Xorijda xarakterning o‘rganilishi




Download 1,25 Mb.
bet83/125
Sana10.02.2024
Hajmi1,25 Mb.
#154263
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023

Xorijda xarakterning o‘rganilishi
Xorij psixologiyasida ba’zi tadqiqotchilar shaxsni uning qat’iy va belgilangan xulq-atvor xususiyatlariga qarab o‘rganishga harakat qiladilar. Jumladan, Uilyam Sheldon shaxsning tana tuzilishiga qarab ularning harakter xususiyatlarini quyidagi turlarga ajratib chiqqan: endomorf, mezomorf va ektomorf, bu harakter xususiyatlarini ta’riflash uchun u quyidagi obrazlarninig assotsiatsiyasidan foydalanadi – endomorf – bosiq va quvnoq - Santa Klaus obrazi, mezomorf – muskullari aniq-aniq bo‘rtib chiqqan Supermen obrazi va ektomorf – qo‘rqmas va jismoniy faol bo‘lgan Sherlok Holms obrazi. Turli xildagi tana tuzilishi bilan turlicha harakter xususiyatlari o‘rtasida bog‘lanish bormi degan savolga javob topish uchun izlanish olib borgan tadqiqotchilar haqiqatan ham ular orasida qandaydir bog‘lanish borligiga amin bo‘lishgan26.
1919-yilda 22 yoshli qiziquvchan talaba Gordon Olport Venada bo‘lgan konferensiyada Zigmund Freyd nutqini eshitgach shaxs xususiyatlarini o‘rganishga qiziqib qoladi. Lekin u Freyd borgan yo‘ldan borishni xoxlamaydi. U shaxs xulq-atvoriga ta’sir etuvchi omillarni faqatgina ongsiz mayllarga emas, balki ongli motivlarga ham bog‘liq deb biladi. Bugungi kunda biznes va mehnat sohasida kishilarni Karl Yung klassifikatsiyasiga ko‘ra ajratish birmuncha urf bo‘lib qoldi. Ya’ni Karl Yung taklif etgan 126ta savolga berilgan javoblar orqali Izabel Briggs Mayers va uning onasi Ketlen Briggslar ham shaxslardagi muhim ajratuvchi xususiyatlarni o‘rganadilar. Mayers-Briggislarning tiplarga ajratish indikatori nihoyatda sodda, deyish mumkin. Chunki ular odamlarga quyidagi savolni beradilar: «Siz odatda mantiqqa nisbatan hissiyotlarni qadrlaysizmi yoki aksincha mantiq siz uchun hissiyotlardan ko‘ra muhimroqmi?». Va odamlarning bu savolga bergan javoblariga qarab ular harakter xususiyatlarining ikki toifasini ajratadilar – «hissiyotga beriluvchilar» va «Fikrlovchilar». «hissiyotga beriluvchilar» shunday odamlarki, ular boshqalarning erishgan yutuqlariga nisbatan befarq emaslar va ularni hurmat qiladilar, qadrlaydilar va xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘ladilar. «Fikrlovchi» tip esa ko‘proq ob’ektiv haqiqatni qadrlaydilar va yaxshi tahlil qila oladilar. Ayrim tadqiotchilarning fikriga ko‘ra, bu usulda odamlarni tiplarga ajratish ilmiy asoslanmaganligi bilan kishini tashvishga soladi27.
Shaxs xarakter xususiyatlarini klassifikatsiya qilmay turib, ularning butun individualligini o‘rganish qiyin. Masalan, biz olmani tasvirlamoqchi bo‘lsak, bunda uning ko‘plab xususiyatlarini: katta-kichikligi, shirin-nordonligi, qizil yoki sariqligini hisobga olishimiz mumkin. Lekin bu xususiyatlarning hammasi ham faqat olmagagina tegishli emas. Savol tug‘iladi shaxsni qanday xususiyatlar orqali tasvirlash to‘g‘ri?
Xarakter – bir insonni boshqa insondan ajratib turuvchi belgilar tizimi bo‘lib, u quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. Xarakter xususiyatlari insonda ko‘p vaqt davomida o‘zgarmas va barqaror bo‘ladi. Masalan, 20 yoshli ziyofatga borishdan uyaladigan yigit 20 yildan keyin ham shunday ziyofatlarga borishdan uyalishi mumkin.

  2. Xarakter xususiyatlari inson umri davomida shakllanadi. Masalan, ishda ko‘p vaqt boshliq lavozimida ishlagan odam boshqa joylarda ham o‘zini boshliqlardek tutishi mumkin.

