|
Xamkorlik asosida tashkil etiladigan internet-
|
bet | 126/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Xamkorlik asosida tashkil etiladigan internet- magazinlarmodelida(Affiliate Model) da tadbirkor yaxshigina trafikka ega bo’lgan saytga ega bo’ladi va u front-ofis xizmatini bajarib, xamkor- kompaniyaning elektron mini vitrinasi vazifasini amalga oshiradi. Bunda internet-magazin o’z mahsulotlariga ham, omborlariga ham, yetkasib berish hizmatlriga ham ega bo’lmaydi. Ko’pincha kichik internet-magazinlar kattalari bilan hamkorlik dasturini tuzib, konversiya uchun pul oladilar, ya’ni, hamkorlik saytidan kelganlarning haridlaridan foyda oladilar. Bunda komission to’lov ko’pincha 5-15% atrofida bo’ladi. Bunday model yirik onlayn-riteylerlarga ham oydali, chunki bu ularga umumiy daromadning 10- 15% ni keltirishi mukin.
Dropshipping modeli –mahsulotlarni sotuvchidan haridorga to’g’ridan- to’g’ri yetkazib berishga asoslangan. Bu model o’z omborlariga ega
bo’lmagan internet magazinlar uchun juda qulaydir. Hozirgi paytga yirik riteylerlar (masalan, OZON ga o’xshash) shaxsiy infratuzilma sifatida o’zlarining yagona logistik tarmoqlarini, yetkazib berish markazlarini va o’z to’lov tizimlarini ham yaratmoqdalar. Masalan, eBay tizimi PayPal to’lov tizimiga ega, Alibaba kompaniyasi esa Alipay to’lov tizimi va B2B, C2C hamda B2C bozorlarida ishlash uchun mo’ljallangan servislarga ega.
Kompaniya uchun qandaydir biznes-modelni tanlaganda uning samaradorligini chamalash kerak hamda sotuvlar ko’payishi bilan uning mashtablashtirish imkoniyatlarini borligini nazarda tutish lozim.
Elektron tijoratdagi muvaffaqiyat omillari
Elektron tijoratda muvaffaqiyatga erishishning asosiy omillari jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
1. Rivojlanish strategiyasini to’g’ri tanlash – misol sifatida shuni aytishimiz mumkinki, OZON (ozon.ru) kompaniyasining muvaffaqiyatga erishishidagi asosiy omil „lider ortidan yurish“ deb nomlangan rivojlanish strategiyasini tanlash bo’lgan. G’oya bunday bo’lgan „Rossiyaning Amazon tizimini tashkil etamiz va rivojlantiramiz“. Bu sohadagi shubhasiz yetakchi-lider bo’lgan Amazon kompaniyasining rivojlanish yo’lidan og’ishmay ketilgani uchun OZON Rossiya bozorida juda katta muvaffaqiyatlarga erishgan va hozirda uning oboroti bir necha yuz million dollarga yetgan.Amazon (amazon.com) kompaniyasi esa 1995 yilda Djeff Bezos tomonidan tashkil qilingan va o’z faoliyatining boshlarida internetda kitoblar savdosi bilan shug’ullangan. Bu kompaniya 2001 yildagina birinchi marta foyda olishga erishgan va hozirda uning oboroti bir nehca milliard dollarga yetadi. O’z faoliyatining boshida bu kompaniya olingan foydani o’z rivojlanishi uchun investitsiylarga yo’naltirgan. 2.Monetizatsiya sxemasi, ya’ni foyda olishning asosiy modellari biznesni ishga tushurishdan oldin aniqlanib olingan bo’lishi lozim.Masalan, ijtimoiy tarmoqlar reklamadan, savdo maydonlari joylashtirishdan, ichki virtual valyuta aylanmasidan, pulli registratsiyadan, onlayn o’yinlar sotishdan, sovg’a va smayliklardan daromad qilishadi. Turli xildagi informatsion resurslarning
daromad keltiradigan manba’lari reklama, daydjestlar, trafiklar, alohida ma’lumotlarni sotishlar bo’lishi mumkin. Kompaniyalar tanlangan monetizatsiya sxemasiga muvofiq kontentning bir qismibi berkitib qo’yib, uni pullik qiladilar, qolgan qismini esa yaxshi trfaik olish va reklamada pul ishlash uchun tekin qilib qoldiradilar. Bloglarning mualliflari esa ko’pincha reklamada, hamkorlik dasturlarida, ilovalar sotishda, hamda kontentlar sotishda daromad qiladilar. Monetizatsiyaning har bir konkret sxemasi u yoki bu biznes- modelning asosida yotadi, jumladan, Freemium, Free-to-Play, Full- Crowdsourcing, Donation, Print-on-Demand va boshqalar. Monetizatsyia sxemasini tanlashda ularning her biri qanday natijalarga olib kelishi mumkinligini firklab ko’rish kerak bo’ladi.
|
| |