• Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari
  • Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari




    Download 1,09 Mb.
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,09 Mb.
    #139428
    Bog'liq
    ANALATIKKIMYO TARIXI


    Analitik kimyo
    Tarixi
    Analitik kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi turli ishlab chiqarish sohalarining paydo boʻlishi va taraqqiy etishi bilan bogʻliq. Miqdoriy analiz rudalar va tayyor mahsulotlar tarkibidagi oltin, kumush va boshqa metallarning miqdorini aniqlashdan iborat boʻlgan edi; keyinroq borib, u ilmiy asosda yoʻlga qoʻyildi. Hozirgi zamon kimyosining tugʻilish davri (17-asr oʻrtasi — 18-asr oxiri)da analitik kimyo moddalarning kimyoviy tarkibini oʻrganadigan fan deb hisoblanardi. 17-asr oʻrtalarida Robert Boyl suvli eritmalardagi anorganik moddalarning miqdoriy analiziga asos soldi. 19-asr boshida Jozef Gey-Lussak hajmiy analizni, oʻsha asrning oʻrtasida esa R. Bunzen va R. Kirxgof spektral analiz asoslarini ishlab chiqishdi. 20-asrda Analitik kimyoga fizik va fizik-kimyoviy usullar (masalan, kolorimetriya, rentgen, lyuminessensiya, elektron mikroskopiya, elektr analiz usullari va boshqalar) tobora koʻproq joriy etildi. Shu bilan bir vaqtda analitik kimyo amaliy maqsadlarda keng qoʻllanila boshladi.




    Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari — elektronlarning atomlardan atomlarga butunlay yoki qisman oʻtishi bilan bogʻliq kimyoviy reaksiyalar. Elektronlar chiqarilishi oksidlanish, elektronlar biriktirib olinishi qaytarilish deyiladi. O.-q.r. atamalari dastlab metall oksidlarining hosil boʻlish va parchalanish reaksiyalarida qoʻllaniladi. Cu+’/2O2=CuO metallarning oksidlanishiga, CuO+H2=Cu+H2O metall oksidlaridan metall hosil boʻlishi (qaytarilishi)ga misol boʻladi.
    Atom yoki ionlari reaksiya jarayonida elektron biriktirib oladigan moddalar oksidlovchilar,elektron beradigan moddalar esa qaytaruvchilar deb ataladi.Oksidlovchi reaksiya vaqtida oksidlanadigan moddadan elektronni tortib olib,oʻzi qaytariladi,qaytaruvchi esa elektronlar yoʻqotib, oʻzi oksidlanadi. Har qanday oksidlanish qaytarilishsiz boʻla olmaydi, chunki kimyoviy reaksiyada atomlar oksidlanish dara-jasi (p)ning yigʻindisi doimiydir. N2+S12=2NS1 reaksiyasida p (N) 0 dan + 1 gacha oʻzgaradi, binobarin, vodorod (N) oksidlanadi; p(S1) 0 dan — 1 gacha oʻzgaradi, binobarin, xlor S1 qaytariladi.
    O.-q. jarayoni keng tarqalgan kimyoviy reaksiyalar jumlasiga kiradi, uning tabiatda va texnikada ahamiyati katta. Barcha turdagi yoqilgʻilarning yonishi, turli metallarning rudalardan ajratib olinishi O.-q.r. jarayoniga asoslangan. Metallarning korroziyaga uchrashi, koʻpgina muhim kimyoviy mahsulotlarning hosil boʻlishi ularning oksidlanishi tufaylidir. Elektr-kimyo sanoati O.-q.r.ga asoslangan. Mis, nikel, oltin, rux va boshqa eritmalardan elektrolitik qaytarilish yoʻli bilan olinadi yoki tozalanadi. Kimyoviy tok manbalari — akkumulyatorlar va galvanik elementlar O.-q.r. tufayli ishlaydi va h.k.





    Download 1,09 Mb.




    Download 1,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari

    Download 1,09 Mb.