Umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quvchilarining jismoniy tarbiyasining asosiy shakllari




Download 78,66 Kb.
bet5/6
Sana04.08.2024
Hajmi78,66 Kb.
#269113
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jismoniy tarbiya fani bo\'yicha o\'quv tarbiya jarayonini rejalash

2.2 Umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quvchilarining jismoniy tarbiyasining asosiy shakllari
O`quvchilarning jismoniy tarbiyasining mashg`ulotlari maktabda o`quv ishlari, sinfdan tashqari ishlar jismoniy tarbiya sog`lomlashtirish ishlari, maktabdan tashqari muassasalarda va oilada quyidagi shakllarda: “jismoniy tarbiya darsi”, “darsgacha gimnastika”, “jismoniy tarbiya daqiqalari”, “katta tanaffusdagi uyushtirilgan o`yinlar”, “sport ko`ngil ochishlari (vaqt o`tkazish uchun)”, “uzaytirilgan kunli maktablardagi jismoniy madaniyat mashg`ulotlari”, “sport sektsiyalari”, “bayramlari, musobaqalar “Quvnoqlar va zukkolar” uchrashuvlari, “Salomatlik kuni” va o`ndan ortiq xil sinfdan tashqari ishlar tarzida tashkillanadi. Maktabdan tashqari muassasalarda jismoniy tarbiya: bolalar, o`smirlar sport maktablari, sport inshoatlari va suv havzalari, istirohat bog`lari, madaniyat uylari, madaniyat saroylari qoshidagi sport sektsiyalari, jismoniy tarbiya to`garaklari, uy joy boshqarmalari, mahalla fuqarolari yig`ini tomonidan yo`lga qo`yilayotgan bolalar sport sektsiyalari va boshqalar tarzida sog`ligi, yoshi, jismoniy tayyorgarligiga qarab ajratib olinib, turli yoshdagilar uchun muntazam ravishdagi mashg`ulotlar tashkillanadi. O`zgarib turadigan tarkib bilan o`yinlar, oilaviy musobaqalar uloqtiruvchilar kuni, ommaviy krosslar (yuguruvchilar kuni), turli xil tanlovlar o`tkaziladi. Oilada jismoniy tarbiya uy sharoitida, dars tayyorlash paytidagi daqiqalari, jismoniy tarbiyadan uyga berilgan vazifalarni bajarish, sport harakteridagi mashqlar, oilaviy sayohatlar va jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug`ullanish mushg`ulotlari, o`yinlar, trenirovkalar sifatida uyushtiriladi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan “Ta’lim to`g`risida”gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi ta’lim tizimini jahon talablari darajasida isloh qilishdan iborat bo`lib, bunda amalga oshirilishi lozim bo`lgan asosiy yo`nalishlardan biri o`quvchilar jismoniy tarbiya bo`yicha tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat. Mamlakatimizda izchil ravishda amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy g`oyasi barkamol kasb egasini tarbiyalashdan iboratdir. Islohotlar natijasi sifatida shakllantiriladigan barkamol shaxsning mustaqil va ijodiy fikrlash sifatlarini tarbiyalash umumiy o`rta ta’lim muassasalarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil qilish alohida ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganligining dastlabki davrlaridanoq jahon taraqqiyotida muhim o`ringa ega milliy ma’naviyatimiz asosida Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish bosh maqsad etib belgilandi. Ushbu buyuk maqsadga erishishda asosiy e’tibor yosh avlodni barkamol, ma’naviy va jismonan sog`lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalashga qaratilganligi milliy an’analarimiz, mentalitetimizning o`ziga xos ifodalanishidir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan taklif etilgan va Respublikamizda izchil amalga oshirib borilayotgan kadrlar tayyorlash milliy modeli bugungi kunda jahon miqyosida e’tirof etildi va o`zining dastlabki