|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 78/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Diablo Miner – Hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan barcha operatsion tizimlarda bir xilda ishlay oladigan va kriptovalyutalarni mayning qilishga mo’ljallangan saytdir.
Ufasoft Miner–Ushbu dastur ishchi ko’rsatgichlarini sozlash mumkinligi tufayli mutaxassislar orasida ancha ommabop hisoblanadi. Har bir foydalanuvchi, o’z istak-xoxishiga ko’ra, video karta bo’yicha, yadrolar soni bo’yicha, oqimlar bo’yicha va pu’llar manzillari bo’yicha o’zgartirishlar kiritishi mumkin.
BFG Miner–Bu dasturda esa foydalanuvchilar qo’l rejimida pullarni sozlashi va komp’yuter ventilyatorining tezligini boshqarishi mumkin.
Phoenix–Ushbu dastur juda samarador ishlaydiganlar qatoriga kiradi va ish unumdorligini 20% gacha ko’tarish imkonini beradi. Dasturni yuklash uchun kriptovalyuta mayningiga mutaxassislashgan saytlarining biriga kirish yoki shunday tematik forumlarga kirish talab etiladi.
Solo-mayning jarayoni virtual pullarni mustaqil ravishda topishini anglatadi. Ammo, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, bu ish xozirgi davrda ancha murakkab bo’lib qoldi va uni yo’lga qo’yish uchun professoionalizm hamda yaxshigina investitsiya talab etiladi. Albatta ko’pchilik insonlar bunday miqdorda pul mablag’lariga ega emas, shuning uchun ham maynerlar “pu’l” deb atalmish guruhlarga birlashib ish yuritadilar.
Pu’l-mayning – bir qancha kichik maynerlar o’zlarining resurslarini bir joyga yiqqan xolda kriptovalyuta mayningi bilan shug’ullanadilar. Bu yakka
xolda ishlagandan ko’ra ancha havfsizroq faoliyat turi hisoblanadi. Pu’l ni tanlash uchun tematik forumlarga o’tish va u yerdan xamkorlarni topish mumkin. Pu’lni tanlashda quyidagilarga ahamiyat berish kerak bo’ladi:
Foydalanuvchilarning ko’proq bo’lishi;
Umumiy hisoblash quvvati yetarli bo’lishi;
On-line resursning komission to’lovi kattaligi qandayligi.
|
| |