  3. Individuallik insonning turli harakter xususiyatlari asosida shakllanadi. Masalan, bir oilada o‘sgan ikki egzakning harakter xususiyatlari bir xil bo‘lmasligi mumkin.

Gordon Olport va uning do‘sti Odbert shaxs xususiyatlarini o‘rganar ekan, lug‘atdan shaxsga xos bo‘lgan 18 ming so‘zni ajratib chiqadilar. Ular bu so‘zlardan eng asosiylarini alohida ko‘rsatib o‘tadilar28.
Olport shaxs harakter xususiyatlarini 3 ta katta guruhga bo‘ladi:

  1. Kordinal xususiyatlar – bu inson xulq-atvorini yo‘naltiruvchi xususiyatlardir. Masalan, siyosatshunoslarning maqsadga intiluvchanligi ularning boshqa faoliyatlarini ham belgilab beradi. Olportning fikriga ko‘ra, kordinal harakter xususiyatlari inson hayotida muhum ahamiyatga ega. Lekin ko‘p insonlarda harakter xususiyatlari ichida ustuni mavjud bo‘lmaydi. Buning o‘rniga ularda ko‘plab xususiyatlar bir xil darajada namoyon bo‘ladi.

  2. Markaziy harakter xususiyatlari – inson xayotiy tajribasiga asoslangan xususiyatlardir. Har bir jamiyat boshqaruvchisida bu xususiyat mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiq.

  3. Ikkinchi darajali harakter xususiyatlari – ular markaizy xususiyatlarga qaraganda kamroq ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan, insonlarning musiqa va kiyimlarga bo‘lgan qiziqish va yoqtirishlarining turlicha bo‘lishi.

Shaxs xarakter xususiyatlari uning miyasiga o‘zviy bog‘liq bo‘lishi mumkin. Inson miyasini o‘rganish jarayonida ekstrovertlarda introvertlarga nisbatan qo‘zg‘alish jarayoni past ekanligi aniqlangan. PET skaner tekshiruvi natijalariga ko‘ra, introvertlarda dofalin neyroning faolligi ekstrovertlarga nisbatan past ekanligi ko‘zatilgan.
Djer Kaganning fikriga ko‘ra, bolalardagi tortinchoqlik va uyatchanlik ularning vegetativ nerv sistemasi tormozlanishi bilan o‘zviy bog‘liqdir. Vegetativ nerv sistemasi faoliyati insonning stress va havotirlanish darajasini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi.
Semuel Goslining fikriga ko‘ra, xattoki itlarda ham insonlar singari harakter xususiyatlari mavjuddir. Masalan, aqlli itlar, mehribon itlar, vafodor itlar va h.k. Shuningdek, maymunlarda, shimpanze, arangutanlarda va qushlarda ham ularni boshqalardan ajratib turuvchi xususiyatlar mavjudligi tajribalarda ko‘zatilgan. Masalan, qo‘rqmas qushlar o‘z o‘ljalarini tezda qo‘lga kiritadilar.
Mashhur olim Kettel ham insondagi xarakter xususiyatlarini o‘rgangan. U insondagi asosiy 16 ta xarakter xususiyatlarini ajratib o‘tgan.

  1. Odamovi - muloqotchan. 2. Aqliy darajasi past - aqliy darajasi yuqori. 3. Og‘ir bosiq - hissiyotlarga beriluvchan. 4. Ko‘ngilchan, tortinchoq - o‘ziga ishongan, dadil. 5. Xushyor, muhokamali - beg‘am, beparvo. 6. Foydani ko‘zlovchi, mug‘ombir - insofli, halol. 7. Uyatchan - dadil, qat’iyatli. 8. Hisob kitobli, materialist - ko‘ngli bo‘sh. 9. Ishonchli - shubhali. 10. Realist - hayolparast. 11. Ochiq, dangalchi - mulohazali. 12. Tinch - sho‘x. 13. Konservantor, an’anaviy - tajribachi, yangilikni yoqlovchi. 14. Boshqalar fikrini ustun qo‘yuvchi - o‘z fikrini ustun qo‘yuvchi. 15. Odobsiz - odobli. 16. Xotirjam - asabiy29.

Kettel o‘z tadqiqotlari asosida quyidagi fikriga keladi: shaxs strukturasining namoyon bo‘lishiga turli xil vaziyatlar turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Shu xulosaga asoslanib u shaxs xususiyatlarini 4 ta asosiy kategoriyaga ajratadi:

  1. Umumiy xususiyatlar – bu xususiyatlar dunyo aholisining katta qismida va ko‘plab guruhlarda tarqalgan. Masalan, insoflilik, agressivlik, hamkorlik.

