• Ilashish muftasi nosozliklari belgilari va ularni bartaraf etish usullari.
  • Uzatmalar qutisi nosozliklarining belgilari va ularni bartaraf




    Download 164.92 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet9/9
    Sana03.06.2023
    Hajmi164.92 Kb.
    #69349
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    c5XQlpgsaq6rNbKQGiaf8V9AemTMufaLxSI7tn4T
    Moliya bozorini tartibga solish boʻyicha jahon tajribasi, Atrof, Boshnalg’ich sinflarda imioviy sezgirlikni o’stirish, 123131, 7. Parallel plastinalar orasida nuriy issiqlik almashinuvi (1), 1- амалий, IT va IYoD, Madaminov Lazizxon Oliy Matematika, 7jOR80B51dYnRK0yTPf039d5Vp8qoTNAB9F8y09j, payment 0250403117 2.6.2022 20 30, Neftning 250-300 fraksiyasidagi maxsulotlarida alifatik uglevodorodlarni ajratib olish, Idul Fitri, cmd buyruqlari english, mustaqili talim mavzulari, ABRORBEK 2
    Uzatmalar qutisi nosozliklarining belgilari va ularni bartaraf 
    etish usullari.Uzatmalar qutisining detallari katta yuklanishlarda 
    tinimsiz ishqalanib ishlashi natijasida ularning yeyilishiga olib keladi. 
    Shuning uchun uzatmalar qutisining ishqalanuvchi yuzalarini o‘z vaqtida 
    belgilangan tartibda o‘zining surkov moylari bilan moylab turish zarur. 
    Uzatmalar qutisi nosozliklarining kelib chiqishi sabablarini 
    o‘rganib chiqadigan bo‘lsak, uzatmalardan-uzatmaga o‘tishda qotib 
    qolishi ya’ni bir uzatmadan ikkinchi uzatmaga ravon o‘tmasligi hamda 
    yetakchi valdan kelayotgan burovchi moment kuchini yetaklanuvchi 
    valga to‘liq yetkaza olmasligi va shunga o‘xshash qator kamchiliklarni 
    misol qilsa bo‘ladi. 
    Uzatmalar qutisida paydo bo‘lgan qator nosozliklarni bartaraf etish 
    uchun ishdan chiqqan va ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan shesternyalarni, 
    prujinalarni va boshqa ehtiyot qismlarini qayta ta’mirlash yoki 
    almashtirish maqsadga muvofiq.
    Uzatmalar qutisining barcha detal va qismlarini o‘z vaqtida 
    belgilangan tartibda tegishli surkov moylari bilan moylab tursak uning 
    detal va qismlarining uzoq vaqt ishlashini ta’minlaymiz. 
    Ilashish muftasi nosozliklari belgilari va ularni bartaraf etish 
    usullari. Ilashish muftasi pedalining erkin yo‘lini rostlash ishqalanuvchi 
    yuzalarining yeyilishi bois kerak bo‘ladi. Yeyilish natijasida podshipnik 
    va richaglar orasidagi tirqish, jumladan, ilashish muftasi pedalining erkin 
    yurishi ham kamayadi. Agar tirqish yo‘qolsa va richaglar mufta 
    podshipnikiga tegib qolsa, u holda disklarni siquvchi kuch va ilashish 
    muftasi vositasida uzatilayotgan moment kamayadi, chunki ilashish 
    muftasi to‘liq qo‘shilmaydi. Bunday ilashish muftasining yetaklanuvchi 
    diski yetakchilarga nisbatan ishqalanadi. Ilashish muftasi ishqalanganda 
    avtomobilni ko‘p muddat ishlatish yetaklanuvchi disklarning friksion 
    qoplamalarini tez fursatda yeyilishiga, ularni kuchli issiqlik natijasida 
    qirilishiga, ilashish muftasini ajratish muftasining podshipnigini erta 
    yeyilishiga olib keladi. Tirqish va pedalning erkin yurishi juda ham 
    kattalashib ketsa, ilashish muftasi to‘liq ajralmaydi. 


     85
    Ilashish muftasi pedalining erkin yurishi gidroyuritmada mufta 
    podshipnigi va richaglar orasidagi tirqish, bosh silindr porsheni va 
    porshen shtoki orasidagi «a» tirqish hamda kompensatsion teshik B ning 
    diametriga qarab aniqlanadi. Birinchi tirqishni shtokning erkin yurishiga 
    qarab tekshiriladi va uning uzunligini o‘zgartirish bilan rostlanadi. Bu 
    tirqish pedal erkin yurishining katta qismini belgilaydi. Ilashish muftasi 
    pedalining erkin yurishining kam qismini shtokni uzunligini o‘zgartirish 
    bilan rostlanadigan bosh silindr porsheni va shtoki orasidagi tirqish "a" 
    belgilaydi. 
    GAZ-3102 avtomobilning ilashish muftasi yuritmasidagi vilkani 
    shtokga siquvchi prujina shtokni vilkaga siquvchi va bajaruvchi silindrda 
    o‘rnatilgan prujina bilan almashtirilganShuning uchun GAZ 3102 
    ilashish muftasida mufta podshipnigi va tayanch halqa orasida tirqish 
    yo‘q. Ilashish muftasining bunday yuritmasidan foydalanganda rostlash-
    ning hojati yo‘q va shtok 8 rostlovchi gaykalarga ega emas. 

    Download 164.92 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 164.92 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uzatmalar qutisi nosozliklarining belgilari va ularni bartaraf

    Download 164.92 Kb.
    Pdf ko'rish