|
Oila psixologiyasi
|
bet | 84/125 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #154263 |
Bog'liq Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023Nazorat savollar:
1. Harakter tipologiyasini izohlab bering?
2. Harakter artentsiyasini izohlab bering?
3.Xorijda harakterning o‘rganilishini izohlab bering?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1 .Леонтьев А.Н. Проблемq развития психики. – М.: МГУ, 1972
2 .Павлов И.П. Условнqй рефлекс. – Полн. Собр. Соч. Т. 1951
3 .Гозиев З\Э.Г. Умумий психология – Т. Университет 2002
4 .Davletshin M.G. Umumiy psixologiya t. TDPU 2002
G‘oziev E.G Umumiy psixologiya 1-2 tom T. Fan 2002
Qobiliyat haqida tushuncha
Ilmiy adabiyotlarda “qobiliyat” atamasiga turlicha ta’rif beriladi. Xususan, biror ishni ma’lum darajada amalga oshirish uchun bilim va ko‘nikma, intellektual, mantiqiy, abstrakt o‘y-xayol, tushunish, o‘z-o‘zini baholash, aloqaga kirish, o‘rganish, emotsional bilimlarga ega bo‘lish, rejalashtirish yoki muammoni hal qilish imkonining mavjudligi sifatida ifodalanadi. Qobiliyat, shuningdek, biror inson yoki narsa haqida bilimga ega bo‘lish, ya’ni turli ma’lumotlar, faktlar, ko‘nikmalarni egallashni ham angalatadi.
Inson o‘z imkoniyatidan to‘liq va maqsadli foydalangandagina samarali natijani qo‘lga kiritishi mumkin. Bunda kishilarning fikri yoki voqea-hodisalar (ijtimoiy-siyosiy)ning sodir bo‘lishiga ta’sir o‘tkazish imkoniyati ham nazarda tutiladi, jismoniy rivojlanish jihatidan qaralganda esa kishining biror ishni amalga oshirish uchun fiziologik layoqati mavjudligini anglatadi. Qobiliyat insonning individual salohiyati, imkoniyatlarini anglatgani sababli u inson tomonidan ko‘nikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday qobiliyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan bo‘lib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini o‘z ichiga oladi. Umumiy qobiliyat deganda yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. U tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. Shaxs egallashi shart hisoblangan faoliyat, u hoh ta'lim, hoh mehnat, hoh o‘yin, hoh sport bo‘lishidan qat'i nazar uning bilish jarayonlariga, aqliy xislatlariga, hissiy-irodaviy jabhalariga, sensomotor sohasiga, harakterologik xususiyatlariga muayyan talablar qo‘yadi va ularning hamkorligidagi sa'i-harakati tufayli muvaffaqiyatlarga erishiladi. Psixologik ma'lumotlarga qaraganda, insondagi yuksak ko‘rsatkichga erishgan sifat qanchalik ustuvorlikka ega bo‘lmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Ayrim hollarda alohida namoyon bo‘lgan psixik xususiyat (hislat) faoliyatning yuksak mahsuldorligi va samaradorligini ta'minlash imkoniga ega, u qobiliyatlarni uddalay oladigan imkoniyat bilan bab-baravar kuch-quvvat tariqasida vujudga keladi, deyish noto‘g‘ridir. Shuning uchun qobiliyatlar murakkab to‘zilishga ega bo‘lgan psixik sifatlar (hislatlar) majmuasidir deyish juda o‘rinlidir. Qobiliyatlar tarkibi aniq faoliyat talabi bilan belgilanadi va har turdagi faoliyatlar uchun turlicha bo‘ladi. Masalan, matematik qobiliyat, adabiy qobiliyat, pedagogik, musiqaviy, ixtirochilik va shifokorlik qobiliyatlari tuzilishi maxsus tarkibga ega. Aniq qobiliyatlar tarkibini tashkil qiluvchi shaxsning xislatlari orasida ayrimlari yetakchi o‘rinni egallasa, ayrimlari yordamchilik rolini egallaydi. Masalan, pedagogik qobiliyatlar tarkibida yetakchi sifat pedagogik takt, ko‘zatuvchanlik, bolalarni sevish, ularga nisbatan yuksak talabchanlik, bilimlarni berishga ehtiyoj, yordamchi tarzda tashkilotchilik qobiliyati hisoblanadi. Har turli qobiliyatlarda bir emas, balki bir necha turdagi faoliyat turlari talablariga javob beradigan birmuncha umumiy sifatlarni ajratishimiz mumkin, bundan tashqari, mazkur faoliyatni bir muncha torroq doirasi uchun javob beruvchi maxsus sifatlarni ajratishimiz mumkin. Bu narsa ularda har tomonlama qobiliyatlar borligi, har turli kasblar, mashg‘ulotlarning keng sohalariga doir umumiy qobiliyatlar borligi haqida gapirish imkonini beradi. Bu ikkinchi signallar tizimi haqidagi ta'limot bilan bog‘liqdir. Psixologiyada qobiliyatlar quyidagi turlari ajratiladi:
1. Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bo‘lib, idrok qilish xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil bo‘lish jarayoni tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi bu qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.
2. Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo‘lib, ijtimoiy hayot va taraqqiyotni ta'minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o‘z navbatida umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo‘linadi.
Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta'minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo‘l harakatlarini aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir faoliyatning muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Bu qobiliyatlar alohida munosabatning bo‘linishini taqozo etadi. Masalan, matematika, texnika, badiiy ijodiy, sportga bo‘lgan qobiliyatlar shular jumlasidandir.
Inson faoliyatining asosiy turlarini uch turga: fan, san'at, amaliyotga ajratish mumkin. Shunga ko‘ra maxsus qobiliyatlarni ilmiy, badiiy va amaliy deb klassifikasiyalash mumkin. Bu turlarning har biri o‘z navbatida mayda turlarga bo‘linadi. Ilmiy qobiliyat abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan bo‘lishini, og‘zaki mantiqiy xotirani, qat'iyat va sabr-toqatni talab qiladi. Bu qobiliyatga quyidagi mayda qobiliyatlar kiradi: fizika, matematika, kimyo, falsafa, tarix, biologiya fanlariga nisbatan bo‘lgan qobiliyatlar. Badiiy qobiliyat sensor obrazli fikrlashning alohida rivojlangan bo‘limini, o‘tkir emosional ta'sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga tasvirlash, musiqaviy, artistik va adabiy qobiliyatlar kiradi. Amaliy qobiliyat praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligini, fahm-farosatning kuchliligi, iroda va yetuk kirishuvchanlikni o‘z ichiga oladi. Amaliy qobiliyatga konstruktiv-texnikaviy qobiliyat, boshqaruvchanlik qobiliyati, shu jumladan tashkilotchilik va boshqalar kiradi. Nazariy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan bo‘lib, nazariy qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon bo‘ladi. O‘quv qobiliyatlari bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, shaxs - shakllanishi, pedagogik ta'sirlar samaradorligini ortishida ijobiy rol o‘ynaydi. Ijodiy qobiliyatlar moddiy va ma'naviy madaniyat asarlarini yaratish, yangi g‘oya, kashfiyot va yangiliklar yechishda namoyon bo‘ladi. Qobiliyatlar sifatida ro‘yobga chiqadigan psixik hislatlar majmuasining tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganligi tufayli har qaysi turdagi faoliyatlar uchun o‘ziga xos tarzda qo‘yilishi aynan haqiqatdir. Buning uchun quyidagilarni tahlil qilib o‘tamiz. Agar matematik qobiliyat tarkibiga matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish amallarini kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o‘rtasida aloqa o‘rnatish, to‘g‘ri va teskari fikr yuritishdagi yengillik, unumlilik, masala yechishda fikr yuritishning epchilligi kabilarni kiritsa, adabiy qobiliyat tirkibiga nafosat hislarining yuksak taraqqiyoti darajasi, xotirada yorqin ko‘rgazmali obrazlarning jonligini, "til zehni", chegarasiz xayolot olamiga ega bo‘lish, qiziquvchanlik, intiluvchanlik va boshqalarni kiritish mumkin. Ajratib ko‘rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko‘rinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar o‘zaro bir-biriga o‘xshamagan manbalari bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va shunga o‘xshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo‘lib kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin. Ayrim adabiyotlarda umumiy qobiliyatlar mohiyati turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy qobiliyat deganda muvaffaqiyatli ravishda bilim olishni ta'minlaydigan shaxsning yuksak intellektual taraqqiyoti tushuniladi. Biroq bunday tushuncha tor va noto‘g‘ridir, chunki intellektual taraqqiyot ixtiyoriy faoliyat uchun umuman talab qilinadi, holos.
Umumiy qobiliyat faoliyatning hamma turlariga jumladan amaliy faoliyatga ham ta'sir qiladi, deb hisoblovchi psixologlar topildi. Ammo bu fikrda qarama-qarshilik mavjud, agar umumiy qobiliyat universal ahamiyatga ega bo‘lgan ekan, unda qandaydir maxsus qobiliyatlar haqida gapirib o‘tirishning hojati yo‘q.
Nihoyat, shunday psixologlar ham borki, ular faqat maxsus qobiliyatlarni tan oladilar. Umumiy qobiliyat haqida gapirganda ham maxsus qobiliyatlar yig‘indisi ta'sirini ko‘zda tutadilar. Kishining turli-tuman faoliyatlari orasida bittasi asosiy yoki yetakchi faoliyat sharoitida shaxsning maxsus taraqqiyotini belgilovchi faoliyat bo‘lib ajralib turadi. Bu faoliyat tug‘ma spesifik zehn nishonalariga mos tushishi mumkin.
