|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 205/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Maynerlar - bir vaqtning o’zida Yangi kritptopullarni topadilar va kriptovalyutaning barcha mumkin bo’lgan turlardagi tranzaktsiyalarini amalga oshiradilar
Pirring arxitekturasi - bunday tarmoq arxitekturasi bir huquqqa ega bo’lgan mijoz dasturlaridan iborat bo’ladi.
Kritovalyuta tangalarini emissiya qilish cheklovi – jami 21 million BTC (bitkoin tangasi – token) chiqariladi.
SaaS-hizmatlar (Software as a Service) –Dasturiy ta’minot hizmat sifatida taqdim etiladi.
Sell-side elektron tijorat–tashkilot va uning mijozi orasida elektron trazaktsiyalarni amalga oshirish.
SPO (Secondary Public Offering) –Aktsiyalarni ikkilamchi taklif qilish jarayoni.
Server – kompyuterning boshqa kompyuterga hizmatlarni taqdim etish imkonini beruvchi apparat va dasturiy ta’minot (dastur-server) majmui. Kompyuterlar dastur-server bilan dastur-mijozlar yordamida ishlaydi.
Tarmoqning kommunikatsion asbob-uskunalari – butarmoq ishini ta’minlab beruvchi asbob-uskunalar, jumladan, kabel tizimlari, ko‘priklar, kommutatorlar, marshrutizatorlar, modul konsentratorlar va x.q.
Tarmoq texnologiyalari – bu tarmoqni qurish uchun yetarli bo‘lgan standart protokollar to‘plami va dasturiy-apparat vositalaridir. Asos bo‘luvchi texnologiyalar – bu, masalan, Ethernet, ArcNet, Token Ring, FDDI, Gigabit Ethernet, Fast Ethernet, 100 VG –AnyLAN, X.25 hududiy tarmoq texnologiyalari, frame relay va boshqalar.
Tashkiliy kapital – bu uzoq muddat mobaynida ko‘pgina insonlar tomonidan jamlangan tajriba va bilimlarni ifoda etuvchi firma uchun standart bo‘lgan barcha jarayonlar, tizimlar va strategiyalardir.
|
| |