Bitiruvchilarning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarining asosiy qoidalari




Download 174.12 Kb.
bet14/21
Sana07.11.2022
Hajmi174.12 Kb.
#29438
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
TA\'LIM KVALIFIKATSIYASI
Amaliy ish Mavzu Risklarni baholash usullari. “Galstuk-babochka, To\'xtasinova F. O\'lkamiz tarixiy obidalari, 2143167140 (7), 1-tajriba, 6666axborot, interaktiv, «tasdiqlayman» O’quv ishlari bo’yicha prorektor, Abdulaxatov, 9, noorganik kimyo laboratoriya, Calendar plan-Kompozitsion materiallar kimyosi va texnologiyasi (4), Gruntlarning tarkibini aniqlash uslublari, Boburnoma, 1 мавзу
5. Bitiruvchilarning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarining asosiy qoidalari
5.1. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan talablar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablarida bayon etiladi.
“Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi” (TXSK 2011)ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida bakalavriat 6-malaka darajasiga, magistratura 7-malaka darajasiga mansubdir.
Bakalavrning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil samarali mehnat faoliyatini yuritishini ta’minlashi hamda tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturada oliy ta’limni davom ettirish imkonini berishi lozim.
Magistrning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari mutaxassislik bo‘yicha magistr akademik darajali shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyati bilan samarali shug‘ullanishini ta’minlashi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’limda (tayanch doktorantura, mustaqil izlanuvchi) tahsil olish imkonini berishi lozim.
5.2. Bakalavr va magistrlarni tayyorlash oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va o‘quv dasturi asosida kunduzgi, kechki (smenali), sirtqi (maxsus sirtqi) va zarur hollarda masofaviy ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida amalga oshiriladi. Ayrim (zarur) hollarda ta’lim jarayoni reyting (baholash) tizimi asosida amalga oshirilishi mumkin.
O‘quv dasturlarining nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan bakalavriat ta’lim oluvchilariga “bakalavr” akademik darajasi, magistrlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan magistratura ta’lim oluvchilariga “magistr” akademik darajasi hamda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjatlar beriladi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlar (“Double degree”) asosida ham amalga oshiriladi. Bunda ta’lim jarayoni davlat ta’lim standartlariga tayangan holda mahalliy yoki mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan kelishuv (shartnoma)da belgilangan talablar asosida tuziladigan hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv reja va o‘quv dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
5.3. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarining ta’limni davom ettirish imkoniyatlari:
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchilari magistratura mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishni davom ettirish huquqiga ega. Muayyan bakalavriat yo‘nalishlari uchun o‘qishni davom ettirish bo‘yicha magistratura mutaxassisliklarining ro‘yxatini oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi belgilaydi;
magistratura mutaxassisliklarining bitiruvchilari tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik institutlarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin.

Download 174.12 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Download 174.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bitiruvchilarning tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarining asosiy qoidalari

Download 174.12 Kb.