|
Oldingi mavzulardan ma’lum bo‘ldiki, tadbirkorlik faoliyati muayyan darajada tavakkalchilik, risk bilan bog‘liq
|
Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 4,77 Mb. | | #244749 |
Bog'liq 4 topshiriq - Oldingi mavzulardan ma’lum bo‘ldiki, tadbirkorlik faoliyati muayyan darajada tavakkalchilik, risk bilan bog‘liq.
- Shunga ko‘ra, tadbirkordan biron-bir xo‘jalik qarori qabul qilish, masalan, bankdan kredit olish, asbob-uskuna, moddiy resurslarni sotib olishdan oldin uni har tomonlama, puxta o‘ylab ko‘rish, tegishli hisob-kitob ishlarini amalga oshirish talab etiladi.
- Odatda, bunday hisob-kitob qilish, ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirish ketma-ketligini belgilab olish jarayoni biznesni rejalashtirish deb ataladi. Biznesni rejalashtirish natijasida tayyorlangan tashkiliy-iqtisodiy tavsifdagi hujjat biznes-reja deb nomlanadi.
- Biznes-reja – tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan avval uning tavsifi, faoliyat davri, ko‘zda tutilayotgan sarf-xarajat va kutilayotgan foyda kabi muhim jihatlari bayon etilgan tashkiliy-iqtisodiy tavsifdagi hujjat.
- Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, biznes-reja har qanday tadbirkorlik faoliyati uchun muhim va zarurdir.
- Agar tadbirkor o‘z faoliyatini biznes rejasiz boshlasa, mo‘ljallangan maqsadga erisha olmasligi mumkin.
- Biznes-reja tadbirkorlik faoliyatining xaritasi hisoblanib, uning aniq maqsadi, yo‘nalishlari va asosiy bosqichlarini belgilab beradi.
- Tadbirkorlik faoliyati boshlanganidan keyin olingan natijalar reja bilan solishtirib boriladi, mavjud muammolar aniqlanadi.
- Aks holda, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish qiyinlashib ketadi.
- Biznes-reja tuzish uning ishtirokchilaridan katta bilim, faoliyatga oid ma’lumotlar, yangi texnologiyalar va bozorlarni bilishni talab etadi.
- Biznes-reja tuzishda barcha jihatlarni e’tiborga olmaslik yoki ayrim kam chiliklarni yashirish hisob-kitob ishlarini chalkashtiradi.
- Bu esa korxona faoliyatini izdan chiqarishi yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
- Shu sababli biznes-reja tuzishda malakali mutaxassislar, masalan, huquqshunoslar, iqtisodchilar, buxgalterlar, texnologlar xizmatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
- Biznes-reja o‘z mohiyatiga ko‘ra, quyidagi uch muhim vazifani bajaradi:
- birinchidan, korxona, firma va kompaniyaning, shu bilan birga, jamoa a’zolarining asosiy maqsad va vazifalarini belgilab beradi;
- ikkinchidan, g‘oya yoki birlamchi loyihaning amaliy harakat dasturi shakliga keltirilgan hujjat sifatida hisob-kitoblar, sarf-xarajatlar, biznesni tashkil qilish va yuritishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot beradi;
- uchinchidan, faoliyatni moliyalashtirish, kredit resurslaridan foydalanish, shuningdek, sarmoyador sheriklarni hamkorlikka jalb etishda asos vazifasini bajaradi.
- BIZNES-REJANING TUZILISHI VA TARKIBIY QISMLARI
- Har bir tadbirkor o‘z faoliyati, moliyaviy manbalarini hisobga olgan holda o‘zi uchun biznes-reja ishlab chiqadi.
- Shu sababli hamma uchun bir xil mos tushadigan biznes-rejalar mavjud bo‘lmaydi.
- Agar sizda bironbir biznes-g‘oya mavjud bo‘lib, uni amalga oshirish bo‘yicha biznes-reja ishlab chiqmoqchi bo‘lsangiz, taxminan quyidagi tarkibiy qismlarni shakllantirishingiz taqozo etiladi.
- Biznes-reja tuzishda mutaxassislar yordamidan ham foydalanishingiz mumkin. Ko‘plab korxona va muassasalar o‘z faoliyati tarkibida biznes-reja tuzish, tegishli maslahatlar berish kabi xizmatlarni ko‘rsatadilar.
- Hattoki biznes-reja tuzishga ko‘maklashuvchi ko‘plab elektron sahifalar ham mavjud. Shulardan biri – «Professional Business Advisers» (http://pba.uz) hisoblanadi. Shuningdek, sahifada biznes-reja tuzish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, biznes-reja tuzish xizmatlari narxlari va murojaat manzillari keltirilgan.
- BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
- Biznesni rejalashtirish nima uchun zarur?
- Biznes-reja deb nimaga aytiladi?
- Biznes-rejaning ahamiyatini qanday asoslash mumkin?
- Biznes-reja tuzish uchun qanday ko‘nikmalar taqozo etiladi?
- Biznes-rejaning qanday vazifalarini bilasiz?
|
| |