natijalarini bermoqda. Biroq, qayd etilgan yutuqlar bilan birga, jismoniy tarbiya bo`yicha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish uchun to`laqonli xizmat qilmayotgan sohalar ham mavjud. Jumladan, o`quvchilarning jismoniy tarbiya bo`yicha bilim va ko`nikmalarini dars jarayonida shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashg`ulotlarni tashkil qilishda tizimlilik, maqsadga yo`naltirilganlik yetarlicha o`z aksini topmay kelmoqda. Mazkur muammo uzoq yillar davomida pedagog olimlar tomonidan Respublikada va xorijda keng tadqiq etilgan. Jumladan, Salomov S.R., Yunusova Yu.M., Kerimov F.A., Mahkamjanov K.M. va boshqalar muammoning Texnologik asoslari, jismoniy tarbiya darslarini, darsdan tashqari ishlarini hamda yoshlarning faoliyatini nazariy ta’lim bilan bog`lab olib borish masalalarini o`z ilmiy tadqiqot ishlarida yoritganlar. O`quvchilarni jismoniy tayyorgarlikga yo`llash ishlarida ularning ijodkorlik sifatlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir. Pedagog olimlarning fikrlarini tahlil qilish natijalariga ko`ra maktabda va darsdan tashqari mashg`ulotlarda o`quvchilarni jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishga yo`naltirishda texnik ijodkorlik va qishloq xo`jalik tajribachiligining rivojlanishi o`quvchilarning g`oyaviy-siyosiy, mehnat, ahloqiy, jismoniy va estetik tarbiyasi birligi asosida ularni milliy mafkuramiz asosida tarbiyalashga majmuaviy yondoshish g`oyalarini amalga oshirishda yordam beradi degan xulosaga keldik. Jismoniy tarbiya o`qituvchisi o`quvchilarni jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotidagi tarixiy kunlarga bag`ishlangan maktab kechalarini tayyorlash va o`tkazishga jalb qiladi. Demak, o`quvchilarni dars mashg`ulotlari va darsdan tashqari vaqtlarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishga yo`llash ishlarini uyushtirishda jismoniy tarbiya o`qituvchisi asosiy bo`g`in hisoblanadi. Albatta, u o`z faoliyatini dastlab ta’lim standartlari asosida olib borishi talab etiladi. Zero, jismoniy tarbiyaning vazifalari Davlat ta’lim standartlari (DTS) va o`quv dasturida ifodalangan. Ushbu hujjatlarda maktabdagi jismoniy tarbiya va tarbiyasining maqsadi izchil ta’riflanib, bu to`g`rida sportga muhabbat va sport ahliga hurmat tuyg`usini singdirishdan, o`quvchilarni hozirgi zamon sporti asoslari bilan tanishtirishdan ularda jismoniy tarbiya ko`nikmalari va mahoratini hosil qilishdan, ongli ravishda jismoniy tayyorgarlikga undashdan iboratligi ta’kidlangan. Jismoniy tarbiya mashg`ulotlari turli davrlarda turlicha tashkil etib kelingan. Uning maqsad va vazifalari ham xilma-xil bo`lgan. Bu holatlar o`z navbatida jismoniy tarbiya atamasini o`ziga xos tushunishni taqozo etgan. Jismoniy tarbiya tushunchasiga izoh berishdan oldin, umuman mazkur sohaga daxldor tushuncha va iboralarni sanab o`tish ma’qul bo`lar edi. Ularning asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin: jismoniy tarbiya, jismoniy ta’lim, jismoniy mashg`ulot, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy madaniyat, jismoniy ulg`ayish, jismoniy kamolot, jismoniy mahorat, jismoniy mashqlar, jismoniy sifatlar va boshqalar. Jismoniy tarbiya – inson hayotining boshidan oxirigacha davom etadigan, organizmni har tomonlama takomillashtiradigan, hayot uchun muhim bo`lgan harakat ko`nikma va malakalarini yosh davrlariga mos holda o`zgartirib boradigan Pedagogik jarayondir. Pedagogika fanida ta’lim va tarbiya tushunchalari o`zaro bir-biri