Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi




Download 2,85 Mb.
bet60/217
Sana15.05.2024
Hajmi2,85 Mb.
#236153
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   217
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Xomashyo materiallarni topish osonligi;

  • Printerlarni ishlatish nisbatan qulayligi;

  • Ishonchlilik va yaratilayotgan ob’ektlarning mustahkamligi;

  • Bajarilayotgan ishning ekologik talablarga jabob berishi;

  • Fizik model yaratish jarayoning narxi unchalik qimmat emasligi.

    Xuddi shuning uchun ham 3D-printerlarda yasaladigan ob’ektlarning narxi boshqa usullarga nisbatan bir necha barobar arzon bo’ladi. Shu tufayli 3D- printerlar quyidagi yo’nalishlarda tobora keng miqyosda qo’llanilayaptilar:

    • Mashinasozlikda va ob’ektlarning prototiplarini yaratishda;

    • Arxitektura yumushlarida va dizaynlashtirishda;

    • Modellashtirishda hamda turli xildagi mashina va agregatlarni loyihalashda;

    • Tibbiyotda va stomatologiyada turli xil organlarni yaratish va ularni sinab ko’rishda;

    • Muhandislik ishlarida turli xildagi uskuna va ob’ektlarning nushalarini hosil qilishda;

    • Qurilishda va uning uchun kerakli bo’lgan turli inter’erlar hamda exter’erlarni yaratishda;

    • Kino va mul’tfilmlar ishlab chiqarishda personajlar yaratish va ularni suratga olishda;

    • Avtomobilsozlik, samolyotsozli va kosmik sanoatda turli xil zahira qismlarni ishlab chiqish va ularni sinab ko’rishda;

    • Turli xildagi va ko’rinishdagi zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda;

    • Bolalar uchun turli o’yinchoqlar ishlab chiqarishda.

    Shuning uchun ham 3D-printerlar texnologiyalari yil sayin rivojlanib, qo’llanilish sohasi tobora kengayib bormoqda. Ilmiy xodimlar turli xil inson organlarini ham 3D-printerda yaratish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Kosmik agentlik NASA esa fazogirlar uchun kerakli bo’lgan turli xildagi ehtiyot qismlarni va ba’zi bir oziq-ovqat mahsulotlarini 3D-printerda yaratish ustida ilmiy izlanishlarni jadallashtirmoqdalar. Bir qancha avtomobilsozlik firma va samolyotsozlik kompaniyalari o’zlari ishlab chiqarayotgan avtomobil va samolyotlarning bir qancha oddiyroq qismlarini xozirdayoq 3D-printerlarda yasayaptilar hamda bundan katta iqtisodiy samara ko’rayaptilar. Gollandiyada esa 3D-texnologuya asosida uylar qurishga tayyorgarlik qilinayapti. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan xolda, shuni ta’kidlash mumkinki, raqamli3D- texnologiya har qanday ishlab chiqarish jarayonining samarasini bir necha barobar oshirish imkonini yaratadi hamda individual buyurtma asosida turli xildagi sanoat mahsulotlarini arzon narxlarda ishlab chiqarishga imkon beradi (on-demand-
    production). Xuddi shuning uchun ham bunday texnologiyalarni O’zbekiston sharoitida ishlab chiqarishga keng tadbiq etish katta iqtisodiy samara beradi deyish mumkin. 3D-printerlarning oziq-ovqat sanoatida ishlatilishiga bir misol sifatida AQSH ning Kornel universiteti ilmiy xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan «Solid Freeform Fabrication» texnologiyasini keltirish mumkin. Bunda xomashyo sifatida oziq-ovqat sanoatida qo’llaniladigan gidrofil polimerlar ishlatilib, ular vositasida sun’iy shokolad, pechen’e, olma, sir, zefir, non va boshqa mahsulotlarni 3D-printer yordamida xosil qilish mumkin bo’ldi. Xozirgi paytda plastikdan, gipsdan, mumdan, fotopolimerdan va metalldan turli xildagi modellar yasay oladigan 3D-printerlar ham mavjud. Agarda sizni 3D-printerlar bo’yicha ma’lumotlar qiziqtirsa yoki 3D-informatsion model olishni juda ham istasangiz, info@vektorus.ruelektron manziliga muroja’at qilishingiz mumkin. Misol sifatida 3D-printerning tasvirini quyida keltiramiz:



    Download 2,85 Mb.
  • 1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi

    Download 2,85 Mb.