• “Rolli o‘yin” metodining kamchilik tomonlari
  • “Bahs-munozara” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat
  • “Rolli o‘yin” metodining afzallik tomonlari




    Download 462,37 Kb.
    bet12/82
    Sana15.12.2023
    Hajmi462,37 Kb.
    #119205
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82
    Bog'liq
    Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (3)

    “Rolli o‘yin” metodining afzallik tomonlari:

      • o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilarda motivastiya (qiziqish)ni shakllantirishga yordam beradi;


      • ta’lim oluvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi;


      • nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishni o‘rgatadi;


      • ta’lim oluvchilarda berilgan vaziyatni tahlil qilish malakasi shakllanadi.


    “Rolli o‘yin” metodining kamchilik tomonlari:

      • ko‘p vaqt talab etiladi;


      • ta’lim beruvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi;


      • ta’lim oluvchilarning o‘yinga tayyorgarligi turlicha bo‘lishi mumkin;


      • barcha ta’lim oluvchilarga rollar taqsimlanmay qolishi mumkin.


    Bahs-munozara” metodi-biror mavzu bo‘yicha ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladigan o‘qitish metodidir.


    Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu metod qo‘llaniladi. Bahs- munozarani boshqarib borish vazifasini ta’lim oluvchilarning biriga topshirishi yoki ta’lim beruvchining o‘zi olib borishi mumkin. Bahs-munozarani erkin holatda olib borish va har bir ta’lim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish lozim. Ushbu metod olib borilayotganda ta’lim oluvchilar orasida paydo bo‘ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak.

    Quyida “Bahs-munozara” metodini o‘tkazish tuzilmasi berilgan.


    “Bahs-munozara” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1. Ta’lim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar ishlab chiqadi.


    2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammo bo‘yicha savol beradi va ularni munozaraga taklif etadi.


    3. Ta’lim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, ya’ni turli g‘oya va fikrlarni yozib boradi yoki bu vazifani bajarish uchun ta’lim oluvchilardan birini kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga o‘z fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi.


    4. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan fikr va g‘oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.


    5. Tahlil natijasida qo‘yilgan muammoning eng maqbul echimi tanlanadi.



    Download 462,37 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82




    Download 462,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Rolli o‘yin” metodining afzallik tomonlari

    Download 462,37 Kb.