• ............................................. ................
  • Oliy ta’lim muassasalarida samarali xizmat ko‘rsatish strategiyasini takomillashtirish




    Download 55 Kb.
    Sana17.04.2024
    Hajmi55 Kb.
    #199529
    TuriReferat
    Bog'liq
    1-такриз -
    А Кохоров, 1 шўъба 23 04 2022 энергетика, Abduqadir ma\'lumot, 14.03.2023 ректор очиқ мулоқот баён, Kurs ishi xujjatlari, Doc2, 1. Korporativ boshqaruv predmeti, maqsadi va vazifalari, Egamberdiyeva T- monograph 1, 1124 (1), 5 Core Elements eBook , 1-amaliy, Bitiruvchilar forumi 2023, I bob. Iqtisodiy faoliyat va uning turlari-fayllar.org, mavzu banki, 2022 yil 18 may kuni Namangan muhandislik, Soliq solish prinsiplari

    Namangan muhandislik-qurilish instituti izlanuvchisi Levakov Izzatulla Nematillayevichning “Oliy ta’lim muassasalarida samarali xizmat ko‘rsatish strategiyasini takomillashtirish” mavzusidagi 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi avtoreferatiga


    T A Q R I Z
    Jahonda mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash ahamiyatining kuchayib borishi ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirishni ta’minlovchi malakali mutaxassislar tarkibini shakllantirishni taqozo etmoqda. Ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligi aholi kasbiy tayyorgarligi, malaka va ko‘nikmasi, intellektual salohiyatining oshishiga imkon yaratib, pirovardida mehnat unumdorligining o‘sishi orqali mamlakatning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Rivojlangan mamlakatlarda o‘rta ta’limdan keyingi ta’limni tugatgan katta yoshdagi aholining ulushi oshib bormoqda. Xususan, ushbu ko‘rsatkich «Kanadada 56,27%ni, Yaponiyada 50,5%ni tashkil qiladi. Dunyodagi eng sifatli ta’lim tizimi Finlyandiya bo‘lib, mamlakat yoshlarining 93%i o‘rta ta’limni muvaffaqiyatli bitirib, 66%i OTMda o‘qishni davom ettiradi». Ta’lim xizmatlari samaradorligi va sifatini oshirish orqali mamlakat iqtisodiy salohiyatini kuchaytirish va undan foydalanish darajasini yuksaltirib borish ob’ektiv zaruriyatga aylanib bormoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60- son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”, 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonlari, 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son «Oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy qilish to‘g‘risida»gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi
    824-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2018-yil 17-sentabrdagi
    736-son «Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari va sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
    Tadqiqotchi I.N.Levakovning tadqiqot ishi mavzusining dolzarbligi va ahamiyati unda tadqiq etilgan masalalar, ya’ni dissertatsiya mavzusi yurtimizda olib borilayotgan oliy ta’lim xizmatlari sohasi va uni raqamlashtirish bilan bog‘liq islohotlarga mos ravishda olib borilgan va unda ilgari surilgan ilmiy yangiliklarni amaliyotda qo‘llanilishi kabi masalalarda ilmiy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqilganligida ifodalanmoqda.
    Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
    Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, muammoning o‘rganilganlik darajasi, dissertatsiya mavzusining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, tadqiqotning obyekti va predmeti tavsiflangan, tadqiqotning usullari, tadqiqotning ilmiy yangiligi, tadqiqotning amaliy natijalari, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining joriy qilinishi, tadqiqot natijalarning e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasida ma’lumotlar keltirilgan.
    Tadqiqotchining Tadqiqot ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi talablari asosida kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashkil topgan.
    Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, ob’ekti va predmeti tavsiflangan, Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon etilgan, tadqiqot natijalarining ishonchliligi va joriy qilinishi ochib berilgan, tadqiqot natijalarining aprobasiyasi, e’lon qilinganligi, tuzilishi va hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan talablar asosida keltirilgan.
    Dissertant Oliy ta’lim muassasalarida samarali xizmat ko‘rsatish strategiyasini takomillatirishni ilmiy tadqiq etishda, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonlarida resurslarni maqbullashtirgan holda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada talab yuqori bo‘lgan hamda istiqbolli innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish imkoniyatini, oliy ta’lim muassasasining mavjud yuqori ilmiy-innovatsion salohiyatidan foydalangan holda yuqori texnologiyaga asoslangan pullik xizmatlar ko‘rsatish, bu orqali esa nobyudjet mablag‘lar jalb qilish imkoniyati tadbiq etilgan.
