• 2. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
  • 3. Ta’riflar
  • Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori




    Download 174.12 Kb.
    bet2/21
    Sana07.11.2022
    Hajmi174.12 Kb.
    #29438
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    TA\'LIM KVALIFIKATSIYASI
    Amaliy ish Mavzu Risklarni baholash usullari. “Galstuk-babochka, To\'xtasinova F. O\'lkamiz tarixiy obidalari, 2143167140 (7), 1-tajriba, 6666axborot, interaktiv, «tasdiqlayman» O’quv ishlari bo’yicha prorektor, Abdulaxatov, 9, noorganik kimyo laboratoriya, Calendar plan-Kompozitsion materiallar kimyosi va texnologiyasi (4), Gruntlarning tarkibini aniqlash uslublari, Boburnoma, 1 мавзу
    1. Qo‘llanish doirasi
    1.1. Mazkur davlat standarti davlat, jamiyat va shaxsning amaldagi va istiqboldagi ehtiyojlariga, shuningdek, yangi talab qilinayotgan yo‘nalishlar, birinchi navbatda, yuqori va innovatsion texnologiyalar sohasi bo‘yicha mehnat bozori kon’yukturasi hamda professional kadrlar tayyorlashning jahon tendensiyalariga muvofiq oliy ta’limning O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini tartibga soladi.
    1.2. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishning barcha bosqichlarida, shuningdek mamlakatimizning davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini qamrab oluvchi xalqaro munosabatlar amaliyotida, axborotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash va ayriboshlash jarayonida:
    o‘qishga qabul qilish va mutaxassislar tayyorlashni boshqarish;
    mutaxassislar tayyorlash va ularni ishga bandligining statistik hisoboti;
    O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar ta’lim statistikasini taqqoslash;
    O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining xalqaro ta’lim tuzilmasiga uyg‘unlashuvi vazifalarini hal qilishda foydalanishga mo‘ljallangan.
    2. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
    O‘z DSt 6.01.1:2007 O‘zbekiston Respublikasi texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni kodlashtirish va tasniflashning yagona tizimi. Asosiy qoidalar.
    O‘z DSt 6.01.1:2007 O‘zbekiston Respublikasi texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni kodlashtirish va tasniflashning yagona tizimi. Tasniflagich ishlab chiqish va yuritish tartibi.
    3. Ta’riflar
    3.1. Klassifikator — oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxatidir. Unda quyidagi o‘nta bilim sohasi nazarda tutilgan:
    1. Ta’lim.
    2. San’at va gumanitar fanlar.
    3. Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot.
    4. Biznes, boshqaruv va huquq.
    5. Tabiiy fanlar, matematika va statistika.
    6. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
    7. Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari.
    8. Qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligi va veterinariya.
    9. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot.
    10. Xizmatlar.
    3.2. Klassifikatorda ta’lim darajalari, bilim va ta’lim sohalari, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari sakkiz raqamli kod bilan belgilanadi. Kod raqamlari quyidagicha kiritiladi:

    Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasiga binoan ta’lim darajasi bakalavriat yo‘nalishlarida “6” raqami, magistratura mutaxassisliklarida “7” raqami bilan belgilanadi. Masalan, bakalavriat yo‘nalishlari kodi 60110100, 60210200 va hokazo, magistratura mutaxassisliklari kodi 70110101, 70210202 va hokazo.
    4. Atamalar
    yo‘nalish — 6-daraja (bosqich)ning o‘quv reja va fan dasturlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi tomonidan egallangan va beriladigan “bakalavr” akademik darajasi doirasida kasb faoliyatining muayyan turini bajarishni ta’minlovchi bazaviy va fundamental bilimlar, uquvlar va ko‘nikmalar kompleksi;
    mutaxassislik — 7-daraja (bosqich)ning o‘quv rejalar va fanlar dasturi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi tomonidan egallangan va beriladigan “magistr” akademik darajasi doirasida kasb faoliyatining muayyan turini bajarishni ta’minlovchi muayyan mutaxassislik bo‘yicha bilimlar, uquvlar va ko‘nikmalar kompleksi.

    Download 174.12 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 174.12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori

    Download 174.12 Kb.