|
Jismoniy tarbiya darslarida ishlarni rejalashtirish guruhlari
|
bet | 3/6 | Sana | 04.08.2024 | Hajmi | 78,66 Kb. | | #269113 |
Bog'liq Jismoniy tarbiya fani bo\'yicha o\'quv tarbiya jarayonini rejalash1.2 Jismoniy tarbiya darslarida ishlarni rejalashtirish guruhlari
“O`qituvchi faoliyatining muhim bosqichi- bu didaktik jarayon (yoki o`quv-bilish tuzilmasi)ni loyihalash hisoblanadi. Aynan shu didaktik jarayon pedagogik texnologiyaning asosini tashkil qiladi yohud u belgilangan vaqt ichida ta`lim (tarbiya) maqsadiga erishish uchun o`quv elementi mazmunini o`quvchi (talaba)larga uzatish yo`llarini aniqlab beradi. Shu bilan birgalikda didaktik jarayonning nazariy asoslarini yaxshi bilmasdan turib samarali pedagogik texnologiyani yaratish mumkin emas”.1
Dasturdagi umumiy materiallar bir yilga mo`ljallangan, shuning uchun alohida bir tur materialni bitta chorakda hal etish va uni tugallashni biz tavsiya etmaymiz. Bir xil vazifa bir necha darsda muntazam ravishda takrorlansa, u holda o`quvchilar faolligi yo`qoladi, oldinga qo`yilgan maqsadga erisholmaydi, eng yomon tomoni alohida bir darsning zichligi pasaydi.
Shu sababdan biz quyida misol tariqasida alohida bir chorakka mo`ljallangan darslar reja grafigini keltiramiz
1
|
Dastur bo`limlari
|
Yillik
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
Jami
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
Ва ҳ.к
|
Soat
|
chorak
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
68
|
1
|
Bilim asoslari
|
|
Yil davomida Choraklar davomida
|
|
2
|
Gimnastika
|
14
|
-
|
4
|
10
|
1
|
14
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
Yengil atletika
|
20
|
10
|
-
|
-
|
10
|
20
|
|
|
|
|
Х
|
Х
|
Х
|
Х
|
Х
|
Х
|
Х
|
Х
|
Х
|
Х
|
|
|
|
|
4
|
Sport o`yinlari
|
12
|
4
|
6
|
-
|
2
|
12
|
|
|
Х
|
Х
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Х
|
Х
|
|
|
5
|
Haraktli o`yinlar
|
10
|
4
|
2
|
4
|
-
|
10
|
Х
|
Х
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Х
|
Х
|
6
|
Kurash
|
12
|
-
|
2
|
6
|
4
|
12
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami
|
68
|
18
|
14
|
20
|
16
|
68
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Eslatma: a) kurash darslarida, qiz bolalarga gimnastika materiallari olinadi.
b) yillik soatlarni taqsimlashdan oldin yil kalendar asosida choraklardagi ish haftasi aniqlanib olinadi, chiqqan hafta ikkiga ko`paytiriladi, natijada chorak soati chiqadi.
Har bir sinfda haftasiga ikkita dars o`tiladi.
s) yillik soatlarni choraklarga taqsimlashda albatta, maktabning shart-sharoitlarini o`quvchilarning jismoniy tayyorgarligini, mavsum, iqlim va boshqa ob`ektiv hamda sub`ektiv omillarni hisobga olish zarur.
Ish rejasi. Bu hujjat chorakka yoki yarim yilga tuziladi. Amalda bu hujjatni ko`pincha kalendar va darslar bo`yicha reja deb ataydilar. Rejalashtirish tizimida u metodik ta`minlash vazifasini bajaradi. Ish rejasining ob`ekti dastur va grafikda ko`rsatilgan asosiy mashqlar bo`libgina qolmasdan, ya`ni shunga taalluqli bo`lgan tayyorlov, yordamchi va nazorat mashqlari hamda uyga vazifa kiradi. Asosiy e`tibor har tomonlama mashg`larga beriladi. Masalan, arg`amchi bilan sakrash umumiy va maxsus chidamlilikni, to`g`ri harakatni, sakrovchanlikni rivojlantiradi, u tos, tizza, oshiq bo`ginlarini mustahkamlaydi va butun tana muskullarini takomillashtiradi.
