|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 128/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Mahsulotning narxi: Agarda zakaz berish jarayonida mahsulotning narxi biroz oshib ketsa, taxminan 70% haridorlar hariddan voz kechishlari mumkin;
Salbiy taqrizlar: Haridorlarning taxminan 64,5% qismi kimlardir tomonidan berilga salbiy taqriz natijasida kompaniya hizmatidan voz kechishlari mumkin;
Bu mahsulot bizda yo’q edi: Agarda saytda bor deb ko’rsatigan mahsulotlar internet magazinda yo’q bo‘lsa, u xolda 47,8% haridorlarda kompaniya haqida salbiy fikr xosil bo’lishi mumkin.
Tizim rivojlanishi uchun zarur bo’lgan o’tkazuvchanlik imkoniyatlarini ta’minlab berish – Elektron tijoratning biznes-modileni tanlashda bu bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatgichlarga, shu jumladan, tizimga kiruvchilar soni, mahsulotni yetkasib berish vaqti, hizmat ko’rsatish vaqti, klikka javob berish tezligi kabi parametrlarlarga alohida ahamiyat berish kerak. Kompaniyaning o‘sishi bilan bir vaqtda logistikaga bo’lgan talablar kuchaya boshlaydi. Agar kompaniya o’tkazuvchanlikni juda katta qilib tanlagan bo’lsa, u xolda bu infratuzilmaning bahosini haddan tashqari oshirib yuboradi. Shuning uchun ushbu ko’rsatgichni mashtablashtirish yordamida ko’paytirishni rejalashtirgan ma’qulroq bo’ladi.
Kompaniya internet-vitrinasini tashkil qilishning eng yuqori va sifatli darajasiga erishish – ni amalga oshirishda sakkiz soniya qoidasidan foydalaniladi,
ya’ni, agar elektron vitrinaning tashrifchisi sakkiz soniya davomida kerakli ma’lumotlarni topa olmasa, u darxol elektron resursni tark etadi va boshqa bu yerga qaytib kelmaydi. Agarda internet-magazin o’z shaxsiy ombori modelida ishlayotgan bo‘lsa, internet-vitrinani ombor bilan sinxronizatsiya qilish kerak, ammo agar vitrina va ombor bo’lingan bo’lsa, u xolda ma’lumotlarning sinxronizatsiyasini amalga oshirish lozim.
Tizim parametrlarining informatsion tizim konfiguratsiyasi va infratuzilmaarxitekturasi bilan korrelyatsiyasi- bog’liqligini quyidagi ma’lumoytlardan bilib olishimiz mumkin, ya’ni, internet-magazin ko’rsatgichlarini tanlashning muvaffaqoiytga erishishdagi muhimlilik darajasini quyidagi tartibda joylashtirishimiz mumkin:
Saytda mahsulotlar xaqidagi to‘liq ma’lumotlar borligi – 37,1%
Mahsulotning tavsifi qandayligi – 34%
Mahsulot yetkazib berish xaqidagi ma’lumotning borligi – 32,2%
Turli xildagi to’lov imkoniyatlarini mavjudligi – 28,4%
Mahsulotlar katalogining qulay usulda tashkil qilinganligi – 25,6%
Mahsulotlar haqidagi rasmlarning sifati va o’lchami – 20,7%
|
| |