  2. Noyob xususiyatlar – bu xususiyatlarga ma’lum bir shaxslar ega bo‘lishadi.

  3. Yuqori turuvchi xususiyatlar – bu xususiyatlar shaxslarning boshqa shaxslardan ustun turuvchi xususiyatlardir. Ular inson xulq-atvoridan kelib chiqadi. Masalan, bilimga bo‘lgan intiluvchanlik, vijdoniylik, ishonchlilik.

  4. Fundamental xususiyatlar – bu inson xulq-atvorini belgilovchi asosiy xususiyatlardir.

Bugungi kunda shaxs xususiyatlarini, xususan uning harakter xususiyatlarini o‘rganayotgan tadqiqotchilar Ayzenk va boshqa tatqiqotchilarning ishlarini inkor qilishmaydi, lekin ularning fikriga ko‘ra, bu harakter xususiyatlari shaxs harakterini to‘liq ochib bermaydi. Shu tufayli shaxs harakterini aniqlovchi 5 ta asosiy faktor deb nomlangan jadval qo‘llaniladi. Butun dunyo bo‘ylab 56 millat vakillari bu jadval orqali guruhlarga ajratilgan. Bu faktorlar 29 ta tilga tarjima qilingan. Lekin bu tadqiqotlarning oxiri emas. Shaxs xususiyatlari bugungi kunda va kelajakda o‘rganiladi.


Xarakter xususiyatlari

Tarkibi:

Insoflilik darajasiga ko‘ra

Mehribon-bemehr
Uyushqoqlik-yakkalik
Ehtiyotkor-ehtiyotsiz

Moslik darajasiga ko‘ra

Ko‘ngli ochiq-bag‘ritosh
Ishonchli-ishonchsiz
Hamkor-yakka

Nevrotiklik darajasiga ko‘ra

Tinch-havotirli
Emotsional barqaror-hissiyotlarni jilovlay olmaydigan

Munosabatlarda ochiqligiga ko‘ra

Hayolparast-realist
Mustaqil-nomustaqil
Rang-baranglikka intiluvchi-eskilikni yoqlovchi

Ekstravertsiya darajasiga ko‘ra

Muloqotchan-tortinchoq
Hushyor-beg‘am
Muloyim-qopol30


Xarakter xususiyatini baholovchi metodikalar shaxsning yashirin psixologik dinamikasini to‘liq ochib bermaydi. Ular ko‘p hollarda shaxsning alohida xususiyatlarini ifodalaydi.Masalan, ekstrovertlik, introvertlik. Psixologlar shaxsning bir necha xususiyatlarini baholamoqchi bo‘lsalar shaxs so‘rovnomalaridan foydalanishlari mumkin. Eng ko‘p qo‘llaniladigan shaxs so‘rovnomalaridan biri Miinsot ko‘p fazali shaxs so‘rovnomasidir. (MMPI) Minisota Multiphank Personality Inventory) ning yaratuvchilaridan biri Stark Xatauydir. U o‘z qarashlarini A.Bine qarashlari bilan solishtirgan. MMPI savollari empirik yo‘l bilan ishlab chiqilgan. Avvaliga ular ko‘plab “Meni hech kim tushunmayotganga o‘xshaydi”, “Meni hamma yoqtiradi”, “Menga she’riyat yoqadi” qabilidagi mulohozalardan iborat bo‘lib asosan psixologik bo‘zilishlarga ega va psixologik sog‘lom insonlarda o‘tkazilgan. Psixologlar sog‘lom va nosog‘lom shaxslarining mulohazalarini solishtirganlar. Masalan, “men uchun komikslardan qiziqroq narsa yo‘q” deb javob beruvchilar depressiyaga tushib qolgan shaxslar hisoblanadi.