Ish rejasida o`qituvchi har bir mashg`ulotning vazifasini belgilab oladi. Bu jarayonda u oldingi o`rgatish dasturidan foydalanadi.
Asosiy qism mazmuni belgilanib, so`ngra tayyorlov qismiga manba tanlanadi. Ular asosiy, maxsus va yordamchi , umumiy rivojlantiruvchi mashg`larga bo`linadi. Shu o`rinda quyidagini eslatib o`tamiz: tayyorlov qism mashqlari asosiy qism vazifalariga taalluqli bo`lishi kerak. Yangi asosiy qism vazifalarini bajarish uchun bolalarning qaysi muskul va bug`inlari harakatchanligi talab etsa, shu bug`in va muskullarga ko`proq xilma-xil mashqlarni berish maqsadga muvofiqdir.
Darsning yakunlov qismini rejalashtirishda o`tilgan dars bilan kelgusi dars aloqasini ta`minlashni unutmaslik kerak. Bunda o`quvchilarga uyga vazifa berish, o`tilgan materiallarni takrorlash hamda mustaqil ishlar orqali erishiladi. Shu yerning o`zidayoq ko`nikma va malakalarni shakllantirish uchun mashqlar rejalashtiriladi.
Ish rejasi vaqtli rejaga kiradi. Quyida muayyan soatga mo`ljallangan ish rejasini keltiramiz.
Dars konspekti. O`qituvchining bu rejasi eng aniq va operativ rejalashtirishga kiradi. U darslarni rejalashtirish tizimini tugallaydi va tashkiliy ishni bajaradi. Konspekt o`qituvchining darsga tayyorgarligining bevosita natijasidan iborat. Konspekt ish rejasi asosida parallel sinflar uchun ham ishlab chiqiladi.
Dars konspekti aniq vazifaga ega bo`lib, o`qituvchi shu vazifalarni darsda hal etishi kerak. Hamma guruh o`quvchilarining tayyorgarlik darajasi hisobga olinishi kerak. Bu esa pedagogik jarayonni tezlatadi. Vazifalar qoidaga binoan titul varaqning o`ziga, ya`ni “konspekt” so`zidan so`ng yoziladi. So`ng o`quvchilarning erishgan harakat faoliyatlari darajasini hisobga olgan holda vazifalar mazmuni aniqlashtiriladi.
Konspektga darsda o`tilishi kerak bo`lgan mashqlar ketma-ket yoziladi: mashqlar, nazariy ma`lumot va uyga vazifa, fanlararo aloqa imkoniyati ko`rsatiladi. Birinchi navbatda ma`lum darsga mashqlar tanlanishi maqsadga muvofiqligini asoslash zarur, ya`ni ularning aniq nimaga mo`ljallanganligini ko`rsatish shart. Dars vazifalari belgilab olingandan so`ng darsning qayerda o`tilishi, moddiy-texnik ta`minlash, jihozlar, sport snaryadlari, asbob-anjomlar ko`rsatilishi lozim.
Dars mazmuniga aniqlik kiritilib, yozib bo`lgandan so`ng, mashqlarni takrorlash soni va vaqti deb ko`rsatilgan grafaga - mashqlarni takrorlash soni, mashq uchun berilgan vaqt, masofaning uzunligi qanchaligi aniqlashtiriladi. Mashqlar me`yori va vaqti bolalar va qizlar uchun alohida ko`rsatiladi.
“Metodik ko`rsatma” grafasiga metodik(uslubiy) ishlar, pedagog va sog`lomlashtirishning o`zaro didaktik munosabati tarbiyalash va sog`lomlashtirish ta`sirining yo`llari, qo`shimcha vazifalar, faollarini darsga tayyorlash usuli nazoratning shakl va usullari, mustaqil ishlar bo`yicha ko`rsatmalar yoziladi. “Metodik ko`rsatma” grafasi bilan “Tashkiliy ko`rsatma” grafasini bir-biriga qo`shib yu borish ham mumkin. Agar “tashkiliy ko`rsatma” alohida yoziladigan bo`lsa, u holda bu grafaga sinf va guruhni boshqarish usuli, asbob-anjom va sport snaryadlarini taqsimlash va yig`ishtirish, ularning o`rni o`yinlarni tashkil etish ishlar turi, texnik xavfsizlikni ta`minlash yo`llari yoziladi.
|
| |