|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 131/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Freemiummodeli (Free – tekin, premium – yaxshilangan, mukammallashgan)– ushbu model bo’yicha asosiy funktsional yoki demonstratsion versiya tekinga taklif qilinadi, foydalanuvchi uchun kerakli bo‘lgan qo’shimcha imkoniyatlar esa alohida to’lovga taqdim etiladi. Yoki boshqa variantdan ham foydalanish mumkin
– sun’iy ravishda yaratilgan kamchiliklardan qutulish uchun qandaydir miqdorda pul to’lash kerak bo‘ladi. Freemium modeli ko\pchilik komp’yuter o’yinlarida, mobil xizmatlarda va ilovalarda, onlayn-kouchingda va elektron ta’limda juda ommabop hisoblanadi. Misol sifatida Skype, Flickr, Fruit Ninja, Angry Birds, Angry Birds Space HD larni keltirish mumkin. Bu modelning kamchiligi foydaga chiqishning katta muddatliligidir, chunki statistika bo’yicha, bor-yo’g’i 0,5-1% gina foydalanuvchilar qo’shimcha funktsionallarni sotib olar ekanlar.
Free-to-Play modeli (free – tekin, play – o’ynash) – bu modelda barcha funktsional tekinga taqdim etiladi. O’yinnji bemalol tekinga o’ynash mumkin, lekin o’yinga juda ham qiziqib ketsangiz, qo’shimcha funktsionallarni sotib olishingiz mumkin. Misol sifatida Jetpack Joyride va Veselaya ferma komp’yuter o‘yinllarini keltirishimiz mumkin. Bu model hit-mahsulotlar uchun foydalanuvchilarning soni juda ko’p bo‘lganda foydali bo‘ladi, aks xolda u foyda keltirmaydi.
Full-Crowdsourcing modeli (100% kraudsorsing) – endigina ommabop bo’lib borayotgan bu model asosidagi mahsulot ko’ngillilar (kraudsorserlar) tomonidan tekin kraudsorsing platformasida yaratiladi. Foydalanuvchilar nafaqat kontentni yaratadilar, balki ular uning iste’molchilari bo’lib qolishlari ham mumkin.
Donation modeli (kraudfonding modeli) - qandayidr kraudfonding platformasida biror bir loyihani moliyaviy qo’llab-quvvatlash uchun ishtirokchilarning o’z ihtiyorlari bilan beriladigan moliyaviy mablag’larni yig’ish uchun foydalaniladi. Bu modelni vaqticha va asosiy biznes-modelga qo’shimcha ravishda ishlatish mumkin hamda u doimiy pul mablag’lari oqimini ta’minlab bera olmaydi.
|
| |