|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 202/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Raqamli imzo – qandaydir mahfiy kalit yordamida generatsiya qilingan ma’lumotlar blogi. Ochiq kalit yordamida haqiqatan ham ma’lumotlar shu mahfiy kalit yordamida generatsiya qilingani tekshiriladi
Xesh-funktsiya yoki daydjest-funktsiya – boshlang’ich ma’lumotning nazorat yig’idisi bo’lib (bir tomonlama funktsiya), ma’lumotlarning ishonchsiz aloqa kanallari orqali uzatilishini tekshirish vositasidir ( bunda ma’lumotlarning butunligi tekshiriladi). Ma’lumot mahfiy kalit bilan shifrlangan xesh-funktsiya bilan birgalikda uzatiladi. Ma’lumotni oluvchi boshlang’ich axborotni olganidan so’ng, uning xesh-funktsiyasini aniqlaydi va uni qabul qilingan ma’lumotning xesh-funktsiyasini bilan solishtiradi va shundan so’ng tegishli qaror qabul qiladi.
MD2, MD4, MD5 xesh-funktsiyalari – havfsizlik tizimlaridagi eng ommabop bo’lgan xesh-funktsiyalar bo’lib, uzunligi 16 bayt bo’lgan daydjestlarni generatsiya qiladilar.
SHA-amerika standartidagi xesh-funktsiya – MD4 xesh-funktsiyaning adaptatsiya qilingan varianti hisoblanadi. Uning daydjesti uzunligi 20 baytdir.
MDC2 va MDC4 xesh-funktsiyalar – IBM kompaniyasi tomonidan foydalaniladigan bir tomonlama xesh-funktsiyalar bo’lib, ular DES shifrlash algoritmiga asoslangan.
RSA algoritmi - (Random Signature Algoritm) – Asimmetrik shifrlash algoritmi
Xesh – istalgan uzunlikdagi ma’lumotlar massividan oldindan aniqlangan uzunlikdagi qandaydir qiymat olish uchun amalga oshiriladigan o’zgartirishdir
Xesh funktsiya - katta hajmdagi (masalan, 125 megabaytli ma’lumot) fayllarga elektron raqamli imzo qo’yishdan avval undan xesh-funktsiya hisoblanadi va shundan so’ng uning qiymatiga elektron raqamli imzoni hisoblaydilar
|
| |