Front-ofis – web-sayt korinishidagi elektron vitrina; Bek




Download 2,85 Mb.
bet125/217
Sana15.05.2024
Hajmi2,85 Mb.
#236153
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   217
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Front-ofis – web-sayt korinishidagi elektron vitrina;

  • Bek-ofis – kontentni boshqarish tizimi, ma’lumotlar bazasi, bilimlar bazasi va boshqalar.

    Internet-magazinlar ishini tashkil qilish xususiyatlariga bog’liq ravishda ular infratuzilmaviy modellarining quyidagi turlari mavjud:

      • Elektron vitrina yoki front-ofis – bu faqat web-sayt ko’rinishida bo’ladi va unda tovarlar haqidagi ma’lumot web-saytda johlashtiriladi, zakaz esa telefon yoki e-mail orqali qabul qilinadi;

      • Avtomatlashtirilgan magazin yoki front-ofis plyus bek-ofis –ma’lumotlar bazalariga ega bo’lgan web-sayt ko’rinishidagi yagona tizim ko’rinishida

    bo’ladi. Web-saytga ma’lumot bazalari ulangan bo’ladi va saytga kiruvchi unda ombordagi tovarlarning joriy xolatini ko’ra oladi;

      • Savdo internet-tizimi–bunda yagona tizim internet-magazinni va oflayn savdoni sinxronizatsiya qilib turadi.

    Amaliyotda shaxsiy internet-magazin tashkil qilishning bir qancha usullari mavjud:

    1. Eng oddiy funktsiyalarni bajara oladigan internet-magazinni o’z imkoniyatlari doirasida amalga ishirish;

    2. Tayyor internet-magazinni ijaraga olish–hozirgi davrda ijara shartlarida hizmat ko’rsatishning to’la tsiklini ta’minlab bera oladigan hamda tegishli servislarni tanlashga imkon beradigan turli xildagi ommabop platformalar – internet-magazinlar konstruktorlari bu ishni uddalashga imkon beradi. Misol sifatida InSales.ru konstruktorini keltrishimiz mumkin (http://www.insales.ru/all_features). Ushbu platforma tizimga bir qancha servislarni va ilovalarni qo’shishga imkon beradi, shu jumladan:

      • Yetkazib berish xizmati – Pick Point, Shop-Logistics, InPost, B2CPL va CDEK.

      • Yetkazib berish xizmatlari agregatorlari – Sheepla, DDelivery, Checkout, InSales.Dostavka.

      • Hisob-kitob tizimlari – 1C, Moy Sklad, Bolshaya Ptitsa, Comerando EKAM).

      • To’lov tizimlari – Qiwi, Robokassa, PayMaster, Yandex.kassa.

      • Marketing uskunalari – Giftd, Sale Online Reputation, Roistat, ByteHand, Unisender, Mailchimp.

      • Reklama servislari –Shopberry, Seopult, Get4click, Seopult. Yuqoridagilardan tashqari, tizimda pochta tarqatuvi tashkil qilish imkoniyatlari,

    xamkorlik tarmog’iga ulanish, onlayn-cha tashkil qilish va onlayn maslaxatchiga ega bo’lish imkoniyatlari ham mavjud. Elektron savdo maydonchasinitashkil qilishning bunday usuli iqtisodiy jihatdan eng foydali hisoblanadi. Internet- magazinning tayyor shablonini tekinga olish mumkin hamda tizimda hisobga olinish shartlarida har oylik yordamlar va maslahatlar uchun to’lovlar to’lab
    turiladi, holos. Tizmni ishga tushirishning to’liq narxi mobil versiya ishlab chiqarish zarurligidan, funktsiyalar soni bo’yicha, assortiment kattaligidan, mul’titillilikdan, SEO-fil’trlar bormi yoki yo’qligidan, himoya protokollari qandiligidan, SSL-sertifikatlar borligidan, baholar va qoldiqlarning avtosinronizatsiyasidan va1C bilan sinxronizatsiya qilinganligi bilan aniqlanadi.

    1. Internet-magazinning tayyor dasturiy ta’minotini sotib olish – ushbu xolda internet-magazin tashkil qiluvchi o’zining shaxsiy va qimmat bo’lgan infratuzilmasini yaratishi va uni sozlab turishi talab etilmaydi, bunda unga faqatgina internet-vitrina ya’ni web-sayt kerak bo’ladi xolos. Bunda tayyor internet-magazin moduli o’z tarkibiga yagona platforma sifatida to’liv tizimini, vitrinani, korzinani va boshqa bir qancha servislarni qamrab oladi.

    2. Zakaz bilan qilinadigan unikal internet-magazini tashkil qilish – Bu eng murakkab, qiyin va qimmat usul hisoblanadi, chunki bu xolda elektron savdo tizimini noldan boshlab ishab chiqish, uni tekshirish, testlashtirish va ishga tushurush talab etiladi.

    Yuqorida ko’rsatib o’tilgan internet magazinlari biznes-modellari orasida eng muvavvaqiyatlilari sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
  • 1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Front-ofis – web-sayt korinishidagi elektron vitrina; Bek

    Download 2,85 Mb.