• Pedant tip
  • Namoyishkorona (demonstrativ) tip
  • Oila psixologiyasi




    Download 1,25 Mb.
    bet81/125
    Sana10.02.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #154263
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023

    Gipertim tip - haddan tashqari aloqaga kirishuvchan, ko‘p gapiradi, imo-ishora, mimikaga boy, suhbat mavzusini burib yuborishga moyil, ko‘pincha xizmatga doir va ommaviy majburiyatlarni unutib qo‘yganligi sababli ziddiyatlar kelib chiqadi.

  • Distim tip - kamgap, muloqotga kirishishga qiynaladi, pessimist, ziddiyatlardan o‘zini olib qochadi, uyda yolg‘iz qolishni yoqtiradi.

  • Sikloid tip - kayfiyati tez o‘zgarishga moyil, kayfiyati yaxshi paytda - gipertim, yomon paytda distim tipga o‘xshab qoladi.

  • Qo‘zg‘aluvchan tip - muloqotda passiv, verbal va noverbal reaksiyalari sust, qaysar, ba'zan urushqoq, ko‘pincha turli mojarolarning tashabbuskori.

  • Kuchaytiruvchi tip - kamgap, aql o‘rgatishni yoqtiradi, yuqori natijalarga erishishni hohlaydi, tez xafa bo‘ladi, shubhalanuvchan, qasoskor. Kichik-kichik muammolarni kattalashtirishga, bo‘rttirishga moyil.

  • Pedant tip - ziddiyatlarga kam qo‘shiladi, ko‘pincha passiv holatda bo‘ladi, atrofdagilarga ko‘plab rasmiy talablar qo‘yadi, tartibli, jiddiy ishonchli xodim.

  • Xavotirli tip - kamgap, odamovi, o‘ziga ishonmaydi, ziddiyatlardan o‘zini olib qochadi, tinchliksevar, o‘z-o‘zini tanqid qiladi. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi.

  • Emotiv tip - tor doiradagi kishilar bilan muloqotga kirishishni yoqtiradilar, xafa bo‘lsa tashqaridan sezdirmaslikka harakat qiladi, mehribon, hamxo‘r, ma'suliyatni his qiladi. Boshqalarning yutuqlaridan quvonadi.

  • Namoyishkorona (demonstrativ) tip - muloqotga tez kirishadi, yetakchilikka intiladi, hokimiyat va maqtovni yoqtiradi, boshqalarni o‘ziga jalb qila oladi, noyob tafakkurga, xulq-atvorga ega.

  • Ekzaltirlashgan tip- o‘ta muloqotga kirishuvchan, ko‘p gapiradi, qiziquvchan, do‘stlari va yaqinlarga e'tiborli, boshqalarga yordam beradi, did-farosatli, samimiy.


  • Download 1,25 Mb.
  • 1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125




    Download 1,25 Mb.