bilan aloqada bo`lgan, biri ikkinchisini to`ldirib boradigan inson faoliyatining turlari deb hisoblanadi. Tarbiya ijtimoiy tajribani, insonlar tomonidan to`plangan ijobiy fazilatlarni yosh avlodga o`tkazish, singdirish jarayonidir. Ta’lim esa insonning aqlini, moddiy borliq haqidagi ma’lumotlarni, jamiyat va tabiat taraqqiyotining qonuniyatlarini, ilm-fan yutuqlari va ularning amaliyotga tadbiqini o`rganish jarayonidir. Jismoniy tarbiya tushunchasiga berilgan ta’rifda ma’lum darajada tarbiyaning ta’lim bilan uzviy bog`liqligi e’tiborga olingan. Biz o`rgangan pedagogik va psixologik adabiyotlarda insonning shaxs sifatidagi kamolotida aqliy va axloqiy tarbiyaga kuchli ahamiyat berilganligi alohida ajralib turgani sezildi. Ammo nazarimizda jismoniy tarbiya ikkinchi darajada turgandek his qilingan bo`lsada, jismoniy tarbiyasiz, aniqrog`i jismoniy tarbiyaning ta’sirisiz, na aqliy va na axloqiy tarbiya mukammal bo`lmasligi e’tirof etilgan. Jismoniy tarbiya inson organizmini morfologik va funktsional jihatlardan takomillashtiradi. Bu degani, tanadagi barcha a’zolarni normal rivojlanishi, jumladan bosh miya va oliy nerv sistemasini to`g`ri shakllanishi hamda faoliyat yuritishini ma’lum normaga solishi deb tushunish mumkin. Bosh miya, oliy nerv sistemasi, qon aylanish tizimlari aqliy va boshqa tarbiya yo`nalishlarining nerv-fiziologik asoslari bo`lishi mumkinligini e’tirof etganda, beixtiyor jismoniy tarbiya insonni komillikka olib boruvchi asosiy tarbiya turi ekanligi tan olinadi. Jismoniy tarbiya organizmni mukammal rivojlanishini yo`lga qo`yishi bilan birga, tananing sog`lom bo`lishini, har qanday tashqi yuklamaga chidamliligini ham ta’minlaydi. Insondagi irodaviy sifatlar jismoniy tarbiya bilan shug`ullanganda bir necha baravar ustun bo`lishi olimlar tomonidan isbotlangan. Jismoniy tarbiya kuch, chaqqonlik, tezkorlik kabi inson uchun hayot yo`lida doimiy kerak bo`ladigan sifatlarni tarkib toptiradi. Bu o`z navbatida mehnat faoliyatini samarali bo`lishiga hissa qo`shadi. Har qanday boshlagan ishni oxiriga etkazish, kutilgan natijalarni qo`lga kiritish ko`nikmalari tezroq tarkib topadi. Jismoniy tarbiya kishilarda insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantiradi. Vatan manfaatlarini himoya qilish, zarur bo`lsa nafaqat kuchini, balki hayotini bag`ishlashga odatlantiradi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy ahamiyatga molik bo`lgan hodisadir. U insonning sihat-salomatligini yaxshilaydi, har taraflama rivojlanishini amalga oshiradi. O`zi, millati va xalqi uchun unumli mehnat qilishga, bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin faoliyat yuritishga, o`z imkoniyatlarini to`la namoyon etishga o`rgatadi. Vatanning shonu-shuhratini dunyoga yoyishga, zarur bo`lsa har qanday g`arazli kuchlardan ehtiyot qilishga, mardonavor himoya qilishga tayyorlaydi. Qadim zamonlardan beri jismoniy tarbiyaning inson hayotidagi beqiyos o`rni to`g`ri tushunilgan holda, uni qanday qilib samarali bo`lishini ilmiypedagogik muammo sifatida o`rganib kelinadi. Xalq og`zaki ijodi namunalarida, dostonlarda, ertak va afsonalarda, maqol va matallarda jismoniy tarbiya yuksak baholanib kelingan. Diniy manbalarda; “Qur’on” va payg`ambarimizning hadislarida jismoniy etuklik nihoyatda qadrlangan. Yozma pedagogik adabiyotning paydo bo`lishi jismoniy tarbiyaning nazariy asoslarini tarkib topishi va rivojlanishiga zamin hozirladi. Ota-bobolarimizdan bebaho madaniy va ma’rifiy yodgorlik sifatida yaratilgan va bizgacha yetib kelgan “Avesto” kitobida jismoniy tarbiya haqida ko`p yaxshi fikrlar aytilgan. Kuchlilik, chaqqonlik, mardlik, chidamlilik, qora kuchlarga nisbatan mardonavor kurashish jismoniy tarbiyaning qirralari sifatida ulug`langan. Adolat, haqiqatgo`ylik, mehnatsevarlik alohida shakllantirilishi zarur bo`lgan fazilatlar qatoriga kiritilgan. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Unsurul Maoliy Kaykovus, Bahovuddin Naqshband, Amir Temur, Muhammad Tarag`ay Ulug`bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy kabi buyuk alommalarimiz jismoniy tarbiya va shaxs kamolati haqida qimmatli fikrlar bildirganlar. Ayniqsa Abu Ali ibn Sino inson salomatligini saqlash, tibbiy yordam ko`rsatish haqidagi ta’limotlarini yaratganlarida birinchi o`ringa jismoniy tarbiyani qo`ygan. Uning fikricha xastalikni davolashdan ko`ra oldini olish afzal hisoblanadi. Buning uchun har bir kishi muntazam jismoniy mashg`ulotlar bilan shug`ullanishi, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishi kerakligi uqdirilgan. Abu Nasr Farobiy ham fozil odamlar yashaydigan shahar aholisi kuchli, chaqqon, mehnatsevar, o`quvli va sog`lom bo`lishi kerakligini aytgan. Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” asarida ta’rif-tavsif etgan kishilarning ko`pchiligidagi jismoniy sifatlarga yuqori baho bergan. O`zi ham shoh, sarkarda, olim va shoir bo`lishi bilan birga jismoniy mashqlar va chiniqishni o`ta qadrlagan inson ekanligi bayon etilgan. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq” nomli asarida “badan tarbiyasi”ga alohida e’tibor qaratgan. Badan tarbiyasi boshqa barcha tarbiyalar uchun zamin hozirlaydi deb uqtirgan. Chet el olimlari ham jismoniy tarbiyaga katta e’tibor bergan. Arastu, Aflotun, Suqrot kabi antik davr olimlari quldorlarning farzandlariga jismoniy tarbiya berishning nazariy asoslarini ishlab chiqishga harakat qilganlar. Ular har bir tarbiya ko`rgan shaxs jismonan kuchli bo`lishini, qilichbozlik, nayza uloqtirish, otda chopish, suvda suzish, qiyinchilikka chidash kabi jismoniy sifatlarga ega bo`lishi kerak deb hisoblaganlar. Fransua Rable “Gargantua va Pantagruel” nomli roman traktatida aqliy tarbiya bilan bir qatorda jismoniy tarbiya inson kamoOotini belgilashini ta’riflagan. Italiyalik Tomazzo Kampanella, buyuk chex pedagogi Yan Amos .komenskiy, shveytsariyalik Iogann Genrix Pestalotsi, shotlandiyalik RoEert Ɉuen, nemis olimi Iogann Gerbart, amerikalik Jon Dyui va boshqalar pedagogik ta’limotlarida jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor berdilar. Rus pedagoglaridan K.D.Ushinskiy, I.N,Betskiy, N.I,Novikov, N.I.PiroJov, I.M.SecheQov, ȿ.A..Pokrovskiy, ȿ.M.DePentev, P.F.Lesgaft va boshqalar jismoniy tarbiya nazariyasining ilmiy asoslanishiga o`zlarining hissalarini qo`shganlar. Haqli ravishda Petr Frantsevich Lesgaftni (18p7-1909 yillar) Rossiyadagi jismoniy tarbiyaning ilmiy asoslarini yaratgan olim deb hisoblaydilar. Uning “Anatomiyaning jismoniy tarbiyaga munosabati va maktabda jismoniy ta’limning asosiy vazifasi”, “Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasiga doir qo`llanma”, “Nazariy anatomiya asoslari”, “Oila tarbiyasi” nomli asarlarida jismoniy tarbiyaning ilmiy-nazariy asoslari bilan birga, amaliyotga tadbiq etish meTodikasi masalalari ishlab chiqilgan. P.F.Lesgaft o`zidan oldingi jismoniy tarbiya nazariyachilaridan farqli o`laroq, jismoniy ta’lim atamasini ishlatgan. Uning fikricha butun jismoniy tayyorgarlik tizimida asosiy