|
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi
|
bet | 25/82 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 462,37 Kb. | | #119205 |
Bog'liq Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (3)Kvalimetriya va aksiologiya.
Aksiologiya jamiyatdagi qadriyatlar tizimi, baholanayotgan g‘oya yoki qadriyatning inson hayotida tutgan o‘rni, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni kvalimetrik metodlar bilan o‘rganib, baholab uni ommalashtiradi.
Bu erda g‘oyaviy (axloqiy, estetik, ma’naviy) qadriyatlar va moddiy (tabiiy, iqtisodiy) qadriyatlar nazarda tutilmoqda.
Qadriyatlar nazariyasi mazkur qadriyatlarni baholashni shu kunga qadar mantiqiy
ko‘rsatmalar asosida baholashni amalga oshirmoqda. Qadriyatlarning mazmuni va mohiyati, tushunchalari hali tadqiq etilmaganligi bois, miqdoriy baholash kam qo‘llaniladi.
Qadriyatlarni sifat jihatdan baholash nuqtai nazaridan kvalimetriyaning miqdoriy baholashi qo‘llanilganda, mazkur jarayonni aksiologiyaning bir bo‘limining ob’ekti sifatida qarash mumkin.
Aksiologiyaning kvalimetriyaga va aksincha, kvalimetriyaning aksiologiyaga ta’sirini iqtisodiyotning iqtisodga, biologiyaning biometriyaga, sostiologiyaning jamiyatga qanday ta’sir ko‘rsatishini nazarda tutgan holda tushunish lozim. Bu ikki fan tarmog‘i bar-biri bilan uzviy aloqada bo‘ladi.
Kvalimetriya va samaradorlik nazariyasi.
Ko‘pchilik hollarda samaradorlik nazariyasi, masalan, ob’ektning iqtisodiy samaradorligi juda ko‘p mezonlar asosida aniqlanadi va ularning umumiy tomonlari, ob’ektning foydali tomonlari o‘lchash asosida, ya’ni sarflangan mablag‘, vaqt, xomashyo bilan uning qiymati (narxi) o‘rtasidagi bog‘lanish belgilanadi. Bu jarayonda qiymati (narxi) pul birliklarda (kamdan kam hollarda ishchi kuchi va unga sarflangan vaqti e’tiborga olinadi) belgilanadi.
Ob’ektdan olinadigan foyda pul-kredit birligida tonna, metr va h.k. shakllarda aniqlanadi.
Samaradorlik nazariyasida samaradorlikni aniqlash mezonlarini muayyan shakl va fizik birliklar tashkil etadi.
Shunday qilib, kvalimetriya ob’ektning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini aniqlashda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi
|