• Ota-ona
  • Inson qobiliyatining tabiati olimlar o‘rtasida hozirda ham qiz




    Download 1,25 Mb.
    bet86/125
    Sana10.02.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #154263
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   125
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023

    Inson qobiliyatining tabiati olimlar o‘rtasida hozirda ham qizg‘in bahslarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘p tarqalgan nuqtai nazarlardan birining tarixi Platonning fikrlariga borib taqaladi. Bu nuqtai nazarni qo‘llab-quvvatlovchi mualliflar qobiliyat biologik jihatga asoslangan va uning kelib chiqish irsiy harakterga egaligini ta’kidlaydi. Ta’lim va tarbiya bu qobilyatlarning yuzagachiqishini faqatgina tezlashtirishga yordam beradi, biroq ular shusiz ham ham u yoki bu ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Buni isbotlash uchun ular quyidagi natijani berishadi:
    Bolalardagi musiqiy qobiliyatning ota-onalarning musiqiy iste’dodiga bog‘liqligi

    Ota-ona




    Bolalar,%





    Musiqiylikning yorqin namoyon bo‘lishi



    Musiqaga qiziqishning yo‘qligi.



    Ikkalasi ham musiqaga qiziqadi.
    Ikkalasi ham musiqaga qiziqmaydi.



    85%
    25%



    7%
    58%










    Qobilyatning rivojlanishida muhit yoki irsiyatning ahamiyatga egaligi to‘g‘risidagi savol hozirgacha ochiq qolmoqda. Bu savolga javobni A.Base va R.Ploumin o‘z ishlarida javob berishga harakat qilgan. Ular gomozigot (o‘xshash irsiyatga ega ) va geterozigot (turli irsiyatga ega) egizaklarni o‘rgandi. Turli oilalarda yashagan va tarbiyalangan gomozigot egizaklar solishtirilgan tarzda o‘rganilganda ular o‘rtasida individual psixologik va axloqiy farqlar ko‘zatilmagan, aksincha, bir oilada yashagan egizklarniki kabi bir biriga o‘xshash bo‘lganligi ko‘zatilgan.


    Boshqa nuqtai nazar vakillari inson ruhiyati o‘ziga xoslliklari butunlay tarbiya va ta’limning sifati bilan belgilanadi deb hisoblaydi. XVIII asrda K.A.Gilvetsiy tarbiya vositasida daholikni shakllantirish mumkin degan edi. Mazkur yo‘nalishning tarafdorlari eng qoloq va sodda qabilalarning bolalari ham tegishli ta’lim olgach, bilimdon yevropaliklardan farqlanmaslini misol keltirishadi. Bu yondashuv doirasida o‘zaro muloqotning yetishmasligiga olib keluvchi ijtimoiy izolatsiya, ya’ni “maugli-bolalar” haqida gap ketadi. Bu holatlar insonning rivojlanishi jamiyatdan tashqarida yuz berishi mumkin emasligidan dalolat beradi.
    Ayrim maxsus qobiliyatlarning ma’lum bir madaniy shart-sharoitlarda ommaviy tarzda rivojlanishi holatlarini ham mazkur yondashuv foydasiga deb hisoblashadi. Bunday qobiliyatni maxsus metodika yordamida tadqiq etgan olimlar tajribaga jalb qilingan ruslarning uchdan bir qismida bu qobiliyatning kuchli rivojlanmaganligini aniqlashdi. Tajribaga jalb etilgan vetnamliklar esa bu borada yuksak natijani ko‘rsatdi. Olimlar buni millatlarning tili bilan bo‘g‘liq holatda izohlashdi: rus tili – tembrli, vetnam tili esa – tonal tillarga xos.
    Har qanday kurtak qobiliyatga aylanguncha rivojlanishning o‘zoq yo‘lini bosib o‘tishi zarur. Ko‘plab inson qobiliyatlari uchun bu rivojlanish tug‘ilgandan boshlanadi va u o‘z qobilyatlariga mos keladigan faoliyat turi bilan shug‘ullanishda davom etsa mazkur qobiliyatlar rivojlanishi umrining oxirigacha to‘xtamaydi. Qobiliyatning rivojlanishini nisbiy ravishda bir necha bosqichlarga bo‘lish mumkin. Har bir inson rivojlanishi jarayonida u yoki bu ta’sirlarga berilish, u yoki bu faoliyat turini o‘zlashtirish bilan bog‘liq davrni boshdan kechiradi32.

    Download 1,25 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   125




    Download 1,25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inson qobiliyatining tabiati olimlar o‘rtasida hozirda ham qiz

    Download 1,25 Mb.