• 3.Piknik tip
  • Xarakter aktsentuatsiyasi Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga yetib va normaning eng oxirgi chegarasiga borib qolganda x arakterning aksentuatsiyasi
  • Xarakter aktsentuatsiyasi - biror xususiyatning boshqalari zarariga kuchli rivojlanishi va atrofdagilar bilan munosabatlarning yomonlashuviga olib kelishidir.
  • Oila psixologiyasi




    Download 1,25 Mb.
    bet80/125
    Sana10.02.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #154263
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125
    Bog'liq
    Umumiy pedagogika va psixologiya uslubiy ko\'rsatma 2023

    1.Astenik tip - Krechmer fikricha, uncha katta bo‘lmagan gavda to‘zilishli, o‘rtacha yoki undan balandroq bo‘yli, oriq kishilardir. Asteniklarning tana va yuz terisi nozik, yelkasi tor, yassi, mushaklari yaxshi rivojlanmagan.
    2.Atletik tip - skelet va mushaklar yaxshi rivojlangan, o‘rtachadan yuqori, baland bo‘yli, keng yelkali, kuchli ko‘krak qafasli, boshini tik tutib yuradigan kishilardir.
    3.Piknik tip - bosh, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i yaxshi rivojlangan, semirishga moyil, tayanch-harakat a'zolari yaxshi rivojlanmagan kishilardir.
    E.Krechmer mazkur tiplar bilan ayrim ruhiy kasallik o‘rtasida muvofiqlik bor, degan fikrni ilgari suradi. Masalan, atletik va astenik tiplar shizofreniyaga moyilroq deb hisoblaydi.
    E.Krechmer tipologiyasi hayotiy ko‘zatishlar asosida xulosalar chiqarish orqali to‘zilgan bo‘lsa ham kamchiliklarga ega. Ba'zi ilmiy tadqiqotlar ma'lum tana tuzilishiga ega kishilar ruhiy kasalliklarga moyil ekanligini aniqladi va xarakter aksentuatsiyasi haqidagi fikrlarni ilgari surish imkonini berdi.
    Xarakter aktsentuatsiyasi
    Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga yetib va normaning eng oxirgi chegarasiga borib qolganda xarakterning aksentuatsiyasi (ortiqcha urg‘u berilishi) deb ataladi.
    Xarakterga ortiqcha urg‘u berilishi ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi variantlaridan biri sanaladi. Bunda individda boshqalariga nisbatan barqarorlik bo‘lgani holda bir xil stressogen (qattiq hayajonlanuvchi) omillarga zaiflik ortishi ko‘zatiladi. Harakterning aksentuatsiyasi o‘ta noqulay vaziyatlarda patologik bo‘zilishlarga va shaxs xulq-atvorining o‘zgarishlariga, psixopatiyaga olib borishi (harakter shaxsning adekvat ijtimoiy adaptasiyaga to‘sqinlik qiluvchi va amalda takrorlanmaydigan patologiyasi, garchi to‘g‘ri davolash sharoitlarida ba'zi to‘zatishlarga berilsa ham) mumkin, lekin uni patologiyaga oid deb hisoblash noo‘rindir.
    Xarakterning aksentuatsiyasi (ortiqcha urg‘u berilishi) turlarini tasniflash ancha murakkablik tug‘diradi va har xil nomenklaturasi bo‘yicha bir-biriga mos kelmaydi (K.Leongard, A.Lichko). Lekin aksentuatsiyalashgan xususiyatlarning tavsifi ma'lum darajada bir xil bo‘lib qoladi. Bu har ikkala tasnif sxemalaridan muvaffaqiyatli terminlarni olib va bunda psixiatrik terminologiya ("shizofreniya xususiyatlaqi", "epilepsiya" xususiyatlari va hokazo) bilan to‘g‘ridan- to‘g‘ri o‘xshashlik bo‘lishidan qochgan holda ortiqcha urg‘u beriladigan xususiyatlar ro‘yxatini keltirish imkoniyatini beradi. Harakterni ortiqcha urg‘u berilgan holda baholash psixiatrning emas, balki pedagogning diqqatini jalb qilishini taqozo etadi, garchi aksentuatsiya muammosining o‘rtacha qo‘yilishi tarixi psixiatriya va psixonevrologiyaga borib taqalganda ham shunday hisoblanadi.
    Nemis psixiatri K.Leongard fikricha, 20-50% kishilarda ba'zi xarakter xususiyatlari shu darajada kuchliki, ba'zan bir xil tipdagi ziddiyat va hissiy portlashlarga olib kelishi mumkin.
    Xarakter aktsentuatsiyasi - biror xususiyatning boshqalari zarariga kuchli rivojlanishi va atrofdagilar bilan munosabatlarning yomonlashuviga olib kelishidir.
    Xarakter aksentuatsiyasi turli darajada yengil va hatto psixopatiya darajasigacha bo‘lishi mumkin va aksariyat hollarda o‘smirlar orasida harakter aksentuatsiyasi ko‘proq, ya’ni ularning 50-80%ida uchraydi.
    K.Leongard tomonidan xarakter aksentuatsiyasi muammosi o‘rganilib uni shaxsda namoyon bo‘lishiga qarab quyidagilar tasniflanadi:
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125




    Download 1,25 Mb.