• 5.5. Raqamli o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartkichlari. Tayanch iboralar
  • 5.1. O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari
  • O‘lchash asboblarining metrologik tavsiflari




    Download 227.63 Kb.
    bet1/4
    Sana22.05.2023
    Hajmi227.63 Kb.
    #63248
      1   2   3   4
    Bog'liq
    O‘LCHASH ASBOBLARINING METROLOGIK TAVSIFLARI
    jonibek , TALABALARNING AXBOROT KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH, Обективка Абдиразаков А.И, BOSHLANG`ICH ta\'lim , 15 аэро-3, 15 аэро-2, Milliy qadriyatlar-Millat iftixorii, Ekonemetrik modellashtirishda qo\'llaniladigan amaliy dasturlar p, Dvigatel haqida malumotlar, FAYZULLAYEV AZIZBEK 3L oqilona xarajatlar strategiyasi, 1-mavzu. Kompleks sonlarning moduli va argumenti. Kompleks sonla-fayllar.org, 1-мавзу (1), 1390-Текст статьи-3684-1-10-20221017, 2023-yil-tayanch-doktorantlar-uchun-O-zbekiston-Respublikasi-Prezidentining-davlat-stipendiyalari-tanlovi

    O‘LCHASH ASBOBLARINING METROLOGIK TAVSIFLARI.


    Reja:
    5.1. O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari.
    5.2. O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari.
    5.3. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi.
    5.4. Analog o‘lchash asboblari, magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik o‘lchash asboblari, ularning shartli belgilari.
    5.5. Raqamli o‘lchash asboblari, o‘lchash o‘zgartkichlari.
    Tayanch iboralar: o‘lchash asboblari, o‘lchash asbobining sezgirligi, sezgirlik ostonasi, asbob ko‘rsatishining variatsiyasi, asbobning o‘lchash xatoligi, asbobning o‘lchash diapazoni, xususiy energiya sarfi, ishonchliligi
    (chidamliligi), analog o‘lchash asboblari
    5.1. O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari
    O’zDSt 8.010.2:2003 “O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 2-qism. O‘lchash vositalari va ularning parametrlari” davlat standartida o‘lchash vositalarining aniqlik klassiga quyidagicha ta’rif berilgan:
    o‘lchash vositalarining aniqlik klassi – mazkur o‘lchash vositalarining umumlashtirilgan tavsifi bo‘lib, ularning odatda, asosiy va qo‘shimcha joiz xatoliklarning chegaralari, shuningdek aniqlikka ta’sir etuvchi boshqa tavsiflar bilan ifodalanadigan aniqlik darajasini aks ettiradi.
    Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, aniqlik klassi bir xil o‘lchash vositasining xatoligi qaysi chegarada joylashganini bilishga imkon beradi, lekin bu vositalarning har biri bilan bajariladigan o‘lchashlarning aniqligini bevosita ko‘rsata olmaydi. Bu holat o‘lchash vositalarini o‘lchashlarning belgilangan aniqligiga qarab tanlashda muhim.
    O‘lchash vositalarining aniqlik klassi texnik talablar (shartlar) standartlarida yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa texnik hujjatlarda, ayrimlarida esa asbobning shkalasi panelida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
    O‘lchash asboblari ko‘pincha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoligi bo‘yicha klasslarga bo‘linadi. Masalan: elektromexanik turdagi ko‘rsatuvchi asboblarda standart bo‘yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi:
    а.k 0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4
    Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog‘langan bo‘ladi:
    а.k=k mахk; а.k k mахkq/Ах max
    Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan chegaralangan bo‘lsa, masalan 1,5, u holda bu asbobning xatoligi shkala oxirida 1,5 % ga tengligini bildiradi.
    Agar o‘lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo‘lsa, u holda aniqlik klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani unutmaslik lozim, agar asbob, masalan ampermetr keltirilgan xatolik bo‘yicha 0,5 klass aniqligiga ega bo‘lsa, uning barcha o‘lchash diapazoni oralig‘idagi xatoliklari ±0,5% dan ortmaydi deyishlik xato bo‘ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda shkalaning boshlanishiga yaqinlashgan sari o‘lchash xatoligi ortib boraveradi. Shu sababdan bunday asboblarda shkalaning boshlang‘ich bo‘laklarida o‘lchash tavsiya etilmaydi.
    Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizig‘i bilan berilgan bo‘lsa, masalan, 0,02/0,01 u holda asbobning shkalasining oxiridagi xatoligi ±0,02% shkalaning boshida esa ±0,01 % ekanligini bildiradi.
    0.005 – 0.1 aniqlik sinfidagi o’lchash asboblari yuqori aniqlikdagi asboblar hisoblanib, laboratoriya sharoitlarida hamda texnikaviy o’lchashlarda ishlatiladigan boshqa o’lchash vositalarini tekshirish uchun qo’llaniladi. Sanoatda keng tarqalgan o’lchash asboblari asosan 0,2 – 2,5 aniqlik sinfidagi asboblardir.
    Quyida ayrim misollarni keltirib o‘tamiz.
    1- misol. Aniqlik klassi 0,5 ga teng voltmetrning ko‘rsatkichi 124 V qiymatni ko‘rsatmoqda (5.1-rasm). O‘lchanayotgan kuchlanishning qiymati nimaga teng?
    Yechilishi. Rasmda keltirilgan asbob uchun o‘lchanayotgan kuchlanishning qiymati uning ko‘rsatkichi ko‘rsatayotgan qiymatdan ±1 V dan ortiq qiymatga farq qilishi mumkin emas. Demak, o‘lchanayotgan kuchlanishning qiymati quyidagiga teng bo‘ladi: 123 VU125 V.


    Download 227.63 Kb.
      1   2   3   4




    Download 227.63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘lchash asboblarining metrologik tavsiflari

    Download 227.63 Kb.