MMPI-2 zamonaviy testi 10 klinik shkaladan iborat bo‘lishi lozim. Bundan tashqari testing validligini ta’minlash uchun “yolg‘onchilik” shkalasidan iborat bo‘lishi kerak. U 15shkaladan iborat, lekin mijozlar ba’zida o‘zlarini yaxshi ko‘rsatish maqsadida yolg‘ondan foydalanishlari mumkin.
MMPI testi dunyoda 100dan ortiq tillarga tarjima qilingan. Psixolog Fander shaxs o‘zi haqida gapirish orqali emas, atrofidagilarning bu shaxs haqidagi fikrlarini bilish orqali mijozning asl xulq-atvorini bilish mumkin. So‘ngra mijoz mulohazalari bilan u haqidagi mulohazalari solishtiriladi. Lekin agar fikrlar bir-biriga to‘g‘ri kelmasa Fander mijozga emas, uning atrofidagilarining u haqidagi fikrlariga asosiy e’tibo‘rni qaratadi.
Savol tug‘iladi Shaxs xususiyatlari stabilmi yoki o‘zgaruvchanmi? Bizning xulq-atvorimiz qayerda kim bilan ekanligimizga bog‘liqmi? Uilyam Folkner egosentrik qahramon DJeyms Rompsonni yaratadi. Eng qizig‘i bu qahramon harakteri u ayni paytda qayerda turganligiga qarab o‘zgaradi. Italiyalik yozuvchi Luidji Pirandello o‘zgacha fikrga ega bo‘lgan. U uchun shaxs vaziyatga qarab moslashuvchi va o‘zgaruvchi edi. Pirambelloning asarlaridan birida o‘zini quyidagicha ta’riflagan: “Men siz o‘ylagan insonman. Sizning opangiz, eringiz, qizingiz meni qanday qabul qilib men haqiqatan ham shundayman, men har biringiz uchun turlicha ahamiyat kasb etaman”.
Shaxning vaziyatda o‘zgarishiga nisbatan ko‘plab baxs-munozaralar olib boriladi. Lekin shaxsda shunday xususiyatlar borki ular har qanday vaziyatlarda saqlanib qoladi, masalan, dilkash shaxslar qanday vaziyatda ham o‘z xususiyatini saqlab qola oladimi. Shaxslarni turli yosh davrlarida o‘rganilganda, ulardagi xususiyatlar boshqacha tarzda saqlanib qolishi ko‘zatilgan. Masalan,baliqlarga qiziquvchi shaxs ulg‘aygach yaxshi bog‘bon bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik shaxslarda qiziqishlar, ijtimoiy aloqalar o‘zgaradi, lekin xarakter xususiyatlari saqlanib qoladi. Insonning hayoti davomida o‘z harakter xususiyatlarini tan olishi, “hayotning kulminatsion donishmandligi” hisoblanadi. Uolter Mishelning fikriga ko‘ra inson xulq-atvori har doim ham barqaror bo‘lavermaydi, bu borada Xyu Harterva Makk Meylar bolalarda tadqiqot olib borganlar. Ular bolalarga yolg‘on gapirishga, oilaviy muhitni yaxshilashga o‘zlari haqida fantaziyalarga tayanib fikr yuritishga imkoniyat yaratib beradilar. Ba’zi hollarda bolalar vaziyatga qarab yolg‘on gapirganlar, lekin bolalar hamma vaziyatda ham yolg‘on ishlatmaydilar. Tadqiqot o‘tkazilgandan yarim asr o‘tib talabalarda ham xuddi shunday tadqiqot o‘tkaziladi. Natijalar esa xuddi shunday bo‘ladi.
Mishellning fikriga ko‘ra insonning harakter xususiyatlarini testlar orqali tadqiq qilish uning xulq-atvorini to‘liq ochib berolmaydi. Masalan, ekstrovertlikni test orqali aniqlashda shaxsga ma’lum bir vaziyatlar taqdim etiladi. Mishelning fikriga ko‘ra biz ma’lum bir shaxs xususiyatlarini aynan shu shaxsga xos deb ayta olmaymiz. Bunda biz shoshib qaror qabul qilib yuborishimiz mumkin.
Biz bu vaziyatda shaxsning moyilligi haqida fikr yuritishimiz mumkin. Masalan shaxsning yolg‘on gapirishga moyilligi o‘z o‘zini o‘ldirishga moyilligi va hokazo.
Bizga notanish bo‘lgan formal vaziyatlarda, masalan begona uyda tushlik vaqtida bizning harakter xususiyatlarimiz yashirinishi mumkin. Lekin bizga ma’lum bo‘lgan vaziyatlarda ya’ni do‘stlarimiz davrasida biz o‘zimizni yaxshi va erkin his qilamiz.
Xulosa qilib aytganda shaxsning qanday vaziyatda ekanligi, uning harakter xususiyatlariga ta’sir o‘tkazadi. Masalan, chorraxada turgan mashinalarning harakatini svetofor rangiga qarab bemalol aytish mumkin31.


Download 1,25 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125




Download 1,25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xorijda xarakterning o‘rganilishi

Download 1,25 Mb.