• “Rolli o‘yin” metodining tuzilmasi “Rolli o‘yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat
  • “Davra suhbati” metodining kamchiliklari




    Download 462,37 Kb.
    bet11/82
    Sana15.12.2023
    Hajmi462,37 Kb.
    #119205
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82
    Bog'liq
    Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (3)

    “Davra suhbati” metodining kamchiliklari:

    • ko‘p vaqt talab etiladi;


    • ta’lim beruvchining o‘zi ham rivojlangan fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etiladi;


    • ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo‘lgan mavzu tanlash talab etiladi.


    Rolli o‘yin” metodi-ta’lim oluvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har xil shart-sharoitlarini sahnalashtirish orqali ko‘rsatib beruvchi metoddir.


    Rolli o‘yinlarning ishbop o‘yinlardan farqli tomoni baholashning olib borilmasligidadir. Shu bilan birga “Rolli o‘yin” metodida ta’lim oluvchilar ta’lim beruvchi tomonidan ishlab chiqilgan sstenariydagi rollarni ijro etish bilan kifoyalanishsa, “Ishbop o‘yin” metodida rol ijro etuvchilar ma’lum vaziyatda qanday vazifalarni bajarish lozimligini mustaqil ravishda o‘zlari hal etadilar.
    Rolli o‘yinda ham ishbop o‘yin kabi muammoni echish bo‘yicha ishtirokchilarning birgalikda faol ish olib borishlari yo‘lga qo‘yilgan. Rolli o‘yinlar ta’lim oluvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi.
    “Rolli o‘yin” metodida ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar haqida oldindan ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Chunki rollarni o‘ynashda har bir ta’lim oluvchining individual xarakteri, xulq-atvori muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan mavzular ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasiga mos kelishi kerak. Rolli o‘yinlar o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilarda motivastiyani shakllantirishga yordam beradi. Quyida “Rolli o‘yin” metodining tuzilmasi keltirilgan.


    “Rolli o‘yin” metodining tuzilmasi “Rolli o‘yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha o‘yinning maqsad va natijalarini belgilaydi hamda rolli o‘yin sstenariysini ishlab chiqadi.


    2. O‘yinning maqsad va vazifalari tushuntiriladi.


    3. O‘yinning maqsadidan kelib chiqib, rollarni taqsimlaydi.


    4. Ta’lim oluvchilar o‘z rollarini ijro etadilar. Boshqa ta’lim oluvchilar ularni kuzatib turadilar.


    5. O‘yin yakunida ta’lim oluvchilardan ular ijro etgan rolni yana qanday ijro etish mumkinligini izohlashga imkoniyat beriladi. Kuzatuvchi bo‘lgan ta’lim oluvchilar o‘z yakuniy mulohazalarini bildiradilar va o‘yinga xulosa qilinadi. Ushbu metodni qo‘llash uchun sstenariy t’lim beruvchi tomonidan ishlab chiqiladi. Ba’zi hollarda ta’lim oluvchilarni ham sstenariy ishlab chiqishga jalb etish mumkin. Bu ta’lim oluvchilarning motivastiyasini va ijodiy izlanuvchanligini oshirishga yordam beradi. Sstenariy maxsus fan bo‘yicha o‘tilayotgan mavzuga mos ravishda, hayotda yuz beradigan ba’zi bir holatlarni yoritishi kerak. Ta’lim oluvchilar ushbu rolli o‘yin ko‘rinishidan so‘ng o‘z fikr- mulohazalarini bildirib, kerakli xulosa chiqarishlari lozim.



    Download 462,37 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82




    Download 462,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Davra suhbati” metodining kamchiliklari

    Download 462,37 Kb.