Rus olimi I.P.Pavlov o‘z ta'limotida "badiiy", "fikrlovchi", "aralash" tiplarga ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taalluqli ekanligini tavsiflab beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va ikkinchi signal tizimidan iboratligi to‘g‘risidagi ta'limotga asoslanadi. Birinchi signallar tizimi obrazlar, emosiyalardan va ikkinchi signallar tizimi esa obrazlarda so‘zlar orqali signal berishdan iboratdir. Ikkinchi signal tizimi I.P.Pavlov tomonidan "signallarning signali" deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani osonroq qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
1) shaxs faoliyatida birinchi signallar tizimining signallari nisbatan ustunlik qilsa, bu inson "badiiy" tipga taaluqlidir;
2) mabodo "signallarning signali" nisbatan ustuvor bo‘lsa, bu shaxs "fikrlovchi" tipga mansubdir;
3) agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo‘lsa (birortasining ustunligi sezilmasa) bu inson "aralash" tipga mansub odamdir.
Tipologiyaning o‘ziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif qilinganida quyidagilar namoyon bo‘ladi:
1. "Badiiy tip" uchun taassurotlar va tasavvurlarning jonliligi, idrokning yorqinligi, his-tuyg‘ular (emosiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi kabilar xosdir.
2. "Fikrlovchi tip" uchun mavhumlarning, mantiqiy tizimlar, nazariy mulohazalar va metodologik muammolarning ustunligi xosdir.
Ma’lum bir faoliyat bilan faqat unga qobiliyatli bo‘lganlar emas, balki qobiliyatli bo‘lmaganlar ham shug‘illanishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Agar odam shu faoliyat turi bilan shug‘ullanishni davom ettirishi zarur bo‘lsa, o‘z shaxsining kuchli tomonlariga tayangan holda ongli yoki ongsiz tarzda o‘zidagi kamchiliklarni to‘ldirib boradi. E.P.Ilinning fikricha, qobiliyatni boyitib borish egallagan bilimlar va ko‘nikmalar yoki faoliyatning individual tipik usulini, yoki boshqa ko‘proq rivojlangan qobiliyatni shakllantirish orqali amalga oshirilishi mumkin. Ma’lum bir jihatning boshqa biri evaziga kengroq to‘ldirilishi qaysidir bir qobiliyatning nisbiy pastligi, boshqa, u bilan juda bog‘liq bo‘lgan qobiliyatning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga monelik qila olmasligiga olib keladi. Yetishmagan qobiliyat keng miqyosda odamdagi yuksak rivojlangan qobiliyat evaziga to‘ldirilishi mimkin. Zero, bu odamlarning turli sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishni ta’minlaydi.
Qobiliyatning namoyon bo‘lishi har doim individual va ko‘p hollarda takrorlanmasdir. Shuning uchun ham aynan bir sohada faoliyat yuritayotgan odamlarning qobiliyatini aniq ko‘rsatkichlar majmuyi bilan solishtirish mumkin emas. Faqat turli psixodiagnostik metodlar yordamida u yoki bu qobiliyatning mavjudligi va ularning nisbiy rivojlanganlik darajasini aniqlash mumkin. nega nisbiy? Chunki hech kim u yoki bu qobiliyatning absolyut chegarasini yoki rivojlanganlik darajasini bilmaydi. odatda ma’lum bir odamning qobiliyati to‘g‘risida hukm chiqarish u erishgan natijalarni o‘rganish yoki u erishgan o‘rtacha natijalarni boshqalarniki bilan solishtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Insonning qobiliyatlarini ta’riflashda, ko‘p hollarda uning mahorat, ya’ni aniq bir faoliyat turi bo‘yicha komillikka erishganlik darajasi alohida ajratib ko‘rsatiladi. Qachonki odamning mahorati haqida gap ketganda, avvalo uning ishlab chiqarish faoliyati bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanish qobiliyati nazarda tutiladi. Biroq, bunday mahorat tayyor ko‘nikma va malakalar yig‘indisiga mos holda namoyon bo‘ladi, degan xulosaga kelish kerak emas. Har qanday kasbda ham mahorat yuzagakeladigan muammolarni ijodkorona yechishga ruhan tayyorgarlikni taqazo etadi. Bejizga “Mahorat bu qachonki “nima” va “qanday”ning bir vaqtning o‘zida kelishidir” deyishmaydi, ya’ni mahoratli kishi uchun ijodiy masalani anglash va uni yechishning usullarini topish o‘rtasida o‘zilishlar bo‘lmaydi.
Insonlar qobiliyatining keyingi rivojlanish darajasi talantdir. Hozirgi davrda talant deganda (musiqiy adabiy va boshqa) qobilyatlarni yuksak rivojlanganligi tushuniladi. Talant ham huddi qobiliyatlar singari faoliyat davomida yuzagakeladi va rivojlanadi. Talantli odamning faoliyati o‘zining prinsipial yangiligi va o‘ziga xos yondashuvlari bilan boshqalardan ajralib turadi.
Qobiliyatning yuqori darajasi daholik deb ataladi. Daholar haqida gap ketganda ularning ijodiy yutuqlari butun bir zamonga tatigani, madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgani aytiladi. Daholar kam bo‘ladi. Iste’dodning yuksak darajasi hisoblangan daholik, ularning turli sohalarda tengi yo‘qligi bilan izohlanadi. Bunday universalikka erishgan daholar sirasiga Aristotel, Leonardo da Vinchi, R.Dekart, G.V.Leybnits, M.V. Lomonosovni kiritish mumkin.
|
| |