|
Oila psixologiyasi
|
bet | 82/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023Ekstrovertlashgan tip - muloqotga kirishuvchan, do‘stlari ko‘p, ziddiyatlardan o‘zini olib qochadi, boshqalarni diqqat bilan eshitish mumkin. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi.
Introvertlashgan tip - muloqotga kirishishga qiynaladi, "ichimdagini top", falsafiy fikr yuritishni yoqtiradi, qat'iyatli, e'tiqodi mustaqkam, qaysar, tafakkuri qotib qolgan.
To‘g‘ri tashkil etilgan ta'lim-tarbiya jarayonida harakter aksentuatsiyasini tarbiyalash va to‘zatish mumkin.
Keyinroq xarakteri aksentuatsiyasi borasida A.E.Lichko o‘zining yangi klassifikatsiyasini taklif qildi. Bu klassifikatsiya uning o‘smir bilan o‘tkazgan tadqiqotlari natijasida vujudga kelgan. Uning fikriga ko‘ra, harakter aksentuatsiyasi — bu alohida hussiyatning kuchaygan ko‘rinishi bo‘lib, u shaxs xulqining normadan o‘sishi va patalogik bo‘zilishlar darajasiga yetib borishdan farq qiladi. Bunday aksentuatsiyalar shaxsning vaqtinchalik хolati bo‘lib, asosan o‘smir va o‘spirinlarda ko‘zatiladi.
Lichko tomonidan taklif etilgan o‘smirlardagi xarakter aksentuatsiyasining klassifikatsiyasi quyidagichadir:
1. Gipertim tip. Bu tipga kiruvchi o‘smirlar o‘zining serharakatliligi, kirishimliligi, sho‘xlikka moyilligi bilan ajralib turadi. Ular ma’lum bir voqe jarayonida haddan ortiq sho‘xlikka beriladilar, tengdoshlari davrasida ham o‘zini shunday tutadilar. Ularning kayfiyati har doim yaxshi va ko‘tarinki bo‘ladi. Kattalar – ota-ona va o‘qituvchilar bilan nizolar deyarli sodir bo‘lmaydi. Bunday o‘smirlar juda ko‘p narsaga qiziqadilar, lekin ularning qiziqishlari beqaror va qisqa muddatli bo‘ladi. Gipertim tipdagi o‘smirlar o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini oshirib baholaydilar, o‘zlariga haddan ortiq ishonadilar, o‘zini ko‘rsatishga va atrofdagilarda taassurot qoldirishga intiladi.
2. Sikloid tip. Serjahllikning yuqoriligi va apatiyaga moyilligi bilan ajralib turadi. Ular odatda o‘rtoqlari bilan birga bo‘lishdan ko‘ra uyda yolg‘iz bo‘lishni ma’qul ko‘rishadi. Ular arzimagan ko‘ngilsizliklarni ham og‘riqli kechiradilar, tanqidlardan jahli chiqadi. Kayfiyati noo‘rin bo‘lib, yuqori kayfiyatdan kayfiyatsizlik хolatiga o‘zgarib turadi. 2-3 haftalab tushkun kayfiyatda yurishadi.
3. Labil tip. Bular kayfiyatning o‘zgaruvchanligi va tushunib bo‘lmasligi bilan alohida ajralib turishadi. Kayfiyatning o‘zgarishiga mutloqo ahamiyatsiz narsalar – kimningdir yoqtirmay qarashi ham sabab bo‘lishi mumkin. Ularning barchasi jiddiy muvaffaqiyatsizlik yoki noxushliklar. Ularning xulq-atvori ham kayfiyatiga bo-liq bo‘ladi. Kelajagini ham hozirgi kunini ham kayfiyatiga qarab goh yorqin, goho rangsiz ko‘radilar. Yuqori asabiylikda yuradigan bunday o‘smirlar atrofdagi (kayfiyatini ko‘tara oladigan, chalg‘ita oladigan)larning qo‘llabb-quvvatlashiga ehtiyoj sezadilar.
4. Astenonevrotik tip. Ushbu tip yuqori darajadagi gumonsirovchanlik va injiqligi, tiliqishi va tez jahi chiqishi bilan tavsiflanadi. Aksariyat hollarda toliqish ularning intellektal faoliyatida ko‘zatiladi.
