• Xarakter tipologiyasi.
  • U.Sheldon, E.Fromm, K.Leongard va A.E.Lichkolar
  • Oila psixologiyasi




    Download 1,25 Mb.
    bet79/125
    Sana10.02.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #154263
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   125
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023

    Nazorat savollar:
    1.Xarakter haqida ma’lumot bering?
    2. Xarakterning tarkibini izohlab bering?
    3.Xarakterning shakllanishini izohlab bering?
    4.Xarakter nazariyalarini izohlab bering?
    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1. 2. Nemov R.S. Psixologiya. M.: Vlados, 2003. 1-2-t.
    2. Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: 2009.
    3. Shoumarov H.B. va boshqalar. 1001 savolga psixologning 1001 javobi. – T.: Mehnat, 2000 y.
    4. G`oziev E. G`. Umumiy psixologiya. 1-2 tom. T., Fan, 2002
    5.Pedagogika i psixologiya. /Pod red. A.A.Radugina - M„ 2003
    6.Slastenin V.A. Obshaya Pedagogika. - M„ 2003
    7.Selivanov V.A. Osnovi Obshey Pedagogiki. — M„ 2004
    8.Davletshin M.G. Umumiy psixologiya t. TDPU 2002
    9.G‘oziev E.G Umumiy psixologiya 1-2 tom T. Fan 2002

    Xarakter tipologiyasi.
    Xarakter tipologiyasi ma’lum bir tipik xususiyatlarning o‘ziga xosligi asosida yuzagakeladi. Tipik xususiyatlar deb xarakterdagi ma’lum bir xislatlarning namoyon bo‘lishi bir necha odamlar guruhida bir xilda ko‘zatilgan holatga aytiladi.
    Ta’kidlash lozimki, inson xarakterining tipologiyasi quyidagi bir qancha g‘oyalarga tayanadi:
    1. Inson xarakteri uning ontogenezida shakllanadi va keyingi hayoti mobaynidagi o‘rganishi asosida o‘zida barqarorlik kasb etadi.
    2. Shaxsning xarakteriga xos bo‘lgan xususiyatlarning uyg‘unlashuvi tasodifiy emas.
    3. Odamlarning katta qismi o‘zining asosiy xarakter xususiyatlariga ko‘ra ma’lum bir tiplarga ajratilishi mumkin.
    Ta’kidlash joiz, harakter xussiyatlarini tiplarga ajratish har doim ham ilmiy usullarga tayanib asoslanmagan.
    Ana shunday urinishlardan biri shaxsning harakterini uning tug‘ilgan vaqti (oy va kuni)ga qarab tushuntirishga harakat qilingan. Kishining harakterini bunday tarzda aytib berishga asoslangan soha goroskopov deb atalgan. Xuddi shunga o‘xshasa ikkinchi yo‘nalish kishi harakterini uning ismiga qarab aytishga mo‘ljallangan.
    Xarakter xususiyatlarini o‘rganishda muhim hissa qo‘shgan yo‘nalish fiziognomika (grekchadan. rpuxgk — tabiat, potop — biluvchi) bo‘lib, unga ko‘ra insonning tashqi qiyofasiga qarab uni ma’lum bir tipga kiritganlar. Ayniqsa bu borada I. K. Lafaterning fiziognomik tizim deb nomlangan ta’limoti mashhur bo‘lib, unga ko‘ra inson harakterini uning boshi va bosh suyagining tuzilishi, mimika vash u kabilarga asoslanib aytishga harakat qilingan. Bu borada inson tana tuzilishiga yoki gavdasini qanday tutishiga qarab ham harakterini bilishga urnishlar bo‘lgan. hatto hozir ham ayrim psixologshlar insonning tana holati qandayligiga qarab – uning qay holatda turishi, yurishi, yozayotgandagi хolati kabilar – uning harakterini ta’riflash mumkinligini aytishadi.
    Yana bir mashhur ta’limotlardan biri - xiromantiyadir. Xiromantiya (grekchadan. cheir — qo‘l va manteia — fol, bashorat) — bu ta’limotga ko‘ra inson taqdiri va xarakterini unig kaftidagi chiziqlarga qarab aytib berishdir24.
    Psixologiya tarixida xarakterning tipologiyasini yaratishga bir necha bor o‘rinib ko‘rilgan. Nemis psixologi va psixiatri E.Krechmer tomonidan XX asr boshlarida tavsiya etilgan tipologiya eng mashhur va dastlabki urinishlardan biri edi. Keyinchalik uning hamkasblari U.Sheldon, E.Fromm, K.Leongard va A.E.Lichkolar tomonidan ham shunday tipologiyalar tavsiya etilgan. Inson harakterining barcha tipologiyalari quyidagi asosiy g‘oyalarga muvofiq tarzda tashkil etilgan.
    1.Inson harakteri uning ontogenetik taraqqiyoti mobaynida namoyon bo‘la boshlaydi va butun hayot davomida barqaror bo‘lib boradi.
    2.Harakter tarkibiga kirgan xususiyatlar tasodifiy uyushgan emas. Ular harakter tipologiyasini to‘zish imkonini beruvchi bir-biridan farq qiluvchi tiplardan iborat.
    3.Mazkur tipologiyaga ko‘ra ko‘pchilik kishilarni ma'lum guruhlarga birlashtirish mumkin.
    E.Krechmer odam tanasining tuzilishi va konstitusiyasiga ko‘ra, eng ko‘p uchraydigan uchta tipni ajratib ko‘rsatgan (astenik, atletik, piknik). Ularning har biri shaxsni ma'lum harakter tiplari bilan bog‘langan bo‘lsa ham, aslida hech qanday ilmiy asoslab bo‘lmaydi.

    Download 1,25 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   125




    Download 1,25 Mb.