Uzluksiz ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri ta’lim- tarbiya jarayonida innovastion muhitni yaratish sanaladi.
O‘qitishda innovastion muhitni yaratish o‘qituvchidan ko‘p qirrali izlanish va amaliy faoliyatni talab etadi.
Axborot va kommunikastion texnologiyalar-texnologik innovastiyalar;
Ta’lim-tarbiya jarayonining mazmunini yangilash, uning borishi va o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiruvchi texnologiyalar- pedagogik innovastiyalar;
Ta’lim sohasidagi zamonaviy iqtisodiy mexanizmlar-iqtisodiy innovastiyalar;
Ta’lim sohasidagi zamonaviy tuzilmalar-tashkiliy innovastiyalar; Ma’lumki, yuqorida qayd etilgan innovastiyalar ta’lim-tarbiya jarayoniga kompleks holda joriy etilishi o‘qituvchidan muayyan metodik bilim, ko‘nikma va malakalar, shuningdek, pedagogik kompetentlik(layoqat)ni talab etadi. O‘qituvchining zamonaviy metodik bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi, shuningdek, pedagogik kompetentlik (layoqat)ning mavjudligi uning o‘z pedagogik faoliyatida barkamol shaxsni voyaga etkazishni nazarda tutishiga asos bo‘ladi. Innovastion ta’lim muhiti o‘qituvchilardan qaysi bilimlarni egallash va amaliy faoliyatni talab etmoqda?
O‘qitishda innovastion texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan amaliy faoliyati.
O‘qitishning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdagi amaliy faoliyati.
O‘qitishda kasbiy yo‘naltirilganlikni amalga oshirishdagi faoliyati. Ta’lim-tarbiya jarayonida innovastion texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan o‘qituvchining amaliy faoliyati quyidagi bosqichlar:
Innovastion texnologiyalarning metodologik asoslarini o‘zlashtirgan holda uni pedagogik amaliyotda qo‘llash yo‘llarini belgilash;
Innovastion texnologiyalar talablari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash;
O‘qitishning barcha shakllari: ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar, mustaqil ta’limning didaktik maqsadlarini e’tiborga olgan holda innovastion texnologiyalarni tanlash va joriy etish;
O‘qitishning asosiy shakllari bo‘lgan ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘rganiladigan mavzuni mazmunini e’tiborga olgan holda axborot-kommunikastion va pedagogik innovastiyalarni uyg‘unlashtirish va amalda qo‘llash;
Mazkur jarayondan olingan natijalarni tahlil qilish, umumlashtirish, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalaridagi bo‘shliqlarni aniqlash, ularni bartaraf etish yo‘llarini belgilashdan iborat.