|
Oksidlovchi va qaytaruvchining ekvivalenti
|
bet | 2/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 58,67 Kb. | | #231283 |
Bog'liq OKSIDLANISH QAYTARILISH REAKSIYALARINING AHAMIYATIOksidlovchi va qaytaruvchining ekvivalenti
Oksidlovchi va qaytaruvchilar doim ekvivalent miqdorda reaksiyaga kirishadilar.
Oksidlovchining ekvivalenti deb , oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi natijasida oksidlovchining qabul qilgan elektronlar soniga to’g’ri keladigan miqdorga aytiladi.Oksidlovchining ekvivalentini topish uchun uning moliekulyar massasini shu reaksiyada oksidlovchi qabul qilgan elektronlar soniga bo’lish kerak.
Qaytaruvchining ekvivalenti deb, oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida
qaytaruvchining bergan bitta elektroniga to’g’ri keladigan miqdorga aytiladi.
Qaytaruvchining ekvivalentini topish uchun uning molekulyar massasini shu
reaksiyada qaytaruvchi bergan elektronlar soniga bo’lish kerak.
Misol. Fe2++Cr2O72-+H+→Fe3++Cr3++……
Fe 2+-e=Fe3+ 6
Cr2O72-+14H++6e ®2Cr3++7H2O 1
6Fe2++Cr2O72-+14H+ ®6Fe3++2Cr3++7H2O
Molekulyar holda yozilsa:
6FeSO4+K2Cr2O7+7H2SO4=3Fe2(SO4)3+Cr2(SO4)3+K2SO4+7H2O
Oksidlovchining ekvivalenti . Э K2Cr2O7=М/6=296/6=49g/моl
Qaytaruvchining ekvivalenti . Э FeSO4=M/1=152
Umumiy holda Э= М/n M-oksidlovchining yoki qaytaruvchining molekulyar massasi; n-oksidlovchi yoki qaytaruvchi molekulasidagi atom yoki ionlarning qabul qilgan yoki bergan elektronlar soni.
Oksidlanish- qaytarilish potensiallari
Reaksiya uchun olingan oksidlovchi va qaytaruvchi orasida reaksiya ketishi yoki ketmasligini bilish uchun ularning normal oksidlanish –qaytarilish
potensiallarini bilish kerak.Ularning qiymati jadvallarda keltirilgan.
Normal elektrod potensiyali qancha kichik bo’lsa , metall shuncha aktiv bo’lib,osonlik bilan oksidlanadi tuzlaridan keyinlik bilan qaytariladi. Har bir metall normal elektrod potensiali o’zinikidan yuqori bo’lgan barcha metallarni ularning tuzlaridan siqib chiqaradi.Galvanik elementlarda ham oksidlanish –qaytarilish jarayonlari ketganligi sababli ularning elektr yurituvchi kuchini normal elektrod potensiyallarini farqidan topish mumkin.
Misol. Zn-2e=Zn2+ Cu2++2е=Сu
Е Zn/Zn=0.763 v ; E Cu/Cu=+0,337 v
Unda shu oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi uchun
Е Сu/Сu- Е Zn/Zn= 0.337 - (-0.763) = 1.1 v
Agar 2 FeCl3+SnCl2= 2 FeCl2+ SnCl4 reaksiyasi olinsa
E Fe3+/Fe2+= +0,77 v E Sn2+/Sn4+=+0,15 v
Bu qiymatlarga ko’ra Sn2+/Sn4+ jufti qaytaruvchi, Fe3+/Fe2+ jufti esa
oksidlovchi bo’la oladi.Bu reaksiya chapdan o’ngga bora oladi.
Agar 2NaCl+ Fe2(SO4)3=2FeSO4+ Cl2+Na2SO4
Reaksiyaning ion tenglamasi:
|
| |