Pedagogik kvalimetriyaning yangi va eng yangi rivojlanish davri




Download 462,37 Kb.
bet17/82
Sana15.12.2023
Hajmi462,37 Kb.
#119205
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82
Bog'liq
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (3)

Pedagogik kvalimetriyaning yangi va eng yangi rivojlanish davri.

XX-asrning boshlarida ta’lim muassasalari pragmatik pozistiyada, ya’ni talabalar tomonidan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni va keyinchalik kompetenstiyalarni nazorat qilish va baholash yo‘lga qo‘yilgan.


O‘sha davrda Rossiya ta’lim muassasalarida ta’lim mazmuni g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishga urg‘u berilib, ta’lim-tarbiyaning uzviyligiga asoslangan nazariy tizim yo‘lga qo‘yilgan va nazariy reproduktiv bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va ta’lim-tarbiyaning yakuniy natijasi sifatida har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish nazarda tutilgan.
Pedagogik kvalimetriyaning eng yangi rivojlanish davrida talabalar shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim paradigmasi maydonga chiqdi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, pedagogik munosabatlar insonparvarlashtirilgan, talaba shaxsning qiziqishlari, ehtiyojlari, ichki va tashqi o‘quv motivlarini e’tiborga olingan holda ta’lim-tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish nazariyasi turadi.

Ushbu paradigma asosida pedagogik kvalimetriyada, shuningdek, ta’lim-tarbiya tizimida ijobiy o‘zgarishlarni vujudga keltirdi. Ular jumlasiga:


  • Ta’lim tizimida hukmronlik qilayotgan shaxsning ijtimoiylashuvi va moslashuviga asoslangan frontal ta’lim-tarbiya jarayonidan o‘qitish maqsadlarini amalga oshirishga imkon beradigan shaxsning individual rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan jarayonga o‘tish;


  • Talabalarni ilmiy bilimlar bilan qurollantirishdan voz kechib, umummadaniy, umuminsoniy qadriyatlar asosida nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirishga e’tiborni qaratish;


  • Majburiy o‘qitish shakllari bilan birgalikda talabalarni mustaqil ta’lim olish va mustaqil tayyorgarlikka yo‘llash;


  • Ta’lim mazmunidagi bilimlar, ko‘nikma va malakalar, ijodiy faoliyat tajribalari va qadriyatlarni tarkib toptirishda o‘quv kurslarining nazariy masalalari asosida emas, balki integrallashgan mazmun, fanlararo bog‘lanish, modullar tizimidan foydalanishga o‘tish;


  • O‘qitishning reproduktiv metodlari va an’anaviy texnologiyalari bilan bir qatorda talabalarning ijodiy, tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradigan innovastion va axborot texnologiyalaridan foydalanish;


  • Ta’lim-tarbiya jarayonining yakuniy natijasini nazorat qilish va baholashda bilim, ko‘nikma va malakalar paradigmasidan voz kechib ta’lim tizimini modernizastiyalashning istiqbolli yo‘nalishi sifatida qabul qilingan kompetenstiyalarni nazorat qilish orqali shaxsning rivojlanganlik va tarbiyalanganlik darajasini aniqlashni yo‘lga qo‘yish zarurligi kiritilgan Ta’lim-tarbiya jarayoniga kiritilishi nazarda tutilgan ijobiy o‘zgarishlar o‘z navbatida talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalari va kompetenstiyasini baholash jarayoniga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.


Pedagogik kvalimetriyaning fan sifatida quyidagi konsteptual asoslari mavjud:


  1. Pedagogik kvalimetriya uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, talabalarning o‘zlashtirish darajasi va sifati, pedagogik kadrlarning kasbiy malaka darajasini aniqlash va umumlashgan xulosa yasash imkonini yaratadi.


  2. Pedagogik kvalimetriya tadqiq etilayotgan ob’ektning sifat ko‘rsatkichini dinamik kategoriya sifatida qabul qiladi va kelgusida zamon bilan hamnafaslik, uzluksiz ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan davlat va ijtimoiy buyurtmalar asosida ushbu sifat ko‘rsatkichi darajasining ortishini nazarda tutadi.


  3. Pedagogik kvalimetriya o‘zaro uzviy va o‘zaro bog‘langan ikkita soha nazariy kvalimetriya va amaliy kvalimetriya yutuqlari asosida shakllangan va fan sifatida rivojlanib boradi.


  4. Pedagogik kvalimetriya bo‘lajak pedagogik kadrlarning pedagogik faoliyatga tayyorgarlik darajasining malaka talablariga mosligi, uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning kasbiy malakasi, mazkur bosqichda tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nika va malakalari, kasbiy kompetenstiyasi (layoqati)ning DTS bilan me’yorlangan bilim, ko‘nika va malakalarga mosligi, oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan mavjud kafedralarning pedagogik kadrlar tayyorlash sifati, o‘quv rejadan o‘rin olgan kurslarning moddiy va didaktik ta’minoti sifatini belgilangan tartibga muvofiq reyting asosida nazorat qiladi va baholaydi.




    1. Download 462,37 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82




Download 462,37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik kvalimetriyaning yangi va eng yangi rivojlanish davri

Download 462,37 Kb.