5. Senzitiv tip. Unga hamma narsaga nisbatan ta’sirchanlik xosdir: uni xursand qilish ham, xafa qilish va qo‘rqitish ham juda oson. Bunday o‘smirlar katta kompaniyalarni va serharakat o‘yinlarni yoqtirmaydilar. Ular odatda uyatchan, tortinchoq bo‘lganligi bois atrofddagilarga odamovi sifatida ko‘rinadi. Ular faqat juda yaxshi tanish bo‘lgan kishilari bilangina ochiq va kirishimli bo‘la oladilar. O‘rtoqlari bilan muloqotni kattalar va kichiklar bilan muloqotdan ustun qo‘yadilar. Ular ota-onalariga qloq solishi va ularga bog‘liqligi bilan ajralib turadilar. Ular AL va KhKlariga kelganlarida yangi sharoitga moslashuvi qiyiyn bo‘lishi va «noto‘liqlik kompleksi» yuzagakelishi mumkin. Lekin ularda majburiyat hissi ancha yoshligidanoq paydo bo‘ladi va boshqalarga ham o‘ziga ham talabchanlik yuqori bo‘ladi va do‘stlik tuyg‘usiga nisbatan juda jiddiy qaraydi.
6. Psixoastenik tip. Ular erta va tez rivojlanuvi intellekt bilan tavsiflanadi va boshqalarning hatti-harakatlarini muhokama qilish va baholashga moyil bo‘ladilar. Ular ishdan ko‘ra so‘zga usta bo‘lishadi. Ulardagi o‘ziga ishonch ikkilanish bilan birga kechadi va ayni ehtiyotkorlik mas’uliyatlilik talab etilgan mahallarda shoshilib qaror qabul qilishadi va shunga ko‘ra harakat ham qilishadi.
7. Shizoid tip. Bu tipga xos bo‘lgan eng muhim хolat — uning «ichimdan top»ligi. Ular o‘z tengdoshlariga ko‘pam qo‘shilavermaydilar, ko‘proq kattalar bilan muloqotda bo‘ladilar. Ular atrofdagilarga befarqligi, qiziqmasligini tez-tez namoyon qiladilr, atrofdagilarning хolatini, kechinmalarini tushunmaydilar va hamdard bo‘la olmaydilar. Ularning ichki olami trli xil fantaziyalarga boy bo‘ladi.
8. Epileptoid tip. Bu guruhga kiruvchi o‘smirlar yig‘loqiligi bilan kattalarni xunob qiladi. Ular hayvonlarni qiynashni, kichiklarni g‘ashiga tegishni, nochorlarning ustidan kulishni yoqtiradilar. Kichkinalar davrasida ular o‘zlarini diktatorlar kabi tutadilar. Ularga xos xususiyatlar — berahmlik, hukumronlikka intilish, o‘zini sevish.
9. Isteroid tip. Bu tipning eng muhim xussiyati — egotsentrizm, o‘z shaxsiga doimiy e’tibor qaratish. Ular o‘zlari yo‘qligi o‘rtoqlaridan kimnidir maqtashlarini, kimgadir unga nisbatan ko‘proq e’tibor berishganini hazm qila olmaydi. Ular uchun eng muhim ehtiyoj atrofidagilarning diqqatini o‘ziga qaratish, o‘z shaxsiga nisbatan olqish va maqtovlar eshitish istagidir.
10. Notur-un tip. Unining asosiy xususiyati – irodasizlik. Ular ko‘ngilxushlik qilishga, bekorchilikka va bayramona kompaniyalarda bo‘lishga moyildirlar. Ularda muhimroq, jiddiyroq rejalar bo‘lmaydi va o‘z kelajaklari haqida umuman o‘ylamaydi.
11. Konform tip. Bunday o‘smirlar guruhdagi har qanday obro‘li kishiga o‘ylamasdan ergashadilar. Ularning asoiy shiori «boshqalarga o‘xshash». Bu tipdagilar o‘z manfaati uchun do‘stini sotishga, qiyin vaziyatlarda tashlab ketishga tayyor bo‘ladi, lekin u o‘z qilmishlarini oqlashga ham doim bir emas, bir nechta «axloqiy oqlovlar» topadi25
|
| |