o`rinni ta’lim egallashi zarur. Jismoniy ta’lim aqliy ta’lim bilan uzviy bog`liq bo`lgandagina uning ta’siri samarali bo`ladi deb hisoblagan. P.F.Lesgaftning (p1), fikricha har qanday ta’limning asosiy maqsadi odamning shaxsiy manfatini emas, balki jamiyatga foyda keltirishini birinchi o`ringa qo`yishga erishishdan iborat bo`lmog`i lozim. Inson ijodiy fikrlaydigan, mustaqil va faol mashq qiladigan, hosil bo`lgan narsalarni bir-biridan farq qiladigan, ularni bir-biri bilan taqqoslay olish hamda o`zicha baholay oladigan, ya’ni tahlil qila olishni jismoniy ta’limning eng muhim vazifalaridan biri deb hisoblagan. P.F.Lesgaft har tomonlama kamol topgan shaxsni tarbiyalash tarafdori bo`lgan. Uning fikricha har taraflama kamol topishgina juda oz kuch sarflab, juda qisqa vaqt orasida eng yaxshi natijalarga erishib ishlash imkonini beradi. Jismoniy ta’lim shug`ullanuvchining yoshiga, jinsiy va individual xususiyatlariga mos holda amalga oshirishning tarafdori bo`lgan. Asta-sekin murakkablashib borishi, ko`nikma va malakalarning mukammal bo`lishi kerakligi qayd etilgan. P.F.Lesgaft jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini o`qituvchi tushuntirishi orqali tashkil etishning tarafdori bo`lgan. Shaxsiy namuna sifatida ko`rsatib berishni ma’qullamagan. Tarbiyalanuvchi fikr yuritmaydigan, mexanik tarzda bajaradigan bo`lib qoladi deb sanagan. Uning ta’limoti asosida jismoniy ta’lim aqlga suyanishi, aqlni ishlatgan xolda jismoniy ko`nikma va malakalar hosil qilishi, takomillashtirib borib, jismoniy mahorat va madaniyatga aylantirish kerakligi ta’kidlangan. P.F.Lesgaft ommaviy jismoniy ta’limning tarafdori sifatida barcha turdagi o`quv muassasalarida jismoniy mashg`ulotlarni ilmiy asoslangan reja va dasturlar asosida olib borishning targ`ibotchisi bo`lgan va o`zining barcha bilim va tajribalarini shunga qaratgan. Nafaqat Rossiyada, balki butun dunyo miqyosida uning jismoniy tarbiya tizimi haqidagi ta’limoti ijobiy ahamiyat kasb etadi va xozirgi davrgacha dolzarbligini yo`qotmasdan kelmoqda.
XULOSA
Ta’lim muassasalarida o’quvchi va talabalr bilan jismoniy tarbiya sport va sog’lomlashtirish tadbirlari tashkil etish bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot va pedagogik amaliyot ishlarimizda bir qator kerakli bo’lgan aniq xulosalar keltirdik.
1. O’quvchi va talabalrni jismoniy tarbiyalash va sog’lomlashtirish jarayonlarida tabiat omillarining chiniqtirish axamiyati muxim o’rin tutadi.
2. Umumrivojlantiruvchi jismoniy mashqlar o’quvchi va talabalarni organizmini tetiklashtirishga va jismoniy yuklamalarga tayyorlashda kerakli vosita bo’lib xizmat qiladi.
3. Maxsus jismoniy mashqlar o’quvchi va talabalarni sport turlari buyicha jismoniy xarakatlar texnikasini egallashga va takomillashtirishga katta yordam beradi.
4. Yordamchi jismoniy mashqlar sport turlarining maxsus mashqlarni shakllantirishda o’ziga xos vosita bo’lib xizmat qiladi.
5. Jismoniy tarbiya sport va sog’lomlashtirish shakllaridan o’quvchi va talabalar jismoniy tarbiya, sport va sog’lomlashtirish tadbirlarida samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.
6. Tabiat qo’ynida o’tkazilgan jismoniy tarbiya, sport va sog’lomlashtirish tadbirlarining jismoniy rivojlantirish va sorlomlashtirish ta’siri muxim axamiyatga egadir.

Download 78,66 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 78,66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quvchilarining jismoniy tarbiyasining asosiy shakllari

Download 78,66 Kb.