    Dissertantning fikricha, OTMda samarali xizmat koʻrsatish tushunchasi koʻrsatilayotgan xizmatlar sohasini takomillashtirish, yangi raqamlashtirilgan oliy ta’lim xizmatlarini koʻrsatish, xalqaro standart talabari asosida zamonaviy xizmatlar sifatini boshqarishda foydalanish, yangi xizmat turini yangi innovatsion koʻrinishda bozorga kirib borishi ta’minlash mamlakatning xalqaro taʼlim markazi sifatida ijobiy imidjini oshirib borish va taʼlim muassasalarining raqobatbardoshligini mustahkamlash uchun OTMlar faoliyatining jahondagi taʼlim xizmatlari bozori meʼyorlariga mosligini va uyg‘unligini taʼminlaydi.
    Dissertant tomonidan institut faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha shartnoma asosida maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlar ko‘rsatish hamda ilmiy tadqiqot va innovatsion xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni tashkil etish hisobiga oliy ta’lim muassasalarida xizmatlar strategiyasini ishlab chiqilgan, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot yutuqlarini tijoratlashtirish hamda yangi ishlanma va texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bilan shug‘ullanuvchi “Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi”ni joriy etish hisobiga hizmatlar ko‘lami va sifatini oshirish taklif etilgan, oliy ta’lim muassasalarining quvvati, ilmiy salohiyati va boshqa asosiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini mustaqil belgilash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish hisobiga ta’lim xizmatlari ko‘lamini oshirish asoslangan, Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida koʻrsatiladigan xizmatlarni rivojlanishining 2028-yilga qadar koʻp variantli prognoz parametrlari bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
    Avtoreferatda bayon qilingan tadqiqotda oliy ta’lim muassasalaridagi xizmatlarning hayotiylik muddatini ishlab chiqilgan va har bir bosqichga ta’sir etuvchi oʻzgarishlarni qisqa, oʻrta, uzoq muddatlarga ajratish orqali oliy ta’lim xizmatlarini diversifikatsiyalash imkoniyati aniqlangan, toʻqimachilik sohasida ilmiy tadqiqot olib borish hamda yangi texnologiyalarni tijoratlashtirish va amaliyotga joriy etish imkoniyati yaratilgan, oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontraktlarini optimallashgan variantini ishlab chiqilgan va shu asosida qabul parametrlarini mustaqil belgilash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar chuqur asoslab berilgan.
    Dissertatsiya ishining avtoreferatida uning mazmuni, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati to‘laligicha o‘z aksini topgan. Dissertatsiyaning xulosa qismida tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, bir qator taklif va tavsiyalar bayon qilingan.
    Mazkur tadqiqot ishining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, ayrim kamchiliklar va munozaraga sabab bo‘luvchi holatlar ham mavjudligini ta’kidlash lozim. Jumladan:
    1. Avtoreferatda berilgan oliy ta’lim xizmatlarining hayotiylik muddatlariga ta’sir etuvchi omillar tahlilini yanada kengaytirilganda, ishning saviyasi yanada ortgan bo‘lar edi.
    2. Avtoreferatning keltirilgan ekonometrik modelga yanada kengroq sharh berilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
    Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar tavsiyaviy xarakterga ega bolib u ishning umumiy bahosini pasaytirmaydi.
    Tadqiqot ishi yakunlangan ilmiy ish bo‘lib, unda yetarli darajada statistik ma’lumotlar tahlili natijalari hamda amaliyotda qo‘llaniladigan ilmiy yangiliklar keltirilgan.
    Dissertatsiyaning asosiy mazmuni uning avtoreferatida o‘z aksini topgan. “Oliy ta’lim muassasalarida samarali xizmat ko‘rsatish strategiyasini takomillashtirish” mavzusida yozilgan dissertatsiya avtoreferati mazmuni, tarkibiy tuzilishi jihatdan 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti ixtisosligiga to‘liq mos keladi va uning muallifi Izzatulla Levakvoni iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq deb hisoblayman.


    ............................................. ................
    Download 55 Kb.




    Download 55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy ta’lim muassasalarida samarali xizmat ko‘rsatish strategiyasini takomillashtirish

    Download 55 Kb.