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: (ozodalik va ifloslik, narsalar bilan ayab yoki ayamasdan munosabatda bo‘lish kabilar).
Odamning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi xususiyatlar (izzat-nafslilik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, o‘zini katta olish, kamtarlik kabilar).
Bundan tashqari, kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa juda ko‘p xususiyatlar ham mavjud: o‘ziga ishonish, o‘zbilarmonlik, o‘ziga bino qo‘yish, maqtanchoqlik.
Xarakterning tarkibi faqat ayrim xususiyatlarining o‘zaro bog‘liqligi bilan emas, balki bir butun harakterga xos bo‘lgan xususiyatlar bilan belgilanadi. Xarakterning xususiyatlari jumlasiga birinchidan, ularning chuqurlik darajasi kiradi. Shaxsning markaziy, asosiy munosabatlari bilan belgilanadigan xususiyatlarini biz harakterni bir muncha chuqurroq xususiyatlari deb ataymiz. Masalan, barkamol shaxsda odamlarga, jamoa va mehnatga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘lish bilan belgilanadigan xususiyatlar chuqurroq xususiyatlar hisoblanadi. Ikkinchidan, harakter kuchi yoki faolligi. Xarakter faolligi xarakter xususiyatlarining kishini biror narsaga qarshilik ko‘rsatish darajasi bilan belgilanadi. Uchinchidan, harakterning tarkibiy xususiyatlariga uning barqarorlik va o‘zgaruvchanlik darajasi kiradi. Harakter barqarorligi va o‘zgaruvchanligi ham moslashish faoliyatining zarur shartlaridandir.
Agar tashqi sharoitning o‘zgarishi bilan har gal xarakter boshqacha bo‘lib, o‘zgarib qoladigan bo‘lsa, unday paytda odamning xatti-harakatlari tashqi sharoit ta'siriga nisbatan passiv javob reaksiyasiga aylanib qolgan, xatti-harakat batamom passiv moslashishga aylangan bo‘lar edi. Odamning harakter xususiyatlari juda xilma-xil hayot sharoitlarida ham qarshilik qiluvchi sharoit bo‘lishiga qaramay uning xatti-harakatlarini boshqaradi.
Xarakter ma'lum darajada plastikdir (egiluvchandir). Xarakterning plastikligi ikki xil ma'noga ega, birinchidan, xarakterning barqarorligi singari muhim faol ta'sir qilishidir. Ikkinchidan, xarakter ma'lum darajada plastik bo‘lganligi uchungina istalgan odamning xarakterini qayta tarbiyalay olamiz.
Kishiga mustahkamlanib, uning shaxsiy xususiyatiga aylanib qolgan iroda sifatlari xarakterning iroda bilan bog‘liq bo‘lgan xislatlaridan, bu sifatlar alohida ko‘rinib emas, balki shaxsning fazilatiga aylanib qoladi, g‘at'iyat, sabr-toqat, chidamlilik, dadillik, o‘zini tuta bilish, mustaqillik, intizomlilik, ma'suliyatni his qilish, o‘z-o‘zini tanqid qilish axloqiy xislatlardir19.
Xarakter xususiyatlari sifatida insonning ma’lum bir vaziyatlarda inson xulqini namoyon etuvchi ma’lum bilan ruhiy xssiyatlar tushuniladi. Masalan, qo‘rqoqlik yoki mardlik xavfli vaziyatlarda namoyon bo‘ladi. Kirishimlilik yoki odamovilik esa notanish kishilar bilan muloqotda namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra harakterning tarkibini aniqlashda bir qancha fikrlar mavjud.
Rus psixologiyasida iiki xil yo‘nalish mavjud. Birinchi holatda xarakter xususiyatlari psixik xsusiyatlar bilan bog‘lanadi va ular irodaviy, emotsional va intellektual xussiyatlarga ajratiladi. Masalan, irodaviy xususiyatlarga – qat’iylik, mustaqillik, faollik, tashkilotchilik kabilar, emotsional xususiyatlarga esa ta’sirchanlik, befarqlik, hamdardlik kabilar, intellektual xussiyatlarga serfiklili, sermlohazalilik, topqirlik, qiziquvchanlik kabilarni kiritish mumkin.
Ikkinchi holatda esa shaxs xarakter xususiyatlarining yo‘nalganligi bilan bog‘lab tushuntiriladi. Ya’ni shaxs yo‘nalganligi odamlarga, faoliyatga va atrof-muhitga va o‘ziga bo‘lgan munosabatlarda aks etadi. Masalan, shaxsning atrof-muhitga bo‘lgan munosabati uning aniq ishon va e’tiqodida yoki prinsipsizligida namoyon bo‘ladi. Ya’ni shaxsning moddiy va axloqiy ehtiyojlarida aks etuvchi qiziqishlari, e’tiqodlari, ideallari va ehtiyojlariga qarab munosabat bildiradi.
Shaxs faoliyatga yo‘nalganliga ko‘ra xarakterning xususiyatlari ma’lum bir faoliyatni bajarish jarayonida namoyon bo‘ladi, bular maqsadga yo‘nalganlik, yengil-yelpilik, mustaqillik, beqarorlik kabilarda ko‘rinadi. Vaholanki, yengil-yelpilik va beqarorlik shaxsdagi mustaqillikning yetishmasligi bilan ham bo-liq bo‘lishi mumkin, aksincha, faoliyatga qiziqishning chuqurligi va mazmuniyligi maqsadga yo‘nalganlik va qat’iyatlik bilan bo-liq bo‘lishi mumkin. Faqat ta’kidlash lozimki, faoliyatga qiziqish bilan yondoshadigan orasida harakter xususiyatiga ko‘ra quvnoq va –amgin yoki katar va ayyor, egoist va altruist odamlar bo‘lishi mumkin. Shu nuqti –nazardan olib qaralganda xarakter xussiyatlarini bunday klassifikatsiyalash biroz noto‘g‘ri bo‘lar edi.
Odamlarga yo‘nalganlikda harakterning namoyon bo‘luvchi xususiyatlariga halollik, to‘g‘riso‘zlik, kirishimlilik, xushmuomalalik, ziyraklik, ko‘ngilchanlik kabilarni kiritish mumkin20.
|
| |